Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 1426 tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayonining mazmun va mohiyati


Download 42.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2023
Hajmi42.19 Kb.
#1706964
TuriИсследование
Bog'liq
Savurboev Qobilbek Xolibek o‘g‘li (1)



Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
1426 
TARBIYA NAZARIYASI. TARBIYA JARAYONINING MAZMUN VA MOHIYATI 
Savurboev Qobilbek Xolibek o‘g‘li 
Navoiy shahar “Profi” nodavlat universitetining
“ Psixologiya pedagogika” fakulteti sirtqi ta’lim talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolamda tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning 
barcha shakllarida - bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va 
individning ichki o'ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo'yicha 
faoliyat hisoblanishi haqida bilib olasiz. 
Kalit so’zlar: Tarbiya, pedagogika, psixologiya, inson, ijtimoiy, tajriba,- bilim, his-
hayajon, estetika, odob-axloq. Individ,ichki o'ziga hos jihatlarini, imkoniyatlar,layoqatlar, 
rivojlanish, faoliyat, shaxs-kadrlar. 
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida - bilim, his-
hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o'ziga hos 
jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo'yicha faoliyat hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash 
milliy Dasturi» ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uni rivojlantirishning strategik 
yo'nalishlarini belgilab bergan. Hujjatda shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining asosiy subyekti 
va obyekti sifatida qaraladi, demak, Respublikada amalga oshiralayotgan o'zgarishlaming 
asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi - inson shaxsining rivojlanishi hisoblanadi. Savol 
tug'iladi: Inson qachon barkamol, komil inson bo'ladi? Qachonki, u jismonan sog'lom, 
vijdonan pok, ma’naviyati yuksak bo'lsa. Bunda o'sib kelayotgan yosh avlodga beriladigan 
ta’lim-tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Shu o'rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning ushbu fikri 
o'rinlidir: «Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy 
omil - bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir... Shuni unutmasligimis kerakki, 
kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yoritiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning 
ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga 
bog'liq...». 
Tarbiya - jamiyatdagi hodisa sifatida o'sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, 
turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab 
qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo'lishlari, rivojlanishlari, 
shaxsiyliklari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, 
shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo'lib ishtirok etadilar. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar 
ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya - ijtimoiy hodisa sifatida uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy 
belgilari bilan ifodalanadi: 
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb 
etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirish amaliy ehtiyojidan 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
1427 
kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini 
yo'qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar. 
2. Tarbiya - doimiy zaruriy va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi 
bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud. U jamiyatning 
mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarni tayyorlash va insonni 
rivojlantirishni ta’minlash muhim vositasi hisoblanganligi uchun u zarurdir. Unda qonuniy 
o'zaro bog'liqliklari va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o'zaro bog'liqliklari aks 
ettiriladi. Tarbiya - o'qitishning bir qismi sifatida ta’limni ham o'z ichiga oladi. 3.Tarbiya-
ijtimoiy-tarixiy rivojlanish har bir bosqichida, o'zining vazifasi, mazmuni va shakllari 
bo'yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo'ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi 
bilan bog'liq hamda shuning uchun o'z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. 
Sinfiy jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalami tarbiyalash asosiy 
tendentsiyalari ba’zan qarama-qarshi bo'ladi. 
4. O'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini 
o'zlashtirishlari hisobiga, ulami katta avlod ijtimoiy munosabatlarga, munosabatlar tizimiga 
va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. 
Kattalar va bolalar o'zaro ijtimoiy munosabatlari va o'zaro aloqalari, ta’sirlari har doim 
ulami bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat'iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi 
hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o'zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog'ligi va 
ozuqalanishlarini ta’minlushga, jamiyatda ularning o'mini va ularning ruhiy holatini 
aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o'zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab 
yctishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish muqsudlarini o'z oldilariga qo'yar 
ekanlar, ulaming munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo'naltirilgun 
tus oladi. 
Kattalaming ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab yctishlari asosida, 
jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo'lida turbiyulasli qonunluridan tushunilgan va 
maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlodlar tarbiyalash 
munosabatlarini tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo'ladigan tendensiyalar, 
aloqalar, qonunlami o'rganishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga 
ongli ravishda murojaat etadilar. Mana shu asosda pedagogika - tarbiya qonunlari 
to'g'risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq 
boshqarish maqsadlarida ulardan foydalanish to'g'risidagi fani sifatida yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya - ijtimoiy hodisa, jamiyat va individning hayotini ta’minlash 
usuli sifatida zarurdir. ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot 
tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi; uni amalga oshirish asosiy 
mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi 
hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismi 
hisoblanadi. Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari, ijtimoiy hayotning eng umumiy 
qarama-qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-
qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
1428 
chiqarish kuchlari rivojlanishini ortga surish natijasida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar 
kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada, o'sib kelayotgan avlodni tayyorlashga 
konservativ yondashishlar mustahkam o'mashib olishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. 
Bizning jamiyatimizda ijtimoiy hayotni va ishlab chiqarish kunlarini faqat davlat mulkchiligi 
asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o'sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi 
va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko'pincha to'sqinlik 
qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o'zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir rasmiylash 
hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari 
va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o'rtasida 
yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini 
va tashkil etilishini ko'ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivoj lanishidan ortda qoladi. 
Ushbu qarama-qarshiliklar chuqurlashib borgan sari o'sib kelayotgan avlodni zamonaviy 
tayyorlashga xalaqit qiluvchi «qalpoq» va konservativ holatlarni o'z vaqtida aniqlash hamda 
yo'qotish zarur bo'ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos 
ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini tashkil etishni hayot talablariga javob 
bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga 
bolalarni tayyorlash eskirib qolgan usullari o'rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi. 
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik - insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati 
rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari va jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish 
cheklovi sabab boMuvchi, dasturtashtiruvchi sharoitlar o'rtasida yuzaga keladi. 
Erkinlikni cheklovchi, avtoritet jamiyat iste’dodlami so‘ndiradi, odamlami buzadi, 
iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga, mashinaga qo‘shimcha ishlab chiqarish 
jarayoni bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to'siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat 
moddiytexnik ba’zasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosabatlami takomillashtirib, har 
bir inson shaxsining ijtimoiy hayot talablariga mos va unda mavjud tabiiy kuch, iste’dod va 
qobiliyatlarga nisbatan rivojlanish haqiqiy sharoitlarini yaratadi.
Tarbiyaning to'rtinchi qarama-qarshiligi - bolaning faol faoliyatli tabiati, uning ijtimoiy 
hayotda, turli munosabatlarda, muomolalarda ishtirok etishga intilishi va hayot jarayonida 
amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilimlari, malaka va ko'nikmalari yetishmasligi 
va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o'rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik 
bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy 
harakatlantiruvchi kuch, rag'bat hisoblanadi. U bolani faqat tarbiyaviy o'zaro munosabatlar 
obyekti sifatida emas, boshqa subyekt sifatida ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga 
ta’limtarbiyaviy tayyorlashga sabab bo'ladi 
Individning shaxs sifatida shakllanishi tarbiyaning ijtimoiy shartlari va insonning tabiiy 
ne’matlari ta’sirida sodir bo'ladi. Ijtimoiy sharoit va tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Faqat ulargina individlarda yashirinib yotgan qobiliyatlar ko'z ochishi va sayqallashib, 
haqiqiy kuchga aylanishiga imkon beradi. Inson faol ijtimoiy xayoti jarayonida shaxs sifatida 
shakllanadi. Shaxsga aylanishning murakkab, ziddiyatli jarayoni uning turli shakldagi 
faoliyatlar asosida ijtimoiy mohiyat slinkllnnishi duvomida takomillashadi. 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
1429 
Tarbiyaning shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga yo'naltirilgan jarayon 
sifatida talqin qilingan zamonaviy ilmiy tasavvurlar yakunida qator pedagogik g‘oyalaming 
o‘zaro uzoq kurashiga olib keldi. Shaxs shakllanishi va rivojlanishida tarbiyaning yuksak 
ahamiyatini ta’kidlab, A.S.Makarenko shunday yozadi: «Men tarbiyaviy ta’siming mutlaqo 
cheksiz qudratiga ishonaman». «Men inson yomon tarbiya ko‘rgan bo'lsa, bunda 
tarbiyachilar aybdor ekaniga ishonaman. J.J.Russo avtoritar tarbiyani inkor qilib, erkin 
tarbiya nazariyasini ilgari suradi. Bolani o‘sayotgan inson sifatida hurmat qilishni, 
uyaltirmasdan bolani tarbiya jarayonida tabiiy rivojlanishini har tomonlama 
rag‘batlantirishga chaqiradi. 
Nemis olimi I.F.Gerbart esa avtoritar tarbiyani olg'a suradi, uning fikricha, tarbiya 
boshqarilishi, bolaning yovvoyi qiliqlariga bosim o'tkazilishi lozim. Tarbiya jarayonini bir 
insonga shaxsning foydali ijtimoiy-biologik tabiiy xususiyatlarini rivojlantirish maqsadida 
amalga oshirilgan ta’sir deb baholagan nazariy asoslar davri ham boMgan. Shuningdek, 
ayrim olimlar ta’lim-tarbiyaviy jihatga ega ekanligiga tayanib, zamonaviy pedagogik 
maktabda maxsus tarbiyaviy ishlarga muxtoj emas, chunki tarbiya jarayoni tushunchasi 
bevosita ta’sirini aks ettirmaydi, balki pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro ijtimoiy 
harakati, ulaming rivojlanuvchining o'zaro ijtimoiy harakati, ulaming rivojlanuvchi 
munosabatlaridan deb ta’kidlashgan. Pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsad, o'quvchi 
faoliyatining muayyan mahsulidir. Bu maqsadlarga erishish o'quvchi faoliyatini tashkil 
qilishi bilan amalga oshiriladi. Pedagog sa’y-harakatlari muvaffaqiyatini baholash o'quvchi 
axloqi va ongida qanday ijobiy o'zgarishlar kuzatilishiga asoslanib, amalga oshiriladi. Ta’lim 
va tarbiya shaxs shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.

Download 42.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling