Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 610 "charxpalak" pedogogik texnologiyasini "avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish"


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1655262
TuriИсследование
  1   2
Bog'liq
Bobonazarov Temur Shuxrat o’g’li



Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
610 
“CHARXPALAK” PEDOGOGIK TEXNOLOGIYASINI “AVTOMOBIL YO’LLARINI 
EKSPLUATATSIYA QILISH” FANIDA QO’LLASH 
Bobonazarov Temur Shuxrat o’g’li 
Toshkent davlat transport universiteti 2-bosqich magistranti 
Annotatsiya:Bugungi kunda avtomobil yo’llari muhandisligi bo’yicha maxsus fanlarni 
o’qitishda ko’pgina zamonaviy pedogogik texnologiyalar qo’llanib kelinmoqda. Ushbu 
maqolada “Charxpalak” pedogogik texnologiyasining afzalliklari uni qo’llanish tartibi, 
qo’llashda talab etiladigan qonun qoidalar va ushbu texnologiyadan samarali foydalanish 
yo’riqnomasi keltirilgan. Shuningdek “Charxpalak” pedogogik texnoloyasini amalda 
bakalavr boshqichi talabalariga qo’llash jarayoni tasvirlab berilgan.
Kalit so’zlar:Charxpalak” texnologiyasi, matiqiy fikrlash, avtomobil yo’llarini 
ekspulatatsiya qilish, tarqatma material, pedagogik texnoligiya, mustahkamlash, yakuniy 
nazorat. 
Pedagogik texnologiya bu oʼqituvchining kasbiy faoliyatini yangilaydigan va yakuniy 
rejalashtirilgan natijani kafolatlaydigan tartiblar majmuasidir. Pedagogik texnologiya 
pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, instrumental va 
uslubiy vositalarning tizimi va ishlash tartibini anglatadi[1]. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik 
masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o‘qitish texnologiyasini ishlab 
chiqishga e’tibor berishgan. Shu nuqtai nazardan. milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida 
yangi pedagogik texnologiyaga «yangi» so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyachi olimlarimiz 
va o‘qituvchilarni bir qadar o‘ylantirib qo‘ydi, endilikda ta’lim-tarbiya jarayonini 
loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini ko‘pchilik anglab yetmoqda[3]. 
Shunday qilib, yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalar-ta’limga yangi tartib-qoidalarni 
kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Pedagog jamiyatdan buyurtmani 
umumiy ko‘rinishda oladi. Xattoki, o‘quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir 
nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maksadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos 
pillapoyasini ko‘rish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan - ta’lim tizimi vazifalariga, 
ulardan-ma’lum ta’lim muassasasi, o‘quv predmeta, uning mavzuli bo‘limlari va alohida 
o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin. Ilg‘or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim 
texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish 
metodlarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim metodi vositalarini yaratadilarki, 
oqibatda yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida 
innovatsion pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila 
boshlandi. Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli 
yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan 
holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta’limga testlar, diagnoz va diagnostik 


Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
611 
taxlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o‘tish, bo‘lim 
mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, 
talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha 
o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan innovatsion pedagogik 
texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi [2]. 
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv 
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga 
oshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan 
natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini 
topadi. 
Maqsadga yo‘naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni 
alohida o‘qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash
mumkin bo‘lgan ta’lim texnologiyasi g‘oyasida mujassamlangan[4]. 
U asosan o‘z ichiga quyidagi omillarni oladi; 
ta’limda umum maqsadning qo‘yilishi; 
tuzilgan umum maqsaddan aniq maqsadga o‘tish; 
talablarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash; 
bajariladigan o‘quv tadbirlari majmuasi (bu bosqichda talabalar bilan muloqat 
asosida ta’limga joriy tuzatish) kiritilishi lozim; 
natijani baholash. 
Quyida “Charxpalak” texnologiyasi haqida ma’lumotlarni keltirb o’tamiz: 
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni o`tilgan mavzularni yodga 
olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to`g`ri javob berishga va 
o`z-o`zini baholashga o`rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o`qituvchi tomonidan barcha 
talabalarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. 
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini 
mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, 
boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko`p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o`rgatish. 
Texnologiyaning qo`llanilishi: texnologiya o`quv mashg`ulotlarining barcha turlarida 
dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o`quv predmetining biron bir bo`limi tugallanganda, 
o`tilgan mavzularni talabalar tomonidan o`zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, 
mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish uchun mo`ljallangan.Ushbu 
texnologiyani mashg`ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa 
shaklida tashkil etish mumkin. 
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam(yoki 
flomaster) lar. 
Izoh: reja bo`yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo`ygan maqsadi 
(tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar 
yakka tartibda o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma 
materiallar tayyorlanadi). 


Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
612 
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi: 
1. talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish; 
2. talaba mashg`ulotni o`tkazishga qo`yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish; 
3. tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish; 
4. guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi 
vazifalar bajariladi; 
5. har bir guruh a’zosi o`zi ishlagan tarqatma materialining o`ng burchagiga guruh 
raqamini yozadi, chap burchagiga esa o`zining biron-bir belgisini chizib qo`yadi; 
6. vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” 
yo`nalishida almashtiriladi; 
7. yangi guruh a’zolari tomonidan o`rganilgan va o`zgartirishlar kiritilgan materiallar 
yana yuqorida eslatilgan yo`nalish bo`yicha guruhlararo almashtiriladi(ushbu jarayon 
guruhlar soniga qarab davom ettiriladi); 
8. materiallarni oxirgi almashishdan so`ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o`zlari 
ilk bor to`ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o`zlari qo`ygan belgilari asosida)tanlab 
oladilar; 
9. har bir guruh a’zosining o`zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining 
tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar; 
10. 
o`qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o`qiydi va jamoa 
bilan birgalikda to`g`ri javoblarni belgilaydi; 
11. 
har bir talaba to`g`ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, 
kerakli ballni to`playdilar va o`z-o`zini baholaydilar. 
Ushbu ta’lim texnologiyasini Toshkent Davlat transport unversitetining Avtomobil 
yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasida Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya 
qilish fani Avtomobil yo’llarini saqlash va ta’mirlash mavzusida bakalavr bosqichi 
talabalariga qo’llandi. Bunda talabalarda dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini 
mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, 
boshqalar fikriga hurmat bilan qarash qobilyatlari nomoyon bo’ldi. 
Bu texnologiyani dars boshlanishida yoki tugash paytida qo’llash mumkin bunda 
o’tilgan mavzular bilimlarni mustahkamlashga va mavzu bo’yicha talabalarni baholashga 
erishiladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,talabalarni dars jarayoniga qiziqishini oshirish va dars 
mashg’ulotlarini tushunarli bo’lishi uchun zamonaviy pedogogik texnologiyalarni qo’llash 
zarur. Texnik fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’lim natijalarini 
oshirishda samarali bo‘ladi deb o’ylayman. Texnologiyani qo‘llash orqali talabalar yangi 
tushunchalar, amaliy ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy fikrlash, shaxsiy fikrga 
ega bo’lishiga erishish mumkin. 


Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
613 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling