Исследование в XXI веке май, 2023 731 materiallar korroziyasi va korroziyaga qarshi qoplamalar taxlili


PLASTMASSA VA IZOLYATSION QOPLAMALAR


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1800507
TuriИсследование
1   2   3   4
Bog'liq
Vohidova Durdona Abduqaxxorovna (1)

PLASTMASSA VA IZOLYATSION QOPLAMALAR 
Detallarning sirtini korroziyadan himoya qilish, sirt yemirilishini kamaytirish va 
qoplamaning zaruriy mexanik mustahkamligini talab qilinganda yupqa qatlamli plastmassa 
qoplamalar qo`llaniladi. Plastmassalar bilan qora va rangli metallar, beton, keramika
yog`och materiallar sirtini qoplash mumkin. Buyumlar sirtiga plastmassa materiallardan
gazalanga, uyurma, tebranma-uyurma, bitirish va plakirlash usullaridan qoplamalar olinadi
Plastmassa materiallar sifatida asosan kukunsimon termoplastlar, epoksid, polietilen va
polixlarvinilin pastalar ishlatiladi. Plastmassa qoplamalarning turli buyumning ish 


Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023
734 
sharoitiga bog`liq ravishda tanlanadi. Plastmassa qoplamalar ishqoriy va kislotali 
muhitlarda korroziyaga chidamli bo`lib, buyumning ish sharoitidagi harorati va yuklanish 
turiga qarab qoplanadigan plastmassa materiallari tanlanadi. Statik yuklangan va -20.. + 
800C ishlarda ishlaydigan po`lat idishlar, quvurlar, armaturalar epoksid va polietilen
qoplamalar bilan, t<2500 C muhit uchun kremniy organik qoplamalar qo`llaniladi. Xuddi
shunday haroratlarda va dinamik tebranma yuklangan yuqorida keltirilgan buyumlar 
polietilen, polixlorvinilin pasta va natrit qoplamalar bilan qoplanadi. Metall sirtini 
“plakirlash “ da polivinilin xlorid, polietilen polivinilbutiral va boshqa plastmassalat 
ishlatiladi . Neft buyumlari asosidagi izolatsion qoplamalar asosida yer osti metall
konstruksiyalarini elektrokimyoviy himoya qilish uchun ishlatiladi. Bu turdagi izolyasiya
mastikalari buyumli yoki yelimli gruntovkadan keyin ishlatilsa, yuqori adgezion
mustahkamlikni ta’minlaydi.
Buyum –rezina mastikalari (MBR-65, MBR-75, MBR-90, MBP—160 )ning asosini BN-
N-IV va BN –N-V neft buyumlari tashkil qiladi. To`ldiruvchi sifatida avtomabilning eski 
shinalaridan maydalab tayyorlangan uvoqlar va plastifikatorlar qo`shiladi.
Buyumli qoplamalar yaxlitligini ta’minlash maqsadida diametri 1020 mm dan kichik 
bo`lgan quvurlar sirtini qoplash tavsiya etiladi. Izolyasion qoplamalar nam va suvlarni
utkazmaydigan, metallga yaxshi ilashuvchan, yuqorikimyoviy bardoshli, yuqori elektr 
qarshiliklarga va boshqa zaruriy xossalarga bulishlari kerak. Izolyasion polimer qoplamalar 
sifatida bir tomoniga yelim surtilgan izolyasion parda (lenta)lar ishlatiladi. Po`lat quvurlar 
issiqda ishlashida polivinilxlorid yopishuvchan parda ( PIL), sovuq muhitlarda ishlaganda
esa PML turi qo`llaniladi. Bu pardalar qalinligi 0,3mm bo`lib, yelimli va buyumli- yelmli
gruntovillardan keyin o`raladi. Polimerlar turi juda rang barangdir. Shuninig uchun 
izolyasion qoplamalar uchun har xil qalinlikdagi, turli-tuman, zaruriy xossalarga ega
bo`lgan izolyasion polimer qoplamalar olinishi va qo`llanilishiga imkon beradi. 
XULOSA 
Men o`z xulosamda, kimyoviy qoplamalar galvanik qoplamalardan farq qilib, tashqi 
kublanish qo`llanilmasdan, suyuq ishqoriy va kislotali muhitlarda detallarni bitirish yo`li 
bilan olinadi. Kimyoviy qoplamalarning nikelli, oksidli va fosfotli turlari mavjud. Kimyoviy 
nikelli yoki nikel-fosforli qoplamlar har xil murakkab shakildagi detallarning korroziya 
bardoshliligini 
oshirish 
uchun 
ishlatiladi. 
Ayniqsa, 
alyuminiy 
qotishmalarining 
elektrokimyoviy korroziyada korroziya bardoshliligi bu usulda yanada oshadi. Kimyoviy 
oksidli qoplamalarni olish ishqorli va kislotali muhitlarda olib boriladi. Bir vaqtning o`zida
elektroizolyasiya va korroziyaga chidamlik zarur bo`lgan detallar sirtini qoplash uchun 
qo`llaniladi. 
Galvanik va kimyoviy qoplamalarni olish usullari, har xil tuzlar, ishqorlar va kislotalar 
ishlatilganligi uchun, galvanik jihozlarning, o`zining korroziyaga uchrashiga sabab bo`ladi va 
bu usulda ishlov berishda zaruriy mehnat muxofazalari va ekologik e’tiborini talab qiladi. 
Hozirgi paytda galvanik usulda olingan qoplamalarga nisbatan ustun bo`lgan diffusion 
qoplamalar olish usullari ishlab chiqilmoqda . 


Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023
735 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling