Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 380 amarhthus hybridus L. Ning transpiratsiya jadalligi va barglarining


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1673759
TuriИсследование
  1   2
Bog'liq
Ulug’murodova Y



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
380 
AMARHTHUS HYBRIDUS L. NING TRANSPIRATSIYA JADALLIGI VA BARGLARINING 
SUV SAQLASH QOBILIYATI 
 
Ulug’murodova Y.A 
Sanakulov A.L 
 Samarqand Davlat Universiteti 
 
Abstrakt: Maqolada Samarqand viloyati sharoitida o’stirilgan Amarnthus 
hybridusning transpiratsiya jadalligi va barglarining suv saqlash qobiliyati, barglaridagi suv 
zahirasining kunlik va mavsumiy o`zgarishi bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari 
keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Amarant, suv saqlash qobiliyati, qurg’oqchilik, transpiratsiya jadalligi, 
suv miqdori, amplitude. 
 
Dunyoda aholi sonining ortib borishi natijasida oziq-ovqat muammosi birinchi 
darajaga ko`tarilib, tabiiy holdagi to`yimli, oqsilga boy sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo`lgan talab ortmoqda. Shuningdek, suv tanqis, qurg`oqchil hamda sho`rlangan 
maydonlarning tobora ortib borishi, ekologik muammolarning keskinlashishi sababli 
bunday tuproq-iqlim sharoitlarda yetishtirish mumkin bo`lgan ozuqabop o`simliklar ustida 
ilmiy hamda amaliy izlanishlar olib borilmoqda [1]. 
Amaranthus turkumining istiqboll ishlatiladigan turlarini yetishtirish uchun ularning 
fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash asosida hosildorligini va ozuqaviylik sifatini 
oshirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda qishloq xo`jaligi ishlab 
chiqarishiga innovatsiya ishlanmalarini joriy qilgan holda ekinlarning yangi navlarini 
yaratish, istiqbolli o`simliklarni respublikamiz sharoitida introduksiya qilish va ularning 
hosildorligi hamda stress omillarga chidamliligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bu yo`nalishda noan’anaviy, hosildorligi yuqori, oqsil, uglevod, yog` miqdori ko`p, urug` 
hosildorligi turg`un bo`lgan o`simliklarni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda [2]. 
O`rganilgan amarant turlarining barglaridagi suv miqdori ularning vegetatsiyasi 
davomida kamayib borganligi aniqlandi. Mavsum davomida barglardagi suv miqdori 
kunning ertalabki soatlarida yuqori bo`lib, kunning o`rtasida (tushdan keyingi soatlarda) 
uning kamayishi kuzatildi. Ikki xil ekologik sharoitlarda o`stirilgan amarant turlarining 
barglarida transpirasiya jadalligi o`rganilganida uning o`simliklarni yetishtirish sharoitlariga 
hamda biologik xususiyatlariga bog`liqligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, o`rganilgan 
amarant turining suvning bug`latilishi (transpiratsiya) kun davomida va o`simlikning 
vegetatsiya mobaynida o`zgarganligi qayd etildi. Amarant turlari barglarida transpiratsiya 
jadalligining yuqori ko`rsatkichlari yoz oylari (iyul va avgust) da kuzatilib, bu bevosita havo 
harorati va nisbiy namligiga hamda o`simliklarning biologik xususiyatlariga bog`liqdir. 
Amarant turlari o`simliklarining rivojlanishi davrlarida transpiratsiya jadalligi turlicha 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
381 
bo`lganligi aniqlandi: boshlang`ich davrlarida transpiratsiya jadalligi past, gullash va 
urug`larining shakllanish davrlarida kuchayganligi, vegetatsiyaning oxirida yana kamayishi 
kuzatildi. O`rganilgan amarant turining kun davomidagi transpiratsiya jadalligi ertalabki 
soatlarda past, tushki soatlarda eng yuqori va kechki soatlarda yana past bo`lishi aniqlandi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling