Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 194 jadid ziyolilarining asarlarida ta’limning ahamiyati
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Bobonazarova Dilrabo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 194 JADID ZIYOLILARINING ASARLARIDA TA’LIMNING AHAMIYATI Bobonazarova Dilrabo Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 3-sonli oʻrta taʼlim maktabining Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Annotatsiya: Turkiston diyorida milliy uyg’onish namoyondalari sifatida jadid ziyolilari namoyon bo’ldilar,ular xalqni ma’rifatli bo’lishga targ’ib etganlar. Kalit so’zlar: Jadidchilik, ta’lim-tarbiya, maorif va madaniyat, jadid namoyondalari. Ko’zing och, yotma, g’aflatdan o’son, millat, o’son millat! Topar san birla avloding omon, millat, omon millat! Tarixdan ma’lumki, jahonda uyg’onish davri Sharq xalqlaridan boshlangan. XVXVI asrlarda G’arb olimlarining ba`zi kashfiyotlari nazariy asoslarini Sharq allomalari IX-X asrlardayoq aytib o’tishgan. Ammo sharqliklar mana shu yo’lda davom etmadilar. Sharqdagi turg’unlik davrida avlodlar ajdodlarning qilgan ishlaridan havolanib yurdilar, ularga munosib bo’lishga urinmadilar. Oqibatda taraqqiyotdan, madaniyatdan orqada qolib ketdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Saidahmad Siddiqiy – Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Tavallo, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, Usmonxo’ja Po’latxo’jaev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov, Obidjon Mahmudov, Is`hoqxon to’ra Ibrat, Hamza, Cho’lpon, Muqammadsharif So’fizoda, Ashurali Zohiriy, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimov kabi ma’rifatparvar jadid bobolarimiz esa keng ma’noda ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha jabhalarini qayta tiklash, yangilashga harakat qilishadi. Milliy uyg’onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo’ldi. Bejizga XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi o’zbek (jadid) adabiyoti “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti deb atalmaydi. Jadidlar zamon talablariga javob beradigan, taraqqiy etgan millat yetishtirish uchun – maorif (yangicha maktablar ochish, ta`lim usulini yangilash), san`at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot sohalariga alohida e`tibor bilan qarashadi. Ayniqsa, maktab-madrasalarni tubdan isloh qilish masalasiga butun kuchg’ayratlarini safarbar qiladilar. Oybekning “Navoiy” romanida madrasalar haqida shunday deyiladi: “Madrasa hujralari- tolibi ilmlar maskanlarining keng, bahavo bo’lishi go’yo odatga, an`anaga, butun zehniyatga zid bo’lganidek, Sharqda madrasa hujralari bir- biridan hech farq qilmaydi deyish mumkin… “Ilm igna bilan quduq qazish” degan qadimgi fikrga hujralarning andozasi yorqin bir misol bo’lsin, deb bir zamonlar me`mori san`atda tolibi ilmlar uchun shu andozani qabul qilgan bo’lsalar ehtimol…”. Mirzakalon Ismoiliyning “Farg’ona tong otguncha” asarida esa maktablar quyidagicha tavsiflanadi: “Maktabxona otxonaga o’xshagan keng edi. Deraza degan narsa yo’q. yorug’ faqat qishin-yozin ochiq Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 195 turadigan eshikdan tushadi. Shuning uchun ichi ola qorong’i. Bolalar bo’yi ikki qarich qilib guvala bilan urilgan oxurga o’xshash chuqurda o’tirishadi. Ostlarida burga bijillab yotgan poxol, orqalarida zax urib turgan devor”. Shuningdek, o’sha paytlardagi maktablardagi ta`lim haqida “Farg’ona tong otguncha” romanidagi quyidagi tasvir orqali ham yetarlicha tasavvur paydo bo’ladi, nazarimda: “Bolalar sovuqda muzlab, qo’llarini yenglariga, boshlarini yelkalariga tiqib dildirashadi. Dildirab o’tirib, har kim sabog’ini qaytarib qichqiradi. Bir nima deyotganiga o’zi ham tushunmay: “apalamza, al, hevamiza ham-alham, dol peshdu, alhamdu”, deb chinqirsa, boshqa birovi so’fi Olloyordan: “Yomon xotun shayotun qamchisidir, Belin bog’lovchi arg’amchisidir!” -deb yoshiga, axloqiga to’g’ri kelmagan bema’ni nasihatini aytib qichqiradi. Boshqa bir burchakdan “Chor kitob” o’qiyotgan, farz ayn o’rganayotgan, Qur`on yodlayotgan peshqadam bolalar, xalfalarning churqillashi eshitiladi. Bu yer maktabxonani emas, necha xil kata-kichik qushlar yig’ilib, har qaysisi o’z tilida, o’z yo’rig’ida churqillagan shovqinli orolni eslatadi”. Jadid ziyolilari mana shunday qoloq maorifni isloh qilish, «usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. Birinchi bo’lib 1893-yili Samarqandda, 1898-yili Qo’qonda Salohiddin domla tomonidan, 1899-yili eski Toshkentda Mannon Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan jadid maktablari ochildi. 1900-yili Buxoroda Jo’raboy qori tomonidan yangi usuldagi maktab ochildi. 1903-yili M. Behbudiy o’z mablag’i hisobidan Jomboyda maktab ochdi. Hoji Muin va Abdulqodir Shakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1907-yili To’raqo’rg’onda Is`hoqxon to’ra Ibrat tomonidan yangi usul maktabini ochilgan. 1908-yili bunday maktablarni Mirza Abdulvohid ham tashkil qildi. Muftiy domla Ikrom bu yangi usuldagi maktablarni diniy jamoat tomonidan qabul qilinishiga erishdi. 1911-yilda jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo’lib, ularda 4106 bola o’qigan. Toshkentning o’zida 24 ta bunday maktablarda 1740 bola o’qigan. 1917-yil boshlarida o’lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o’quvchi bo’lgan. Muhammadsharif So’fizoda o’zi ochgan maktabining tepasiga “Men ul bo’yoqchimanki, maktab xumida rang berib, qora chappalarni o’n ikki oyda oq qilaman” deb yozib qo’yganidek, jadidlar ochgan maktab ham qanchalab savodsiz avlodni ilm bilan nurlantirdi, “oqatirdi”. Ma’rifatparvar shoir, jadid adabiyotining namoyondalaridan biri Karimbek Kamiy ta`biri bilan aytganda bu maktablar quyidagicha edi: Maktabki, koni ilm-u hayo-vu adab erur, Maktabki, fayz chashmasi-yu fazli Rab erur. Maktabki, obro’-yu kamola sabab erur, Maktabki, favqi har shay-u kulli nasab erur.Jadid maktablarida ilm bolalarning ona tilida tovush usuli – usuli savtiyada o’rgatilgan. “Maqsad bu ishdan erdi olamg’a ilm kasri” (Ibrat) deb ta`kidlagan jadidlar yangi usul maktablarida Qur`oni Karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula, jismoniy tarbiyadan saboq berishadi. Avloniy : “Bizim Turkiston makotibi islomiyasinda avvaldan oxir qadar ta`lim o’linajak kitoblarning ba`zilari e`tiqod va amaliyoti islomga taalluq mushkul masalalardan iborat o’lg’onlaridin hamda aksarlari forsiy tilda yozilg’onlari uchun yosh bolalarning onlardan istifodalari, bir narsa anglamoqlari imkon xorijinda edi” deb yozadi. Shuning uchun ham ma’rifatparvar jadidlar o’z maktablari o’quvchilarini Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 196 “Xo’jayi sibyon” (I. Gaspirali), “Ustodi avval” (S. Saidazizov), “Adibi avval”, “Adibi soniy” (Munavvaqori), “Asbobi ta`limi savod”, “Kitobat ul-atfol” (Behbudiy), “San`ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” (Ibrat), “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni” (Avloniy), “O’qish kitobi”, “Qiroat kitobi” (Hamza) kabi darslik va qo’llanmalar, risolalar bilan ta`minlaganlar. Ushbu “usuli savtiya” maktablari uchun yozilgan darsliklar zamonaviy ilm-fan rivojida alohida o’rin tutadi. 1909-yilda Abdulla Avloniy yetim bolalarni o’qitish, miskin va ojiz talabalarga yordam berish, yoshlarni chet elga o’qishga yuborish maqsadida “Jamiyati xayriya”, Munavvarqori “Jamiyati Imdodiya”, Munavvarqori Abdurashidxonov, Nizomqori Hasanov, Abdulla Avloniy, Basharulla Asadullaxo’jaev va Toshxo’ja Tuyoqboevlar birgalikda “Ko’mak” tashkilotini tuzishadi. Jadidchilik harakatining rahnamosi Ismoilbek Gaspiralining “Dorur rohat musulmonlari” asari qahramoni Mulla Abbos varaqlagan “Istiqbol” gazetasida ko’hna Turkistonning tanazzuli sabablari haqida so’z yuritilib, shunday yozilgan edi: “Bir davlat yo millat xarob o’lajak esa eng ibtido ilmsiz va ma’rifatsiz qolur. Bu holda qo’y hayvoni kabi fahmsizlanub o’z boshlarini o’zlari uzatib tururlar! Nima qilsunlarki, ko’zlari bog’langandir!” deyiladi. “Aql egalari” deb ta`riflangan inson uchun Alloh taolo ato etgan eng ulug’ ne`matlardan biri, shubhasiz, fikrlash qobiliyatidir. “Yashamoq bu- his etmoq va fikrlamoq, iztirob chekmoq va rohat qilmoqdir. Bulardan boshqa har qanday hayot o’limdir” (Avloniy) deb bilishimiz kerak. Darhaqiqat, inson tafakkur mevalaridan bahramand bo’lgani, ilm o’rgangani sari dunyoga teran ko’z bilan boqa boshlaydi. Qur`oni Karimda “ilm” so’zining 751 o’rinda uchrashi, janobi payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vassalamning ilm olish, ilm talabida bo’lish haqidagi ko’plab hadislari ham shunga dalolat qiladi. Jadid bobolarimizning asarlaridagi asosiy g’oya ham ilm olishga, ma’rifat yo’liga chorlash bo’lgan. Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”ida ilmga “insonlarning madori hayoti, rahbari najoti, dunyoning izzati, inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilat” deb ta`rif beriladi. Avloniy she`rlarida millat uchun, Vatan uchun najotni ilmda ekanligi bot-bot ta`kidlanadi: Najot istasang ilm-u maorifa yopish, Hamisha ilmni tahsil ayla yoz-u qish. Karimbek Kamiy esa: Obro’yi din-u dunyo ilmdir, beshakku rayb, Kasbi ilm et, ikki dunyoda saodat birla bo’l deb yoshlarni ilmga da`vat etadi. Shuningdek, Is`hoqxon Ibrat ham “Tarixi chopxona”, “Madaniyat haqida masnaviy”, “Gazeta xususinda”, “Turkiston ahdig’a xitob”, “Tabrik Namangondin”, “Qalam”, “Tarixi manzumai vagon Ibratdin yodgor”, “Muxammasi Ibrat” she`rlarida xalqni zulmatdan, mamlakatni qoloqlikdan qutqaruvchi birdan-bir yo’l ilm-ma’rifat egallash ekanligi g’oyasini singdirgan. Xulosa qilib aytganda, Jadidchilik tarixi Vatanimiz tarixidagi muhim sahifalardan biri hisoblanadi. O’sha davr ilg’or ilmli kishilari hisoblangan jadidlar, butun dunyoni o’z ilmiy salohiyati bilan larzaga solib kelgan davlatimiz jahon taraqqiyotida ortda qolayotganini ko’ra bilgan va jamiyatimizni tubdan islih qilish g’oyasini ilgari surgan “QAHRAMONLAR” edi. Bu taraqqiyparvar, ma’rifatparvar insonlarimiz qalbida “ERK”, “OZODLIK”, “MILLIY G’URUR” tuyg’ulari ufurib turar edi. Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 197 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. B.Qosimov va b. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. T.: Ma’naviyat, 2004. 2. M.Ismoiliy. Farg’ona tong otguncha. T.: Yangi asr avlodi, 2019. 3. Oybek. Navoiy. T.: Sharq, 2015. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling