Issn 171-381x innovations in technology and science education volume issue 5
Download 61.61 Kb. Pdf ko'rish
|
96-102
ISSN
2171-381X INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION VOLUME 1 ISSUE 5 Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Lug’at tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “lexikos” – lug’at, “grapho” – yozaman degan ma’nolarni bildiradi. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi.Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar eskirib iste’moldan chiqadi. Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muhrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib boorish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi. Til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi. Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, lexicon- Worterbuch, grapho- ich schreibe, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi. Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi 2-3 asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab nusxada chop etilmoqda. Keying yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas,balki nazariy yo’nalishi, obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazariyasi, amaliyoti mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta mas’uliyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar 1 . Ma’lum bo’lgan eng qadimgi lug’atlar miloddan avvalgi 2300 yillarda Eblada (hozirgi Suriya) Akkad imperiyasida topilgan. Shummer-Akkad tillaridagi mixxat yozuvlari bo’lgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimgi Mesopotamiyaliklar birinchi bo’lib mixxat yozuvli so’zlar va ularning akkadcha muqobillarini loy lavhlarga o’yib, lug’atlar yaratganlar. Boshqa qadimiy lug’atlarga Xitoydan Shuoven Jiezi va 1 , Abduvahob Madaliyev “ Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar”, Moskva,1990, 57-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling