Issn: 181-2489 volume ǀ issue 10


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Download 86.58 Kb.
bet4/7
Sana13.11.2023
Hajmi86.58 Kb.
#1771711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shakhijan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
xarajatlar). Yoʼqotilgan imkoniyat yoki mablagʼ sarflari uchun jarima olish mumkin emas.
Ijara – oʼz nomi bilan, ijara yoki lizing shartnomasidir. Ijaraga berilgan mulk huquqi buyurtmachiga oʼtkazish imkoniyati koʼzda tutilgan boʼlsa, ijara shartnomasi
«Ijara muntahia bi tamlik» (mulkdorlik bilan yakunlanuvchi ijara) deb yuritiladi. Ushbu moliyalashtirish vositasining maqsadi ijara muddati tugagandan soʼng ijara oluvchiga ijara obʼektini uning nomiga oʼtkazib berishdir.
Ushbu ijara kontseptsiyasi Islom moliyasi muassasalari tomonidan qoʼllaniladigan moliyaviy lizingga muqobil mahsulot hisoblanadi. Ijaraning bir nechta shakllari mavjud boʼlib, ular ijara beruvchidan ijara oluvchiga sovgʼa qilish, sotish va ulushni oʼtkazish kabi aktivga egalik huquqini oʼtkazishning turli xil usullarini aks ettiradi.
Takoful – arabchada «kafala» soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, kafolat berish maʼnosini beradi. Аniqroq aytganda, bu «takafala» feʼlidan kelib chiqib, oʼzaro kafolat berish va bir-birini himoya qilish maʼnosiga ega. Shuning uchun, soʼzma-soʼz tarjima qilinganda, bu oʼzaro yordamni anglatadi.
Taʼkidlash joizki, Takoful shartnomasi bir-birlariga yordam berish gʼoyasiga asoslangan boʼlib, har bir ishtirokchi oʼzaro himoya qilish kelishuviga koʼra, har qanday yordamga muhtoj aʼzoga moddiy yordam koʼrsatish uchun umumiy jamgʼarmaga oʼz hissasini qoʼshadi. Аsosan Takoful oʼzining falsafasi va tuzilishi jihatidan anʼanaviy oʼzaro sugʼurtaga juda oʼxshaydi. Takofulning barcha faoliyati Islom tamoyillarga asoslangan boʼlishi, unda shariat kengashi tashkil etilishi va daʼvolar haqiqatan ham qonuniy boʼlishi kerak.
Sukuk – mulkchilik manfaatlarini ifodalovchi teng nominaldagi investitsiya sertifikati. Sukukni sarmoyadorlarga foyda keltiradigan va anʼanaviy aktivlar bilan taʼminlangan qimmatli qogʼozga oʼxshash Islom moliyalashtirish instrumenti deb tasavvur qilsa boʼladi. Sukuk ribo yoki foizni taqiqlovchi shariat tamoyillariga muvofiq tarzda tuziladi. Sukuk davlatlar yoki tashkilotlar tomonidan chiqariladi va turli xil bitimlar asosida boʼlishi mumkin, xususan, Murobaha, Ijara, Istisna, Mushoraka va boshqalar.



Download 86.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling