Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 181.33 Kb. Pdf ko'rish
|
42b5127eacd35cb1a9194e505c6fe96a
ILMIY AXBOROTNOMA
EKOLOGIYA 2016-yil, 3-son Bizning klinik kuzatishlarimizdan shu narsa aniqlandiki, o‘zga mintaqaviy iqlim sharoitlarda yetishtirilgan xorijiy mevalarni (xorijiy olma, nok, banan, mandarin, limon, kivi) iste’mol qilish cheklab qo‘yilgan birinchi klinik guruh va cheklab qo‘yilmagan ikkinchi klinik guruhlar o‘rtasida jigarni surunkali kasalliklarini klinik kechishida hamda bioximik ko‘rsatkichlarida birmuncha farqlar kuzatildi. O‘zga mintaqaviy iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalarni (xorijiy olma, nok, banan, mandarin, limon, kivi) iste’mol qilish cheklab qo‘yilgan 1- klinik guruhdagi 30 ta bemorlarni 56,7 % o‘zlarini yaxshi his qilayotganliklari, 33,3 % qoniqarli, 10% esa qoniqarsiz his qilishliklari, ALT 2,4 dan 1,25 ga, Albumin 56 dan 58,25 ga, xolesterin 3,4 dan 3,3 pasayganligi kuzatildi. O‘zga mintaqaviy iqlim sharoitlarda etishtirilgan mevalarni (xorijiy olma, nok, banan, mandarin, limon, kivi) iste’mol qilish cheklab qo‘yilmagan jigarni surunkali kasalliklariga chalingan 2- klinik guruhdagi 17 ta bemorlarni 52 % o‘zlarini yaxshi his qilayotganliklari, 29,6% qoniqarli, 17,6% esa qoniqarsiz his qilishlari, ALT 2,2 dan 1,87 ga, Albumin 61 dan 50,8 ga, xolesterin 3,8 dan 5,5 ko‘tarilganligi kuzatildi. O‘tkazilgan tekshirish va kuzatuvlarimiz qo‘yidagi xulosalar chiqarishga olib keldi. 1. Jigarni surunkali kasalliklarida faqat mahalliy iqlim sharoitlarda yetishtirilgan jaydari mevalarni iste’mol qilishni tavsiya qilish kerak degan xulosa chiqarishga olib keldi. 2. Jigarni surunkali kasalliklariga chalingan bemorlarga o‘zga geografik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan xorijiy mevalarni iste’mol qilishni cheklab qo‘yish kerak degan xulosa chiqarishga olib keldi. 3.Jigarni surunkali kasalliklarida faqat mahalliy iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalarni iste’mol qilishni tavsiya qilish iqtisodiy tejamkorlikka, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ko‘payishiga, mo‘l ko‘lchilikka olib keladi degan xulosa chiqarishga olib keldi. Download 181.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling