Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 181.33 Kb. Pdf ko'rish
|
42b5127eacd35cb1a9194e505c6fe96a
- Bu sahifa navigatsiya:
- jigarni surunkali kasalliklarini
ILMIY AXBOROTNOMA
EKOLOGIYA 2016-yil, 3-son J.I.Vozianov jigarni surunkali kasalliklarida parhezga qattiq rioya qilish muhim emasligini bildiradi. (J.I.Vozianov. Infeksionnыe i parazitarnыe bolezni Kiev.Zdorovya 2000 str 601- 676) YU.V.Lobzin jigarni surunkali kasalliklarida o‘ta muhim narsa dietoterapiya ekanligini qayd qilib, chesnok, rediska iste’mol qilishni ta’qiqlab, mevalar sokini ichishni tavsiya qilishni bildiradi.(Lobzin YU.V.Finogeev F.P. Lechenie infeksionnix bolnix. OOO «Izdatelstva FOLIANT» 2003 str-25-30) V.V. Serov jigarni surunkali kasalliklarini kechishiga umumiy rejimga rioya qilish ijobiy ta’sir qilishini, jismoniy zo‘riqtirishdan, quyosh nuridan va fizioterapevtik muolajalardan, spirtli ichimliklardan, asoslanmagan gepatoprotektorlardan qochish kerakligini bildiradi. (Xronicheskiy virusnыy gepatit Pod red V.V.Serova, Z.G.Aprosinoy. M.Meditsina. 2004 str.273-274) YU.V.Lobzin K.V.Jdanovlar ambulatoriya sharoitida davolanganda esa odatdagi uyda tayyorlangan ovqatlarini iste’mol qilishni taklif qiladi (YU.V.Lobzin, Jdanov K.V. Voljanin V.M.Gusev D.A.Virusnыe gepatitы. Klinika diagnostika lechenie. OOO «Izdatelstva FOLIANT» 2003str 116) O‘zbekiston Respublikasi Sog`likni Saqlash Vazirligining 2014 - yildagi surunkali virusli gepatitlarni davolash bayonnomasidajigar shikastlanishiga ta’sir qiluvchi atrof - muhitning noqulay ta’sirlari va yatrogen ta’sirlarni oldini olish kerakligi ta’kidlanib, bolalar ayniqsa , primorbid foni yomon va immun tanqisligi bor bolalarga alohida e’tibor qaratilishi kerakligi uqtirib o‘tilgan. Yuqoridagi vatanimiz va xorijiy mualliflarning fikridan shu narsa aniq ko‘rinib turibdiki, ular jigarni surunkali kasalliklariga turli meva va sabzavotlarni tavsiya qilishgan bo‘lsalarda, biroq aynan qaysi birini va qaysi iqlim sharoitlarda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni iste`mol qilish kerakligi haqida so‘z yuritishmagan. Ilmiy manbalarda jigar kasalliklarida meva va sabzavotlarni mahalliysi foydalimi yoki o‘zga geografik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan meva va sabzavotlar foydalimi degan savol ochiq qoldirilgan. Shu narsa aniqki, turli geografik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalar va ularni kimyoviy tarkibi ham turli joylarda turlicha bo‘ladi. Seryog‘in, nam iqlimli tropik mintaqalarda yetishtirilgan mevalar tarkibida turli xildagi kimyoviy moddalar masalan, nitratlar miqdori serquyosh o‘lkalarda etishtirilgan mevalar tarkibidagiga nisbatan birmuncha yuqori bo‘ladi. Biz xorijiy mevalar tarkibidagi kimyoviy moddalar miqdorini, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 14-oktyabr 2008- yilda tasdiqlangan SanPiN RUz № 0254-08 («Oziq ovqat mahsulotlari sifatida iste’mol qilinadigan o‘simlik mahsulotlari tarkibidagi nitratlar miqdorini gigenik normativlari») sanitariya me’yorlari bo‘yicha qiyoslab o‘rgandik. O‘zga geografik iqlim sharoitida yetishtirilgan mevalar takibidagi nitratlar miqdorini kimyoviy tekshirish natijasi quyidagicha. 1.jadval Download 181.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling