Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Havfsizlik texnikasi. Kimyoviy idishlar, ularni ishga tayyorlash Analitik kimyo laboratoriyasida ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari


Download 19.21 Kb.
bet1/5
Sana16.10.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1704702
  1   2   3   4   5
Bog'liq
0. laboratoriy aishi Laboratoriyada ishlash qoidalri


Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Havfsizlik texnikasi. Kimyoviy idishlar, ularni ishga tayyorlash


Analitik kimyo laboratoriyasida ichki
tartib va texnika xavfsizligi qoidalari

Kimyo laboratoriyalarida samarali va xavfsiz qilish uchun ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Bu qoidalarga rioya qilish faqat o‘zi uchungina emas, balki shu laboratoriyada ish bajarayotgan o‘rtoqlarining xavfsizligi uchun ham zarurdir.


Texnika xavfsizligi va ichki tartib qoidalari bilan tanishgan hamda bu to‘g‘rida laboratoriya jurnaliga qayd etilgan, talabalar­gina kimyo laboratoriyasiga ishga qo‘yiladi.
Ishga tushishdan oldin talabalar qiladigan ishlari uchun kerak bo‘ladigan moddalarning va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning xossalarini bilishlari shart. Talaba bajarilishi kerak bo‘lgan ishning rejasini o‘qituvchi bilan muhokama qilishi lozim.
Ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lmasligi uchun asbobni to‘g‘ri yig‘ish va shtativga ishonchli qilib mahkamlash zarur.
Sintezni iflos idishlarda olib borish mumkin emas. Kolbalar va reaksiya uchun ishlatiladigan asboblar organik erituvchilar, ishqor eritmalari va suv bilan yaxshilab yuvilib, so‘ngra quritilgan bo‘lishi lozim. Sovitgichning ichki naychasi - yog‘och tayyoq­cha­ga paxta o‘rab, artilgan bo‘lishi kerak. Ish tugashi bilan idishlarni yuvib qo‘yish shart.
Talaba ishni bajarayotganda shu ishga taalluqli bo‘lgan maxsus ko‘rsatmalarni bajarishi zarur (kislotalar, ishqorlar, vakuumda haydayotganda himoya ko‘zoynagini taqish, mo‘rili shkaf tagida ishlash va hokazo).
Har bir ishni bajarayotganda reaksiya komponentlarini qo‘llan­mada ko‘rsatilgan tartibda aralashtirish va bir tekis qaynab turishi uchun reaksion aralashmaga “qaynatgich” (g‘ovak sopol bo‘lakchalari yoki bir tomoni kavsharlangan shisha naycha) solish lozim.
Har bir ishni ehtiyotkorlik bilan moddalarni teriga sachratma­sdan bajarish lozim, chunki, ularning ko‘pchiligi (galogenli hosilalar, fenollar, nitrobirikmalar va boshqalar) terini qichish­tirishi va tuzalishi qiyin bo‘lgan yaralarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qizdirish bilan boradigan reaksiyalardan yoki haydashdan so‘ng asbob sovumaguncha, uni ochish qat’iyan man etiladi. Sovutgichni issiq kolbadan ajratilganda organik moddalarning bug‘lari laboratoriyaga chiqadi. Bu esa, yong‘inga yoki zahar­la­nishga sabab bo‘ladi.
Yuqori temperaturada olib boradigan reaksiyalarda va modda­larni haydashda kolba sovutgich bilan ulangandan va “qaynatgich” solingandan keyingina qizdirishni boshlash lozim. Agar reaksiyani suvli yoki qumli hammomda olib borish kerak bo‘lsa, reaksion kolba sovuq suvga yoki qumga botiriladi, so‘ngra asta-sekinlik bilan qizdiriladi.
Reaksiya o‘tkaziladigan asbobni germetik qilib tuzish qat’iyan man qilinadi. Bu portlash va yong‘inga olib kelishi mumkin.
Moddalarning mazasini sinab ko‘rish qat’iyan taqiqlanadi. Agar moddaning hidi orqali bilish kerak bo‘lsa, idishga engashmasdan qo‘lning yengil harakati bilan moddaning bug‘ini o‘ziga yo‘naltirib ehtiyotlik bilan hidlash lozim.
Organik modda va ularning eritmalarini pipetka orqali ichga tortish mumkin emas. Buning uchun maxsus “so‘rg‘ichlardan” foydalanish lozim.
Zaharli yoki yomon hidli bug‘ va gazlar ajralib chiqadigan ishlar shuningdek, tutovchi va ko‘zdan yosh oqizadigan moddalar bilan qilinadigan ishlar faqat mo‘rili shkafda bajarilishi kerak.
Rakovinaga erituvchilarning qoldiqlarini, reaksion aralash­malar­ni, qum va boshqa narsalarni to‘kish qat’iyan man qilinadi. Reaksiya o‘tkaziladigan asbobni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
Gaz gorelkasini zarur bo‘lgandagina yoqish, ish tugagan zahoti o‘chirish lozim. Gaz gorelkasida faqat gugurt bilan yoqish shart. Ish davomida gaz jo‘mraklarini tekshirib borish; agar gaz chiqishi sezilsa, olov va elektr bilan bajarilayotgan ishlarni to‘xtatish va bu to‘g‘rida laboratoriya xodimlarini xabardor qilish kerak.
Shisha naychalar bir-biriga kauchuk bilan ulanayotganda yoki ularga tiqinlar kiygizilayotganda ularni glitsirin bilan namlash zarur.
Laboratoriyada barcha shisha va metall idishlarda, ularga solin­gan moddalarning nomi va konsentratsiyalari albatta yozilgan bo‘lishi lozim.
Ichki tartib va ish joyini tutish qoidalari:
Talabalar laboratoriya ishlarini jadval bo‘yicha ajratilgan vaqtdagina bajarishlari shart. Jadvaldan tashqari vaqtda esa, o‘qituvchining maxsus ruxsati bilan navbatchi laborant nazorati ostida bajarishlari mumkin.
Laboratoriyada yolg‘iz ishlash qat’iyan man qilinadi, chunki ish vaqtida qilingan kichkina xato og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin va zarar ko‘rgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmay qoladi.
Talabalar laboratoriyada barcha narsalarni avaylab saqlashlari lozim.
Stol ustidagi ish uchun tayyorlab qo‘yilgan asbobni buzish va uning qismlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Laboratoriyada qilinadigan amaliy ish doimo diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Laboratoriyada charchagan holda va yaralangan yoki tirnalgan qo‘l bilan ishlash mumkin emas, chunki yaraga zaharli moddalar tushishi mumkin.
Boshqa ishlar bilan shug‘ullanish, bir-birini chalg‘itish, gap­lashish va begona kishilarning laboratoriyaga kirishi taqiqlanadi.
Laboratoriyada ovqatlanish, suv ichish va chekish qat’iyan man qilinadi. Ish vaqtida qo‘lni yuzga tegizmaslik lozim, chunki ko‘pgina organik moddalar teriga ta’sir qiladi. Yoyilgan soch bilan ishlash mumkin emas. Brom, simob bilan ishlayotganda soat va uzuklarni olib qo‘yish kerak.
Har bir guruhda laboratoriyada tozaligi va tartibiga javob beruvchi navbatchi talaba belgilanadi. Laboratoriya mashg‘uloti tugagandan so‘ng navbatchi ish stollarini qabul qilib oladi, laboratoriya xonalarni toza holda laboratoriya xodimlariga topshiradi.
Talabalar butun ish davomida o‘z ish joylarini toza va tartibli holda tutishlari lozim. Ish stoli ustida kitoblar, daftar, portfel, sumka va boshqa predmetlarni qo‘yish ham taqiqlanadi, chunki ular moddalar ta’sirida yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Ish tugagandan keyin har bir talaba o‘z ish o‘rnini tozalaydi, gaz, suv va elektrni o‘chirib navbatchiga ko‘rsatadi.
Laboratoriyada ishlayotgan har bir talaba, birinchi yordam uchun kerak bo‘ladigan dorilar turadigan aptechkani, karbonat kislotali o‘t o‘chirgichni, qumli yashikni va yong‘in o‘chiruvchi asbest odeyalni qayerda turishini bilishi lozim.



Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling