NATRIY METALLI BILAN ISHLASH
Natriy metalli suv va galloid tutgan birikmalarga tegmasligi lozim. Natriy metallini qalin devorli, shisha yoki tunuka idishlarda suvsizlantirilgan kerosin yoki yuqori haroratda qaynaydigan uglevodorodlar tagida saqlanadi. Natriy metallini qisqich yoki pichoqcha bilan olinadi va darhol kerosinli stakanga solinadi. Natriy metallini filtr qog‘oz ustida kesib olib, kerosinli stakanga solinadi, oksidlangan qismi kesib tashlanadi. Filtr qog‘ozi bilan kerosin shimdirib olinib, darhol reaksiyaga kiritiladi. Natriyning kichik bo‘lakchalarini alohida kerosinli idishga solib, uni tiqin bilan berkitiladi. Natriy bilan olib boriladigan barcha idishlarni ximoya ko‘zoynagi taqib suvsiz joyda olib boriladi.
Tajriba tugagach natriy qoldiqlari yig‘ilib, kerosinli idishga solinadi, natriy kesilgan qog‘oz va reaksiya o‘tkazilgan idishga texnik etil yoki metil spirti quyiladi.
Natriy qoldiqlarini rakovinaga va axlatga tashlash qat’iyan man qilinadi. Natriy bilan reaksiya o‘tkazilayotgan kolbani suv hammomi bilan qizdirish mumkin emas. Qizdirish uchun havo va qum hammomidan, shuningdek usti yopiq elektr qizdirgichlardan foydalaniladi. Mono va poligalloid alkillarni, karbonil birikmalarni, kislota, spirt, nitrobirikmalarni quritishda natriydan foydalanish mumkin emas.
Bo‘sh kolba va idishlarda natriy bo‘lakchalarini qoldirish mumkin emas. Ochiq qoldirilgan natriy metallining ustki qismi ko‘rinishi kalsiy xloridga o‘xshash bo‘ladi, unga suv ta’sir ettirilganda portlash ro‘y berishi mumkin.
Brom bilan ishlash. Bromni qalin devorli shisha idishlarda og‘zi berk holatda saqlanadi. Brom terining shilliq pardasiga ta’sir qiladi. Agar teriga tushsa, tuzalishi qiyin bo‘lgan yara hosil bo‘ladi. Brom bilan ishlashdan oldin tomizgich voronkaning kranlarini efir bilan tekshirish kerak. Brom bilan qilinadigan barcha ishlarni mo‘rili shkafda olib borish kerak.
Simob bilan ishlash. Simob metalli juda zaharli bo‘lgani uchun u bilan qilinadigan ishlarni oz miqdorda qalin devorli idishlarda maxsus solib, olib boriladi. Simob bilan qilinadigan barcha ishlar mo‘rili shkafda olib boriladi. Agar termometr sinib qolsa talaba bu holat to‘g‘risida darhol o‘qituvchiga yoki laboratoriyaga xodimlariga bildirishi, to‘kilgan simobni yig‘ib olishi va qoldiqni temir xloridning 20 protsentli eritmasi bilan yo‘qotishi mumkin. To‘kilgan simobni alangalanmagan mis plastinkasi bilan, yoki shisha idishga ulangan suv nasosi bilan yig‘ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |