Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xolida Saidova
- Bahodir Nazarov
Xolida Saidova: Bilamizki, musiqali drama janri unsurlari obrazlar nutqi о‘ziga xos
kо‘rinishlarga ega [2, 5]. Aytingchi, asarni tili va adabiy til meyorlariga amal qilishda qanday muammolar yuzaga keldi? Bahodir Nazarov – Asarni ishlash jarayonida asarning tili ustidagi ishlash jarayonida qator muammolariga ahamiyat berdim. Bu til muammosi ayniqsa tarixiy mavzudagi asarlarda juda og‘ir kechadi, chunki bugunning tili asar tiliga tо‘g‘ri kelmaydi. Aktyor о‘sha zamon nutqining rangini, og‘irligini, ta’mini eng muhimi ruhiyatini berishi kerak. Ayniqsa bugungi kun aktyorlarida bir qusur bor. Tovushdagi harfni butun aytmaydi. Harflar ayniqsa sо‘z qо‘shimchalardagi harflar yemirilib aytiladi. Natijada о‘sha sо‘zning salmog‘i, ta’sir kuchi, rangi yо‘qoladi. Axir hamma narsa tomoshabinga sо‘z orqali boradi-Y. Katta avloddagi aktyorlarimizga e’tiroz yо‘k. Ularning maktabi bor, ular biladi, ular ustozlarning maktabini egallagan. Hozirgi yosh aktyorlarimiz bilan о‘ta jiddiy repetitsiyalar orqali tarixiy til ohanglarini topishga urindik va о‘ylaymanki buni anchagina tо‘g‘irlay oldik. Xolida Saidova: Asar muhiti, rejissorning traktovkasi qahramonlar nutqiy xarakterlarini yaralishning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Chunki rolning “mag‘zi” shu jihatlardan kelib chiqib topilishi va bu “mag‘iz” nutq xarakterini belgilashi haqiqatdir [2, 6]. Ustoz nutqiy xarakter topish yо‘llari haqida gaplashaylik. Bahodir Nazarov: «Tо‘maris» teatrimizning oltin fondidagi asar bо‘lib qoldi va yana eng asosiysi bu asar kо‘pchilik aktyorlarimizga ijodiy maktab vazifasini о‘tadi. Asar pishiq bо‘lsa aktyor ochiladi. Qani endi shunaqa asarlar bо‘lsa. Afsuski, hozirgi ba’zi dramaturglar qog‘oz tо‘ldirish bilan band. Muhimi, voqea, xarakter, til, dard bо‘lishi kerak pyesada. №1 | 2023 41 Dramaturg yozgan sо‘zning о‘zini shunchaki aytish buni hamma ham ayta oladi, buni havaskorlik jamoasidagi ham shunchaki ayta oladi aktyor bо‘lish shart emas. Sо‘zning tagidagi ma’noni, sо‘zning tagidagi dardni ochib berish aktyorning muqaddas burchi. Shuni bajara olish uchun sо‘zning tagidagi «nim kosa» deydi xalqimiz, ana shuni qidirib topish kerakda aktyor qurmag‘ur. Endi hammasi ham qidirib topavermas ekan. Buni biz rejissura tilida «ikkinchi plan» deymiz, «uninchi plan» deymiz, «о‘zinga xos bо‘lgan sharoit» deymiz yoki «ijtimoiy muhitga mos bо‘lgan sharoit» deymiz. Ularda о‘tish jarayonlari bor. U yerda boshqacha talaffuz qilish kerak, boshqacha gapirish kerak, boshqacha urg‘u berish kerak, buning uchun boshqacha uslubda fikrlash kerak. Fikrlash qamrovi kengayishi, ba’zan esa torayishi kerak. Mana shularni his etibgina asar tilini anglash, uni ohangini topish va nutqiy xarakter yaratish mumkin. Biz mana shu tomonlarini uzoq ishlashimizga tо‘g‘ri keldi. Bunaqa narsalarni professional teatr aktyorlari bilishadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling