Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana02.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1421717
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Madaniyat-2023-1

Mayda g‘azal (tojik tilida) 
Xalq sо‘zi, Sh.G‘ofurov ijro etgan,
G‘.Xudoyev notaga olgan. 
Yuqorida keltirilgan mayda g‘azal maqomlarda keluvchi ufar usulida bо‘lib, erkaklar va 
ayollar tо‘y-marosimlarida ijro etilib raqsga tushilgan. Bu kabi usullar “Buxorcha” turkumi asarlarida 
ham aynan shunday yoki shunga о‘xshash kо‘rinishlarda ham kelishi kuzatiladi. 
An’anada mayda g‘azallar mavrigilar tarkibiga alohida “qism” qilib ijro etilgan holatlar ham 
bо‘lgan. Buning natijasida mavrigilarning tojikcha va о‘zbekcha variantlari paydo bо‘la boshlagan. 


№1 | 2023
15 
“Mavrigi ijrochiligida – Buxoro shahri atrofidagi tuman hofizlari ishtiroki natijasida о‘zbekcha ijrolar 
yuzaga kelgan – degan taxminlar ham yо‘q emas. Masalan, hozirgi “Mavrigi” turkumining 1- va 2- 
paytlarida kelgan “Ho Layli, Layli”, “Dilbari yagonayiman”, “Endi mani yor о‘ldirsin”, “Dilakam-
dilbarakam” kabi, yoki uchinchi paytdagi о‘zbekcha shо‘ba qо‘shiqlari, shuningdek, tabiat haqida, 
qushlar haqidagi (“Bedana” kabi) о‘zbekcha matndagi mayda g‘azallar mavrigilar tarkibiga alohida 
“qism” holida kiritilib ijro etilgan. Bundan kо‘rinib turibdiki, mavrigi va mayda g‘azal termalari 
orasida kо‘p yaqinliklar mavjud.
Kichik turkumli ashulalar sirasiga kiruvchi yana bir aytim Bahri tavil turkumi. Uning 
lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratadigan bо‘lsak, “bahr” – “vazn” (tо‘lqin), “tavil” – “uzun” va “uzoq” 
ma’nolarini anglatadi.
Bahri tavilda о‘ynoqi xalq qо‘shiqlari ishlatilmay, mumtoz shoirlarning tub ma’no, jо‘yali 
baytlaridan kо‘p foydalanilgan (Bahri tavil she’riyatda asosan 20-25 hijodan iborat bо‘lib, о‘qishga 
qulay chiroyli tarzda, ma’lum bir kо‘rinishi oq she’rga о‘xshab ketadi).
Bahri tavilning turkum xususiyati tо‘g‘risida quyidagilarni keltirish mumkin. Mо‘g‘ulchai 
Segohning talqinidan boshlangan Bahri tavilda: Talqin, Ufari, Hay nozanin, Bо‘y-bо‘y, La’li labad, 
Shikan-shikan va shunga о‘xshagan о‘n ikki qism mavjud. Bahri tavilning boshqa bir namunasi – 
Dugoh maqomidagi Saraxbori Oromijondan boshlanib, unga Ufari Saraxbori Oromijon va yana о‘nga 
yaqin Ufar usulidagi turli aytim qismlari ulanadi. Bahri tavilning bitta ohangda aytiladigan variantlari 
ham bо‘lgan. Unda faqatgina g‘azal о‘zgarib turadi xolos. Mabodo bir kuyda ijro etib turilgan bahri 
tavilda g‘azal misralari yetmay qolsa, unga boshqa shoirning shu vazndagi g‘azali ham qо‘shib 
aytilgan. Bahri tavilni asosan ikki kishi ijro etgan. Ijro jarayonida о‘ziga xos musobaqa ham 
kuzatiladi. Ijro tartibiga kо‘ra, bir-biridan о‘tish, ya’ni birinchi ijrochi ashula hangini tо‘rt takt 
chо‘zsa, ikkinchi ijrochi kamida olti takt chо‘zish talab qilingan. Qaysiki, ijrochi ashula hangini 
mо‘ljallangan taktgacha yetkaza olmasa, shu ijrochi yutqizgan hisoblangan.
Biz keltirayotgan “Bahri tavil” – usul va ohang tuzilishi jihatidan aynan mavrigiga xos tarzda 
ijro etiladi. Quyida “Bahri tavil” aytimining daromad qismidan bir parcha keltiramiz:

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling