ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son
144
uchun namunalardagi TRN ning o‘lchashdagi nisbiy xatoligi δA
n
= 10-20% tashkil qiladi. O‘lchangan
don mahsulotlari va ular ekilgan ekinlar tuproqlarining TRN tarkibidagi
40
K miqdori 2-jadvalda
keltirilgan.
2-jadval
№
Namunalar
(A, Bk/kg)/(C, g/kg)
Don mahsuloti
Tuproq
1
Loviya (Nagorniy)
407/0,9
546/2.52
2
No‘xat (Nagorniy)
292/0,94
3
Makkajo‘xori (Nagorniy)
60/0,18
4
Tariq (Ulus)
106/0,31
460/1.88
5
Mosh (Nurdum)
442/1,47
650/2.28
6
Arpa (Olg‘a)
122/0,27
420/1.52
7
Bug‘doy (Sariko‘l)
88/0,27
340/1.06
Mulohaza va xulosalar. Radionuklidlar o‘simliklarga ildiz va barglar orqali so‘riladigan oziq
moddalar bilan kiradi. TRN
40
K kaliy elementining izotopi bo‘lib, uran va toriy elementlaridan farqli
o‘laroq, tirik organizmlar uchun hayotiy elementlardan biri bo‘lib, tuproq eritmasidan o‘simlikning
ildizi tomonidan intensiv ravishda so‘riladi. Tabiatda, shu jumladan, tuproqda kaliyning tarqalishi uran
va toriyga qaraganda ancha yuqori. Shunga ko‘ra,
40
K o‘simlikning radioaktivligiga dominant hissa
qo‘shadi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘simliklarning don mahsulotlarida mos ravishda radionuklidlar va ularning
konsentratsiyasi ularning turidan tashqari, tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, tarkibi, namligi,
harorat va boshqa omillarga bog‘liq.
Bizning tadqiqotimizda (2-jadvalga qarang) o‘simlikning don mahsulotlarida kaliyning
aktivligi,
40
K konsentratsiyasi va o‘simlik o‘sadigan tuproqdagi kaliy miqdori keltirilgan. Kaliy
konsentratsiyasi o‘rtacha qiymati no‘xat mahsulotida (292 Bk/kg) kuzatiladi. Don mahsulotlaridan
loviya va mosh yuqori darajada kaliy elementini o‘ziga to‘plar ekan.
Kaliyning
40
K alohida o‘simlik orasidda taqsimlanishiga kelsak, ular quyidagi ketma-ketlikga
tushadi: barg>poya > ildiz > gul (urug‘lar, donlar) [6].
Do'stlaringiz bilan baham: |