Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
13 
UDK: 9509 
TURKISTON GENERAL-GUBERNATORI MAHKAMASI ISH YURITISH 
FAOLIYATIDA TARJIMONLIK ISHI TARIXI 
 
B.Ergashev 
Samarqand davlat universiteti 
 
Annotatsiya. Oʻzbek davlatchilik tarixini Rossiya imperiyasi bosqini davridagi 
siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va maʼnaviy hayotini oʻrganish, tadqiq qilishda bir yoqlama 
yondashuv, tarixini soxtalashtirish va eng muhimi mustamlakachilik mafkurasini targʻib 
qilishdan qochish hozirgi davr tarixchi olimlarining muhim vazifalari hisoblanadi. Ushbu 
maqolada bu vazifalar yangi Oʻzbekiston strategik taraqiyot davrida ham oʻz ahamiyatini 
saqlab kelayotgani haqida fikr yuritilgan. 
Kalit soʻzlar: Turkiston tarixi, Rossiya imperiyasi bosqini, siyosiy-ijtimoiy muhit, 
strategik taraqqiyot. 
 
История переводческого дела в канцелярии Туркестанского генерал-
губернаторства 
Аннотация. Изучение политической, социально-экономической и духовной 
жизни Узбекского государства в период вторжения в состав Российской империи, 
однобокий подход к изучению, недопущение фальсификации истории и, самое главное, 
пропаганда колониальной идеологии. В данной статье утверждается, что эти задачи 
остаются важными и в период стратегического развития нового Узбекистана. 
Ключевые слова: история Туркестана, нашествие Российской империи, 
политическая и социальная обстановка, стратегическое развитие. 
 
History of translation work in the work activity of the Court of the Governor-
General of Turkestan 
Abstract. The study of the political, socio-economic and spiritual life of the Uzbek 
state during the invasion of the Russian Empire, a one-sided approach to the study, the 
avoidance of falsification of history and, most importantly, the promotion of colonial ideology 
are important tasks of modern historians. This article argues that these tasks remain relevant 
in the period of strategic development of the new Uzbekistan. 
Keywords: History of Turkestan, invasion of the Russian Empire, political and social 
environment, strategic development. 
Turkiston tarixi 1867-1917-yillarda Rossiya imperiyasi istilosi davrida soʻnggi yillarda 
yurtimiz tadqiqotlari tomonidan mukammal darajada oʻrganilmoqda. Turkiston general-
gubernatorlik boshqaruv tizimini imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi, mustabid 
xususiyatga ega ekanligi va mahalliy aholini itoatda saqlab turishga qaratilgan mustabid 
tuzum ekanligi eʼtirof etilgan jihat. Oʻzbek davlatchilik tarixini Rossiya imperiyasi bosqini 
davridagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va maʼnaviy hayotini oʻrganish, tadqiq qilishda bir 
yoqlama yondashuv, tarixini soxtalashtirish va eng muhimi mustamlakachilik mafkurasini 
targʻib qilishdan qochish hozirgi davr tarixchi olimlarining muhim vazifalari hisoblanadi[1]. 
Bu vazifalar yangi Oʻzbekiston strategik taraqiyot davrida ham oʻz ahamiyatini saqlab 
kelmoqda. 
Mavzuni yortishda oʻz davri siyosiy-ijtimoiy muhitini aks ettirgan asarlar va ularning 
mualliflarini tarixiy tadqiqotlarda koʻplab uchratamiz, ayniqsa mustabid tuzum davridagi 
asarlar imperiya bosqinchilik harakatlarini oqlab, hattoki bu Turkistonga sivilizatsiyani olib 
keldi degan baholarni berishgan[2]. Masalan: Abaza K.K. oʻzining asarida Turkiston 
istilosiga oid turli mualliflar, harbiylarning maʼlumotlarini toʻplam sifatida harbiy tarix 
shaklida nashr etilgan. Mutaxassisligi veterenar vrach boʻlgan Dobrosmыslov A.I. general-
gubernatorlik mahkamasi yordamida Toshkent shahri toʻgʻrisida koʻplab maʼlumotlar 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling