Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
Download 2,27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
20 ahli, zodagon va sadogarlarning xususiy xazinalarida toʼplangan boyliklar – oltin va qimmatbaho nodir buyumlari toʼplangan. Mukofotlash tadbirlari ham koʼrgazma tashkil etilgan kunlarda oʼtkazilgan. Hatto, ustalar va tilla kashtachilari ham doimo hukmdorlar, zodagonlar va arboblarning buyurtmasi boʼyicha ishlaganligi sababli, ular imtiyozlarga ega boʼlib, unvonlar va mukofotlarga sazovor boʼlgan. Taniqli ustalarga «chorogʼosi», «mirzoboshi» unvonlari tayinlangan. Shuningdek, hunarmand-zargarlar, tikuvchilar va boshqa kasb egalari ragʼbatlantirish sifatida sovgʼalar olgan[9, 128]. Buxoro xonligida “peshkash” (sovgʼa, iʼnom) – viloyat, shahar hokimlari tomonidan shoh va xonga taqdim etiladigan hadyalar maʼnosini anglatib, u oltin, kumush, qimmatbaho matolar, zarhal kiyimlar, ot va mollar, kitob va baʼzan qullardan tashkil topgan. Ushbu buyumlarga sharafli mukofot toʼnlari, qurol, harbiy forma, turli qimmatbaho buyumlar (kamyob qimmatbaho toshlar, oltin, oltin idish, taqinchoqlar va boshqalar) kirgan[13, 131]. Xon huzuriga toʼplangan peshkash uch qismga boʼlingan, soʼng uning bir qismi koʼzga koʼringan sultonlardan biriga berilib, ikkinchi qismi xonning yaqinlari oʼrtasida taqsimlangan. Qolgan qismi xonning oʼziga tegishli boʼlgan[13, 386]. Xon mukofotlari va sovgʼalarini, jumladan oltin buyumlarni taqdim etish uchun masʼul shaxs, roʼyxatga olish daftarini yurituvchi «peshkashnavis» deb atalgan. «Borxona» esa gʼazna majmuidagi xon mukofotlari va sovgʼalari saqlangan maxsus xona, “Noziri baytutat” esa saroyda saqlanuvchi mukofot va sovgʼalar fondini nazorat qiluvchi hisoblangan[9, 38]. XVI - XIX asr birinchi yarmida Movarounnahrda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy muhit yuzaga kelib, O‘rta Osiyo xonliklari hukmdorlari tomonidan turli sohalarda faoliyat ko‘rsatgan shaxslarga mukofotlar berish, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan rag‘batlantirish odat tusiga kirgan. Masalan, xon Abdullaxon II (1585-1598) sodiq xizmatlari uchun insonlarni taqdirlagan. Uning davrida «nisor» - tanlangan arboblarni hadyalar, qimmatbaho sovg‘alar, oltin va kumush tangalar, pullar bilan boshlaridan sochish ko‘rinishida qarshilash urf-odati keng tus olgan. Abdullaxon qo‘mondon va jangchilarni ham qimmatbaho davlat mukofotlari, jumladan oltin va kumush buyumlar bilan taqdirlab turgan. Masalan, Abdullaxon Kesh qal'asining qamal va jangidan oldin qo‘mondon va jangchilarni mukofotlar qatorida oltin qilichlar, kamon va nayza, qalqon, dubulg‘a, kamarlar bilan rag‘batlantirgan. Shuningdek, xon davrida egallangan hududning diniy vakillariga ham hadyalar bo‘lgan. Masalan, Payg‘ambar avlodlari va boshqa taniqli aholi vakillari yashagan Termiz shahrining qamalida ularga oltin, kumush va alohida sharafli to‘nlar taqdim etilgan[13, 112]. Shuningdek, bizga ma'lumki, Buxoro xonligining XVI - XVII asrlardagi ijtimoiy siyosiy hayotida Jo’ybor xojalarining tutgan o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, ularning moddiy farovonligining asosiy manbalari avloddan – avlodga o‘tib boradigan merosiy mol-mulklar tashkil etgan. Mol- mulkning asosiy manbaini xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan tortiq qilinib turiladigan yer-suv va qimmatbaho hadyalar tashkil qilgan. Biron bir yirik voqea, masalan, yangi hukmdorning taxtga o‘tirishi yoki yangi yurtlar zabt etilgandan keyin amir va sultonlar bilan bir qatorda naqshbandiya-xojagon tariqatining yo‘lboshchilari ham taqdirlanganlar. Jumladan, 1512 yilda Shayboniylarning G‘ijduvonda qizilboshlar ustidan qilgan g‘alabasi munosabati bilan Ubaydullaxon (1533-1540) xoja Muhammad Islomga Sumitonga tutash qishloqlardan 200 gektar yer va o‘nlab qullarni tortiq qilgan. 1552 yilda Abdullaxon Nasafni egallagach, mazkur viloyatdan Muhammad Islomga Mudin qishlog‘i tortiq qilingan. Yoki Abdullaxon 1584-1585 yillarda Badaxshon va Ko‘lobni egallagach, xo‘ja Sa'dga 1586 yil Badaxshonni tortiq qilgan. Ba'zi manbalarda qayd e'tilishicha, xo‘ja hududning o‘rniga faqatgina 200 gektar yer olishni so‘ragan[1, 28]. Shuningdek, 1606 - 1609 yillarda Buxoro xoni Vali Muhammadxonning iltimosiga ko‘ra Jo’ybor xojasi Tojiddin 3 marotaba Balxga borib, har safar u yerdan Nodir Muhammad va balxlik amirlar tomonidan tortiq qilingan tuhfalar bilan qaytgan. Umumiy hisobda xo‘ja Balxdan 106 ming tanga naqd pul, yuzlab bosh qo‘y, ot, behisob gilamlar, chodir, qimmatbaho matolar bilan qaytgan. Shuningdek, Jo’ybor xojasi Abdurahim 1628 yil xon Imomqulixon bilan sovuqchilikdan so‘ng xonlikni tark etib, hajga otlanish davrida Hindiston safarida bo‘lgan. U safar yakunida Boburiylardan Jahongir (1605-1628) Abdurahim xo‘jaga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kamar va xanjar, kiyim-kechak hamda 50 ming rupiya pulni taqdim qilgan[1, 28]. Shuningdek, malika Nurjahon begim, Osafxon va Abdulhasan kabi oliy mansabdorlar har biri xo‘jaga 10 ming rupiyadan pul tortiq qilganlar. Shuningdek, Qoshg‘ar, Eron hukmdorlari ham Jo’ybor xojalariga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling