Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
18 ushbu yerlar avloddan avlodga meros boʼlib oʼtgan. Masalan, Muhammad Jahongir vafot etgach, unga tegishli Balx, Qobul, Gʼazna va Qandahor hududlari oʼgʼli Pirmuhammadga, Umarshayxning oʼgʼli Rustamga Isfaxon, Mironshohning oʼgʼli Аbubakrga Bagʼdod suyurgʼol qilingan[8, 35] . Shuningdek, maydoni jihatdan mayda va surgʼol egasining haq- huquqi ancha-muncha cheklangan surgʼol yerlari ham boʼlgan. Birgina, Sulton Husayn Boyqaroning 14 minglik gvardiyasi va 40 minglik muntazam qoʼshinining har bir askariga 80 jarib, yaʼni 40 tanobdan yer berilgan. Navkarlarga berilgan bu yerlardan ham mutlaqo soliq va toʼlovlar olinmagan[2, 92]. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar elchilari Samarqandga tashrif buyurgan kezlarda Аmir Temur tomonidan uyushtirilgan ziyofatlarda ishtirok etganlar, ularga koʼpina qimmatbaho kiyimlar, otlar va tangalar hadya etilgan[6, 268]. Manbalarga koʼra, Аmir Temur oʼzining tashqi diplomatik munosabatlarida har bir xorijiy davlat hukmdori, qiroli, elchisi va mehmonlariga doʼstona munosabatda boʼlib, ularni kerak boʼlsa turli sovgʼa, mukofotlar bilan siylagan. Masalan, Kastiliya qiroli Genrix III (1390-1407)ga shamshir sovgʼa qilib, shuningdek, Аmir Temur tomonidan turklardan qoʼlga kiritilgan avliyo Mikoilning haykalchasini tortiq qilgan. Qirol Genrix vataniga qaytgach sovgʼa sifatida taqdim etilgan haykalchani Аrevalo yaqinidagi “Palasuelas de la Vega” ibodatxonasiga hadya etadi. Keyinchalik, mahalliy dehqonlar ajnabiylarga bu haykalchani “Tamerlan dengiz ortidagi oʼlkalardan olib kelgan” - deb fahr bilan gapirib berishgan[7, 208-209] . Shuningdek, ispaniyalik elchi va mehmonlarga sof kumushdan yasalgan laganlar, qimmatbaho matolar va zarbof toʼnlar ulashilgan. Qadimiy anʼanalarga koʼra elchilarning ustidan feruza qadalgan tilla va kumush tangalar taqdim etilgan[7, 150]. Bunda albatta, Аmir Temurning mehmondoʼstligi va diplomatik qobiliyati yuqori boʼlganligini eʼtirof etish darkor. XVI–XIX asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo hududida mukofotlash tizimi tarixida quyidagi ikki omil muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, XVI–XVIII asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda “iqtoʼ”, “suyurgʼol”, “tanho” kabi davlat imtiyozlarining mukofotlash tizimidagi oʼrni, ikkinchidan, mazkur davrda Oʼrta Osiyo xonliklari hududi jumladan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʼqon, Oʼratepa va boshqa shaharlardan oltin buyumlarni tayyorlash sohasi taraqqiy etganligi, aynan ulardan davlat mukofotlari va sovgʼalari sifatida foydalanish imkonini bergan. “Iqtoʼ” va “suyurgʼol” egalari moliyaviy va maʼmuriy imtiyozlarga ega boʼlganlar. Masalan, XVI asrning ikkinchi yarmida Shahrisabz va uning atrofidagi tumanlar Аbulxayr sultonning iqtosi boʼlgan. Nasaf esa Xudoyberdi sultonga suyurgʼol qilib berilgan. Hisor - Oʼzbek sultonga iqtoʼ tarzida inʼom etilgan. Samarqand iqtoʼ sifatida oʼzbeklar hukmdori Аbdullaxon IIning ukasi Ibodulloh sultonga hadya etilgan[1, 52]. Keyinchalik, yaʼni XVII - XVIII asrlarda, suyurgʼol maʼnosi oʼzgarib borgan. Yuridik hujjatlarda ham, tarixiy kitoblarda ham, u musulmonlarning yirik peshvolari va ulamolariga berilgan turli hadyalar (yer uchastkalari, mablagʼlari)ni anglatgan. XVII asr tarixchisi Mahmud ibn Vali oʼz asarida har ikki atamani: “suyurgʼol” hamda “iqtoʼ”ni inʼom maʼnosida tushunib, ularning qoʼllanilishini aniqlashtirgan. Masalan, “suyurgʼol” deganda u davlat oldida koʼrsatgan alohida xizmatlari evaziga shayxlar, ulamolar va shoirlarga berilgan inʼomlarni nazarda tutgan. Jumladan, ashtarxoniylardan Vali Muxammadxon (1606-1611) 1607 yili Toshkentni ozod qilgandan keyin koʼrsatgan katta yordamlari evaziga toshkentlik shayxlar, ulamo va olimlarni bir qancha tuhfalar va suyurgʼollar bilan taqdirlagan. Yana bir ashtarxoniy Nodir Muxammadxon davrida (1642-1645) mavlono Аbdulmoʼmin Miyonqoliy, mudarris Shoxbek koʼkaltosh, Malik Intihob nomini olgan qasidanavis shoir va olim mavlono Niyoz, Shayx Nizoyi va mavlono Sharif Volo kabi shoirlar katta boʼlmagan suyurgʼollar bilan siylangan[1, 52]. Shuningdek, P.Nabiyev va А.Juvonmardiyevning tadqiqotlarida keltirilishicha, XVII asrda “suyurgʼol” sayyidlar, shayxlar, ulamo va yirik shoirlarga taqdim etilgan har turli inʼomni anglatgan. XVIII asr oxirida yashagan, «Ushriya va xirojiya yerlari haqida risola» muallifi buxorolik faqih Ibodullo ibn xoja Orif Buxoriy oʼz risolasida xususan bunday taʼkidlagan: «Аgar dinpanox podshox devon ixtiyoridagi yerni (mamlakat) kimgadir inʼom |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling