sifatidir. Bu koʼrsatkichlar professor-oʼqituvchilarning yuqori impakt-faktorli jurnallarda
maqolalar chop etishi, iqtiboslik koʼrsatkichlari oshishi, investitsiyaviy jozibadorlikni
oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish, taʼlim-fan-ishlab
chiqarishning oʼzaro manfaatli hamkorligini yoʼlga qoʼyish orqali amalga oshiriladi.
Taʼlim inspektsiyasi hamda masʼul vazirlik va idoralar tomonidan ushbu
yoʼnalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:
oliy taʼlim muassasalarining kadrlar tayyorlash faoliyatini takomillashtirish boʼyicha
chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi;
taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatini
doimiy monitoring qilib borish yoʼlga qoʼyildi;
ish beruvchilarning milliy soʼrovnomasi joriy etildi;
Nufuzli xalqaro agentliklari (ENQA, QS-Quacquarelli Symonds, THE-Times Higher
Education) ekspertlari bilan bevosita hamkorlikda ishlar yoʼlga qoʼyildi.
Natijada, oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligining asosiy koʼrsatkichlari
tahliliga koʼra:
ilmiy salohiyat soʼnggi uch yilda oʼrtacha 4,2%ga oshdi: 2017 yil – 30,3%, 2018 yil –
34,0%, 2019 yil – 34,1%; 2020 yil – 34,5%;
taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyati
jonlandi va oliy taʼlim muassasalari soʼnggi uch yilda ilmiy-tadqiqot faoliyatidan 546,6 mlrd
soʼm mablagʼ ishlab topdi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor
oʼqituvchilar soni 2477 nafarga (oʼtgan yilda 2147 nafar), fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga
yoki dotsent unvoniga ega professor oʼqituvchilar soni 8710 nafarga (7963 nafar) yetdi;
dunyoning nufuzli 1000 talik roʼyxatiga kiruvchi OTMlarning PhD yoki DSc ilmiy
darajasini olgan professor oʼqituvchilar soni 450 nafarga (402 nafar) yetdi;
nufuzli xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar soni oʼtgan yilga nisbatan 2 barobarga
oshdi, 15170 ta boʼldi.
xorijiy talabalar soni 1,5 barobarga oʼsdi va 4760 nafarga yetdi.
9 ta milliy oliy taʼlim muassasalarimiz (OʼzMU, TIQXMMI, TMI, TDIU, TTА, TPTI,
TDYuU, UrDU, TFI) THE-Times Higher Education xalqaro reyting agentligi tomonidan
dunyoning nufuzli oliygohlari roʼyxatiga kirish uchun nomzod sifatida tan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |