Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
147 

diplom ilovasini yuklab olish uchun havola. 
Tadqiqotlarimiz jarayonida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o’rtasida diplomlarni 
olishda QR-koddan foydalanishning samaradorligini aniqlash bilan bog’liq ekspert so’rovi 
tashkil etilgan. So’rovnoma natijalarining tahliliga ko’ra, "Siz uchun QR-koddan foydalangan 
holda diplom va uning ilovalarini olishni qulayligi nimada” degan savolga respondentlar 
mazkur tizimning qulayligi, o’z yashash joyidan turib ham yuklab olish imkoniyatining 
mavjudligi va ishonchligi (55,6%), ortiqcha vaqt va mablag’ sarflamaslik (37,2%), 
ma’lumotlarning ochiqligi va to’liqligi, ishga joylashish uchun ham qulay (100,0%) ekanligini 
ta’kidlashgan. Shuningdek, so’rovnoma davomida Internet tezligi, barcha sohalarda ham 
raqamli texnologiyalarni joriy etilmaganligi ta’sir etuvchi omil sifatida (92,1%) qayd etilgan. 
Xulosa va takliflar.
Oliy ma’lumot to’g’risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va 
ilovalarini tasdiqlanishi oliy ta’lim muasasalari bitiruvchilari to’g’risida ish beruvchilar 
(o’qishni davom ettiradiganlar uchun ta’lim muassasalari) uchun ortiqcha murojaat qilmasdan 
va vaqt sarflamasdan to’liq ma’lumot olish imkonini beradi. Bu albatta, bitiruvchilarni o’z 
mutaxassisligi (kasbi) bo’yicha muvaffaqiyatli ishga joylashish va jamiyatda o’z o’rniga ega 
bo’lishi, shuningdek mehnat bozorida ish beruvchilar bilan kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim 
muassasalari o’rtasidagi integrasiyani ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Diplom va uning ilovasini yangi loyihasi bitiruvchilarni ishga joylashish jarayonlarini 
tezlashtiradi hamda ish beruvchilarda yosh mutaxassis to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi, uning 
malaka darajasi, kompetensiyalar yo’nalishi haqida to’liq tasavvur paydo qiladi, shuningdek, 
oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy imidjini shakllantirishga oliy ta’lim muassasalariga qabul 
qilingan talabalarni tabriklash va bitiruvchilarga diplom topshirish tadbirlarini o’tkazish 
tartiblari talabalikka qabul qilingan talabalarni tantanali tabriklash hamda bitiruvchilarga 
diplom topshirish tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazish bilan bog’liq ishlarni tartibga solish, 
ularni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini 
kuchaytirish, yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini yanada oshirish va ularni rag’batlantirish 
tizimini takomillashtirish uchun xizmat qiladi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling