Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi.
2. Adabiyotlar sharhi. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida mazkur soha yuzasidan ko’plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar o’z asarlarida keng qamrovli ta’rif va fikrlar berib o’tishganligi o’rganildi.Xorijiy iqtisodchi olimlarning faoliyatini o’rganish asnosida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to’rt yirik:italyan, nemis, fransuz va angliya-amerika maktablari mavjudligi aniqlandi.Bu maktablarning turkumlanishi ularning buxgalteriya hisobi moliyaviy,boshqaruv, hamda ishlab chiqarish hisoblari borasidagi qarashlari turlicha bo’lganligi sabab bir to’xtamga kelinmagan. Italiyan maktabining namoyondalaridan biri Djuzeppe Cherboni “Amaliy moliyaviy hisob –bu buxgalteriya hisobidir, boshqaruv hisobi esa birinchi navbatda analitik hisobdir” deb fikr bildirib o’tgan (Д.А.Львова, 2021). Angliya-amerika maktabining vakili Charlz Xorngren (2001) buxgalteriya hisobini boshqaruv va moliyaviy hisoblarga bo’lib, ularning farqini yetti ko’rinishda ko’rsatib www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 7 o’tgan.Shuningdek, u o’z asarlarida “Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobining ko’pgina kamchiliklarini tugatdi” deb yozib qoldiradi. T.A.Poleshukning (2012) keltirishicha, xalqaro standartlarga o’tish boshqaruv va buxgalteriya hisobini jahon standartlariga moslashtirish bilan birga, tizimni to’g’ri yo’lga qo’yish va investitsiya jalb qilishda muhimdir. X.Tekeyeva va I.Djanibekovaning (2021) keltirishicha, MHXS-xalqaro biznes bo’lib, ishbilarmonlik muhitini yaratishda muhim hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodchi olimlari ham bu borada o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tishgan bo’lib, B.Xasanov (2005) o’z asarlarida ishlab chiqarish hisobini moliyaviy va boshqaruv hisoblari kabi alohida hisob turi sifatida ko’rsatib uni hisobning bir obyekti sifatida mulohazalaydi. Xolbekov R.O. (2021) ham ishlab chiqarish hisobini buxgalteriya hisobining bir qismi sifatida izoh beradilar. Bu boradagi qarashlar o’z navbatida hali bu sohada yechimi topilmagan muammolar borligi va ilmiy izlanishlar olib borish zaruriyatini taqozo etadi. 3. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada mamlakatda tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq hisobot tayyorlashning ahamiyati va istiqbolli yo’nalishlarini yoritishga qaratilgan bir qancha tadqiqot usullaridan,jumladan sharhlash,statistic kuzatuv, solishtirish, taqqoslash, induksiya va deduksiya, monografik tadqiqot, klasterlash kabi usullardan keng foydalanilgan. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling