Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
5. Xulosa. Hozirga qadar faoliyat ko’rsatgan va bugungi buxgalteriya hisobining tashkil qilish muammolarini milliy va xalqaro darajadagi muammolarga ajratish mumkin.Xalqaro darajadagi muammo-bu jahon miqiyosida hisob tizimini yagona standartlar asosida tashkil qilish va takomillashtirish bo’lsa,milliy darajadagi buxgalteriya hisobini tashkil qilish MHXS dagi hujjatlar tizimi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) Xalqaro buxgalteriya standartlari (IAS) MHXS talqinlari (IIAS) 51% 7% 42% IFRS ruxsat etiladi yoki talab qilinadi Hozirgi vaqtda IFRS ko'rib chiqilmoqda www.soliqvahayot.uz III СОН. 2023 9 muammolariga davlat miqyosda amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar kiradi.Davlat miqyosida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni tartibga solib turuvchi qonun-qoida, nizom va milliy standartlarni yaratish, ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish bu boradagi qilingan va qilinishi zarur bo’lgan vazifalarga kiradi. Har bir mamlakatda IFRSni qo’llashi kerak bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’z ro’yxati mavjud.Asosan, bularga moliya sektoridagi ishtirokchilar (banklar,sug’urta tashkilotlari), OAJlar, yirik kompaniyalar, nodavlat pensiya jamgarmalari va boshqalar kiradi.O’zbekistonda ham qabul qilingan qonunchilikka muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno[8] deb belgilab qo’yilgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga o’tishda tadbirkorlik subyektlari quyidagi afzalliklarga ega bo’lishi mumkin: Xalqaro fond bozorlariga kirib borish va xorijiy banklardan arzonroq kreditlar olish imkoniyati; Kapitalni jalb etishdagi xarajatlarning kamayishi; Hisobotlarni tayyorlash xarajatlari kamayishi.Xususan, turli mamlakatlar xo’jalik subyektlarining bayonotlarini konsolidatsiya qilishda yanada shaffof, ochiq va sodda taqqoslanadigan hisobot kompaniyaning moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, bunda u foydalanuvchilar (biznes egalari, investorlar, kreditorlar nazorat qiluvchi organlar va boshqalar) tomonidan yuqori baholanadi. Menejment(rahbariyat) uchun hisobotdagi ma’lumotlar va real voqealar o’rtasidagi bog’liqlikni kuzatish va ular asosida samarali qarorlar qabul qilish osonroq. IFRS ko’plab bozor iqtisodiyoti mamlakatlaridagi buxgalteriya hisobi va hisobot tajribasini umumlashtiradi.Ular asosida yangi milliy hisobot standartlarini tezroq va arzonroq ishlab chiqish imkonini beradi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling