Keywords. Electronic device, MATLAB program, IGBT transistor, simulation, inverter, harmonic
analysis, spectral analysis.
Doimiy tok manbalaridan iste’mol qiladigan ta’minot manbalarida, misol uchun
akkumulyatorlar, quyosh battareyalari va x.k., tranzistorli o’zgartirgichlar kiruvchi doimiy
kuchlanishning bitta nominalini turli nominalli doimiy kuchlanishni nominaliga va qutbiga
aylantirib beruvchi asosiy funktsional tugun xisoblanadi. Ushbu o’zgartirgichlar birlamchi ta’minot
shinasidan galьvanik ajratilgan. SHuningdek tranzistorli kuchlanish o’zgartirgichlari
transformatorsiz kirishli ta’minot manbalarida markaziy funktsional tugun xisoblanadi. Ushbu
kuchlanish o’zgartirgichlari energiyani o’zgaruvchan tok tarmog’idan ham iste’mol qilishlari ham
mumkin. Shuningdek ta’minot manbalarida bir taktli va ikki taktli tranzistorli doimiy kuchlanish
o’zgartirgichlari qo’llanilishga egadir [1-4].
Rezerv ta’minot manbasining sinalgan sxemasi doimiy kuchlanish (12-15 V) ni
o’zgaruvchan 240 V 50 Gts kuchlanishga o’zgaradi va 800 Vt chiqish quvvatini ta’minlab berib,
avtomatik zaryadlash qurilmasi, akkumulyatorni to’liq razryadlanishdan ximoyalash, akkumulyator
batareyadagi kuchlanishni oshib ketishidan himoyalash, tarmoqdagi kuchlanish yo’q bo’lib
qolganda rezerv ta’minotga o’tish va tarmoqda kuchlanish paydo bo’lganda tarmoqqa o’tish
avtomatiga egadir. Kunni yorug’ vaqtida akkumulyator batareya quyosh modulidan xam va
shuningdek tarmoqdan to’yinishi mumkin. [7]
Rezerv ta’minot manbaining blok sxemasi 2.1-rasmda ko’rsatilgan. Elektromagnit relelar K1
va K2 qurilmani K 1.1, K 1.2, K2.1 kontakt guruxlarga avtomatik ulanishini ta’minlab beradilar.
Nuqtalar 1 va 2 bilan ta’minotni uzib ulovchi avtomatni ulanish tugunlari belgilangan.
1-Rasm. Rezerv ta’minot manbaining blok sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |