МЕХАНИКА
Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, T.26, №6) 109
berilayotgan buramni 20% gacha qisqartirish mumkin, shu bilan birga ipning pishiqligini an'anaviy halqali
yigirish mashinasida olingan ip pishiqligi kabi saqlab qolish mumkin. Ipga berilayotgan buram kamayishi
natijasida ip ishlab chiqarish tezligi oshadi va ulardan toʻqilgan trikotaj matolarining yumshoqligi yanada
oshadi. Hozirda keng foydalanilayotgan modifikatsiyalangan yigirish usuliga kompakt yigirish tizimlari
misol boʻla oladi. Kompakt yigirish choʻzish zonasidan chiqayotgan tola oqimini zich qilish uchun havo
soʻrilishini qoʻllash va pishitish uchburchagini sezilarli darajada qisqartirish (deyarli yoʻq qilish) orqali ip
asosidagi tolalarni ipdan tuk boʻlib chiqib qolishini kamaytiradi. Bunga havoni assimilyatsiya qilish tizimi
va tolalar oqimi yo’nalishiga oʻrnatilgan teshik sirt yordamida erishiladi. Ushbu maqolada kompakt yigirish
mashinalarining afzallik va kamchiliklari tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: