Issn 2181-9505 Doi Journal 10. 26739/2181-9505
Download 243.03 Kb.
|
5971-Текст статьи-11887-1-10-20221206
- Bu sahifa navigatsiya:
- MATERIALLAR VA METODLAR
KIRISH
Dunyoda etnomadaniyatlarning tarixiy, ijtimoiy-madaniy jihatlari, etnomadaniyat transformatsiyasiga ta’sir etuvchi omillami o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Etnomadaniyatning rivojlanishiga ijtimoiy muhit, davlat boshqaruvi, siyosiy vaziyatning ta’siri va unda aholining ijtimoiy onglilik darajasini aniqlash, madaniy o‘ziga xoslikni saqlash, yo‘qolgan yoki asta-sekin yo’qolib borayotgan an’analar va xalqlar madaniyatining tarixiy zanjirlarini qayta tikiash, etnomadaniyatni asrash orqali megasivilizatsiyada milliy identiklikni saqlashga oid ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga ehtiyoj oshmoqda. O’zbekistonda aholining turli qatlamlari ongida milliy ruhni yuksaltirish, umumiy madaniy qadriyatlami saqlash va asrashda hududiy etnomadaniy qadriyatlarni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Samarqandda “Sharqtaronalari”, Qo‘qonda hunarmandchilik, Shahrisabzda maqom, Buxoroda “Ipak va ziravorlar”, Namanganda gullar, Nukus va Termizda baxshichilik, Marg‘ilonda “Atlas bayrami” milliy matolar, Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro festivallarming o‘tkazilishi yoshlarda milliy qadriyatlami bilish, ularni o£rganish va yangi avlodga yetkazish mas’uliyatini shakllantirmoqda, bu festivallar mamlakatning umumiy madaniy an’analari, etnomadaniyatini ommalashtirish vositasi vazifasini bajarmoqda. Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlari bilan chegaradosh Surxandaryo viloyatining etnomadaniyatida milliy identiklik bilan bir qatorda madaniyatlararo o‘zaro ta’sir uning kuy va qo‘shiqlari, turmush tarzi, madaniy urf-odatlari, ijtimoiy hayotida o‘z ifodasini topmoqda. Shu bois, Surxon vohasining etonomadaniyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish umumiy etnomadaniy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy madaniy ahamiyat kasb etmoqda. MATERIALLAR VA METODLAR Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyotlarda etnomadaniyat va uning rivojlanish mexanizmlari muammosining o‘rganilish darajasini sarhisob qilsak, ushbu maqola mavzusi falsafiy fanlarda anchagina keng doirada tahlil qilingan. Ularni hal qilish uchun tadqiqot quyidagi usullardan foydalangan, jumladan: muammoli - xronologik — etnomadaniyatning muayyan shakllari va ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi, o‘zaro assimiliyatsiyasining kelib chiqishini aniqlash qaratiladi. Qiyosiy-tarixiy uslub asosida etnomadaniyat turlarilaming murakkablashib borishi, ularni o‘rganishda murakkabliklar va qiyinchiliklaming ortib borishini ta’kidlash mumkin. Konkret-sotsiologik tadqiqotlar usuli esa shaxs, jamiyat va davlat hayotida etnomadaniyatning o‘mi, amaliy ahamiyati va ular bilan aloqador tendensiyalar va o‘zgarishlami aniqlashni ko‘zda tusa, mantiqiy usul - mavjud etnomadaniy hodisa va jarayonlar o‘rtasida aniq munosabatlami aniqlash imkonini beradi. Mavzu maqolada ushbu usullardan biigalikda foydalanish mavjud muammoni aniqroq va chuqurroq tekshirishga imkon berdi. Download 243.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling