Issn 2181-9696 Doi Journal 10. 26739/2181-9696
Parallel hisoblash tizimlari
Download 486.38 Kb. Pdf ko'rish
|
4419-Текст статьи-8856-1-10-20220421
Parallel hisoblash tizimlari.
Parallel hisoblash tizimlarini qurishda turli maqsadlar ko’zda tutiladi, masalan Unumdorlikni oshirish; Tannarxni kamaytirish (yoki unumdorlik/narx ko’rsatkichini minimallshtirish); Ishlash ishonchliligini oshirish va h.k. Parallel hisoblash tizimlari quyidagicha tasniflanishi mumkin 1. Komandalar potoki va ma’lumotlar potokining o’zaro munosabatiga ko’ra (Flinn klassifikatsiyasi, yuqorida batafsil ko’rildi) 2. Boshqarish potokiga ko’ra: IF – instruction flow (komanda potoki boshqaradi),; DF – data flow(ma’lumotlar potoki boshqaradi. 3. Xotirani ishlatilishiga ko’ra : umumiy xotirali (ajratilgan xotira), Shared Memory; lokal xotiral – har bir MP ga alohida xotira (taqsimlangan xotira) Distributed Memory. 4. Protsessorlararo almashinish uslubiga ko’ra: umumiy ajratilgan (yoki taqsimlangan) xotira orqali; xabar almashinish orqali. 5. Qo’llanilgan parallellik uslubiyatiga ko’ra tabiiy yoki vektorli parallelizm (vektorli va matritsali hisoblash tizimlarida); mustaqil tarmoqlar parallelligi (“yirik” parallellik, simmetrik ko’pprotsessorli tizimlarda – SMD); №1 | 2022 13 “mayda”parallellik (MIMD da, umumliy parallel tizimlarda); Aralash amallar parallelligi (Instruction Level Parallelism – ILP) uzun so’zli komandali mashinalarda VLIW ha b. 6. Ma’lumotlarni yuklаsh shakliga ko’ra: Ketma-ket yuklash (ketma-ket kod bilan,bitli tartibda); Parallel yuklash (so’zli tartibda); Aralash tartibda[9]. 7. Aloqa tizimi bo’yicha To’liq aloqa tipli (har bir MP barcha MP bilan bog’langan); Ajratilgan kommutator tipli; Umumiy shina tipli; Chiziqli yoki matritsali massiv shaklida (o’zaro yondosh MP lar bog’lanishi); Giperkub tipli (yondosh MP lar bog’langan, lekin massiv ko’p o’lchamli – 3,4, va h.k); Ulanish konfiratsiyasini o’zgartirish mumkin bo’lgan parallel mashinalar; Dasturlanadigan kommutatorlar[6]. 8. Ulanish tizimi murakkabligiga ko’ra: Ulanish zanjiri (tarmog’i) ga ko’ra – bir darajali ulanish; Klasterli ulanish – bir guruhga ulangan mashinalarning ulanish sxemasi ushbu guruhlar o’zaro ulangan sxemadan farqli bo’lganda. 9. Hisoblash tarmoqlarining taqsimlanganligi bo’yicha: Lokal hisoblash tarmoqlari; Hisoblash komplekslari – kuchli bog’langan (umumiy xotira orqali almashinish) va kuchsiz bog’langan (xabar almashish orqali); Klasterli arxitektura (hisoblash kompleksi varianti sifatida); Taqsimlangan hisoblash komplekslari, jumladan hisoblash mashinalari tarmoqlari va taqsimlangan klaster tizimlar [10]. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamonaviy ko’p yadroli hisoblash mashinalari ham parallel hisoblash tizimlari turkumiga tegishlidir. Download 486.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling