Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat
Download 0.65 Mb.
|
3 (Mustaqil ish) Achilova Komola Taxirovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI Mustaqil ish Fan: Optik aloqa liniyalari Bajardi: Achilova Komola O’qituvchi: Tursimuratov.S.S Toshkent 2022 Mavzu: Optik tola va kabellar, ularning turlari, tavsif va parametrlari Reja: Optik tolali kabellar haqida umumiy ma`lumotlar Bir va Ko`p modali optik kabellar Optik tola kabel turlari Optik tola kabellarining ishlatilish soxalari va parametrlari afzalliklari va kamchiliklari Foydalanilgan adabiyotlar Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni ma’lum masofalarga uzatishga mo‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik signallar tarqaladigan uzatish muhitiga bogiiq holda OAT ochiq optik aloqa tizimi va tolai optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi. Optik tolali uzatish liniyasi (OTUL - tasdiqlangan nom) - passiv va faol elementlardan tashkil topgan, optik (odatda infraqizil ranga yaqin boʻladi) diapazondagi ma’lumotlarni uzatish uchun moʻljallangan optik tolali tizimdir. TОА tizimidа орtik tеbrаnishlаrni tаrqаlishini chеgаrаlоvchi vа yorug’lik enеrgiyasi оqimini bеrilgаn yo’nаlishdа yo’nаltiruvchi, uzаtish vа qаbul qilish qismlаrini bоg’lаb turuvchi muhit орtik tolalаr dеyilаdi. Oрtik tоlа o’zаk vа qоbiqdаn ibоrаt bo’lаdi. Ulаr qiymаt bo’yichа bir-birigа yaqin turli sindirish ko’rsаtkichlаrigа egа. O’zаk uzаtuvchi muhit, qоbiq esа o’zi vа o’zаk оrаsidа chеgаrа хоsil qilаdi. Bu chеgаrа yorug’likni yo’nаltiruvchi fizik kаnаlni shаkllаntirib, u оrqаli signаl uzаtilаdi. Optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda nurlanish tarqaladigan uzatuvchi muhit — optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflarini hisobga ohsh kerak. TOATda maxsus optik yorug‘lik uzatkichlar — optik tolalar (OT) qo'llaniladi. Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik yorug‘lik uzatkichlar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan. Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi. Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqahshini ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: n1,>n2>n3>n0, bunda: n1 — o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi; n2, n3 — qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari; n0 — tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling