Iste’dod. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 23.05 Kb.
|
Abdug`affor Rasulovning “Istedod va etiqod” asarida Ozod Sharafiddinov xarakteri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar. Abdug`affor Rasulov hayoti va ijodi
Mavzu: Abdug`affor Rasulovning “Istedod va etiqod” asarida Ozod Sharafiddinov xarakteri Reja: Abdug`affor Rasulov hayoti va ijodi. Abdug`affor Rasulovning “Istedod va etiqod” asarida Ozod Sharafiddinov xarakteri Iste’dod. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Abdug`affor Rasulov hayoti va ijodi Abdug‘afur Rasulov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan arbob. Abdug‘afur Rasulov 1937 yil 1 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1970 yia dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970-1971 yillar ToshDU talabalar va aspirantlar kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan. 1979 yil Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan. 1996-1998 yillar O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 2002 yil “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi” mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. 2004 yil professor ilmiy unvonini olgan va 2004 yildan O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi professori hisoblangan. Abdug‘afur Rasulov — sadoqatli va e’tiqodli shogird. Tanqidchilikda chuqur bilim va iste’dodi, halol va to‘g‘riso‘zligi bilan ustozining ishonchini oqlagan olim. U o‘z kasbining tanqidchilikning jonkuyari sifatida shakllandi. 1985 yil chop etilgan “Tanqidchilik ufqlari” kitobidan tortib "Ilmi g‘aribani ko‘msab" (1998) nomli risolasigacha bo‘lgan izlanishlarida tanqidchiligimizni o‘zining chuqur ilmiy o‘zaniga burish harakati yaqqol seziladi. Sharq adabiyotshunosligidagi talqin ilmi haqida fikr yuritib, tanqidchilikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi zaruriyat ekanligini ilmiy asoslab beradi. Bu ilmiy fikrlar yanada sayqallanib, boyitilib, jahon adabiyotshunosligidagi ilg‘or nazariy qarashlar va tushunchalar bilan qo‘shilib olimning “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida tahlil va talqin muammosi” (2002) nomli doktorlik tadqiqotida o‘zining mantiqiy yakunini topdi: Abdug‘afur Rasulov tanqid nazariyotchisi sifatida e’tirof etildi. Nihoyat, 2006 yilda domlaning "Tanqid, talqin, baholash" nomli kitobi nashrdan chiqqan. Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She’riyat yurak sadosi bo‘lganidan ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she’rni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz surur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir she’rni o‘qib xayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz. Shoirlik o‘sha tuyg‘ularning tabiiyligi va haqqoniyligiga she’rxonni ishontira olishdir. Ishontira olish qobiliyati iste’dodning ibtidosi. * * * Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam «men baxtliman» deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, baxtim yetarli, degan emas. Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt. * * * Bu olamda yo‘qotishlar ichidagi eng og‘ir yo‘qotish insonning o‘zligini yo‘qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e’tiqod bilan, ishonch bilan tirik va butun. O‘zlikni yo‘qotmoq ana shu olamdan judo bo‘lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning — ustunlarning sinmog‘idir. * * * Kishiga dunyoni ko‘rmoq uchun ko‘z berilgan, uni eshitmoq va sezmoq uchun quloq va sezgilar berilgan. Olamni bilish uchun esa odamzodning tafakkuri bor. Inson dunyoga kelib dunyoni bilishga intiladi. Ko‘z bilan ko‘rish uchun mashaqqatlar chekib olam kezadi, ohanglarni eshitish, zavqlana bilish uchun musiqa o‘rganadi. O‘tmishu bugunni yorqinroq tasavvur etish, ertani xayol bilan qamrash uchun bolalikdan yillab mehnat qilib savod o‘rganadi, kitob o‘qiydi, Chunki kitob insonga Alloh tomonidan mo‘‘jizadek hadya etilgan tafakkurni yorituvchi mash’aldir. * * * Iste’dod — bu avvalo did, yaxshi did egasi bo‘lish qobiliyati, deguvchilar ham bor. Iste’dod — bepoyon tushuncha. U ta’rifga siqqanda edi, uni ma’lum xususiyatlar doirasida chegaralash mumkin bo‘lganda edi, odamlar yo‘q iste’dodni tarbiyalab bor qilgan bo‘lardilar. Gorkiy, iste’dodning 99 foizi mehnat deganini tug‘ma iste’dodi bo‘lmagan odam mehnat bilan chinakam shoir yoki bastakor bo‘lishi mumkin deb tushunmaslik kerak. Har qalay 99 degani yuz emas. Suv normal sharoitda yuz gradusda qaynaydi. 99 gradus isigan suv — qaynagan suv emas. Fors tilida qaynashni «jo‘shidan» deydi. Ya’ni jo‘shmoq. She’riyat ham jo‘shmoqdir. Jo‘shmoq uchun esa 99 foizdan tashqari o‘sha kamtarin bir foiz — ya’ni tug‘ma iste’dod kerak. * * * Tog‘ning ulug‘ligini tasavvur qilmoq uchun undan uzoqlashish kerak bo‘lganidek, buyuk tarixiy voqealarning haybatini rostmana his etish uchun ma’lum vaqt masofasi lozim bo‘ladi. Hozirjavoblik adibning yaxshi fazilati. Lekin u adabiyotning belgilovchi sharti emas. Zamonaviylikning o‘zi ham bu kungi hayotimizni aks ettirishgina bo‘lmay, zamonamizga munosib badiiyatki ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchi uchun avtorning yoshu qarisi, unvonli, unvonsizi yo‘q. U hamisha yozilgan satrlarga qarab muallifga o‘z munosabatini bildiradi: yo qalbiga jo qiladi, yo unutadi, yo‘qlikka mahkum etadi. * * * Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa — bundan ulug‘ baxt yo‘q. Har bir aytgan so‘zing, ishing o‘zingning xohishingga muvofiq bo‘lsa — eng katta baxt shu. Aksincha, insonning o‘z ichki intilishlari, qalbi, e’tiqodi, so‘zi bilan ishi o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu — inson uchun juda katta baxtsizlikdir. * * * Shoirlikning «qora ishi»ni ko‘z oldiga keltirmay, bu nomning o‘ziga, obro‘ va shuhratiga qiziqib she’riyat maydoniga intilganlar xato qiladilar. Ko‘pincha bunday xato juda qimmatga tushadi. Xato qilgan odam uchun ham, she’riyat uchun ham. Shu sababli «yoshlarga g‘amxo‘rlik» deganda faqat ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘g‘ini bor qilib ko‘rsatish emas, balki ularga rost gapni aytish, yanglishishdan qaytarish ham tushuniladi. Ovozi yo‘q odam hofiz bo‘lolmaydi, musiqani eshitish, farqlash, anglash qobiliyati yo‘q odam bastakor bo‘lolmaydi. Lekin ikki satrni bir-biriga juftlash, savodli yozish qobiliyati bo‘lgan har bir fuqaro shoirlik, yozuvchilik da’vo qilishi mumkin. Bizning savodxon asrimizda, ayniqsa, adabiyotda iste’dod bilan havaskorlikni ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Xulosa. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek professonal adabiy tanqidchiligiga tamal toshini qo‘ygan Otajon Hoshimov haqidagi maqolasi ham xarakterlidir. Maqolada munaqqidning hayoti, ijodi, taqdiri qalamga olingan. Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarining nufuzli oliy dargohlarida tahsil olgan, Osfald kabi sharqshunos olimlar nazariga tushgan Otajon Hoshimov 20-yillarning o‘rtalarida adabiyotga kirib kelgan, 30-yillardayoq ilmiy jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. Otajon Hoshimov hayoti va ijodining murakkab, ziddiyatli tomonlari, ilk adabiy-tanqidiy maqolalari, O‘zbekiston adabiyoti, madaniyatini yuksaltirishdagi xizmatlari Ozod Sharafiddinov tomonidan keng qamrovli tahlil qilinadi. Munaqqid Otajon Hoshimovning “Dialektika va dialektika usulida o‘ylash”, “Adabiy meros va Chig‘atoy adabiyoti” maqolalarini, folklor bo‘yicha tadqiqotlarini zukkolik bilan tahlil nazaridan o‘tkazadi. Foydalanilgan adabiyotlar : Sharafiddinov O.Sheʼriyat — qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000. Download 23.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling