Iste’mol bozorida tovarlarning narxlar darajasini aniqlash yuzasidan narxlar kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hududiy statistika organlarining xodimlari uchun qo‘llanma


-§. Bozorlardagi narxlar kuzatuvi


Download 217.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi217.46 Kb.
#1488188
1   2   3
Bog'liq
4-qaror-m-umarov-uzb

2-§. Bozorlardagi narxlar kuzatuvi 
14. Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, mazkur kuzatuv 
har haftaning chorshanba kuni, respublikaning bozorlarida mavjud barcha tuman
va shaharlarida o‘tkaziladi.
15. Narx registratori kuzatuv o‘tkazish kunida, tanlanmaga tushgan 
bozorlarga tashrif buyuradi hamda tovarlar ro‘yxatidagi har bir mahsulot bo‘yicha 
ushbu mahsulot sotiladigan barcha savdo rastalaridagi narxlarni o‘rganib chiqib, 
mahsulotning turli narx darajalaridan eng ko‘pida 10 tasini planshetda qayd etadi. 
Bunda, narx registratori kuzatilayotgan mahsulotning turli narx darajalarini qamrab 
olishga e’tibor qaratishi lozim. 
16. Mavsumiy omillarga ko‘ra savdoda kuzatilmagan mahsulotlar bo‘yicha 
planshetlarga “0” qiymatda narx qayd etiladi. 
17. Bozorda mahsulotning faqat bir turi yoki bir xil narx darajalari 
kuzatilgan hollarda planshetda faqat bitta narx qayd etiladi. 
18. Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika boshqarmalari 
“Tanlanma kuzatuvlar” platformasida narx registratorlari tomonidan qayd etilgan 
ma’lumotlarni tekshiradi va ular elektron ma’lumotlar bazasiga olinadi. Elektron 
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar qayta ishlanadi, tahlil qilinadi, zarur hollarda 
qo‘shimcha izohlar so‘ragan holda ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi. 
19. Tahliliy ishlar yakunlangandan keyin Statistika ishlarini ishlab chiqarish 
dasturida belgilangan jadvallar chop etiladi hamda foydalanuvchilarga yetkaziladi. 
3-§. Viloyatlarning markaziy hududlari kesimida, tayyor palovning
o‘rtacha narxlari kuzatuvi 
20. Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, mazkur kuzatuv 
oylik davriylikda, oyning 22-kuni viloyatlarning markaziy shaharlarida, tanlab 
olingan umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘tkaziladi. 
21. Palov narxlarini kuzatish uchun, asosan, keng iste’moldagi palov 
tayyorlashga ixtisoslashgan “osh markazlari” yoki palovning iste’moli yuqori 
bo‘lgan hamda palov porsiyalab sotiladigan boshqa umumiy ovqatlanish 
korxonalari tanlab olinadi.
22. Narx registratori umumiy ovqatlanish korxonalarida taklif etilayotgan
1 porsiya oshning narxini planshetda qayd etadi.



23. Davlat statistika qo‘mitasi “Tanlanma kuzatuvlar” platformasida narx 
registratorlari tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarni elektron jadvallarga 
ko‘chiradi. Elektron jadvalda viloyatlar kesimida 1 porsiya palovning o‘rtacha 
narxi va o‘tgan oyga nisbatan indeksi shakllantiriladi va foydalanuvchilarga e’lon 
qilinadi. 

Download 217.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling