- Mavzu :XXB va MHTdagi o`zaro o`xshashlik va farqlar.
- 1917 yilda sotsialistik inqilob g'alaba qozongandan so'ng er yuzida sotsialistik tizimga asoslangan davlat vujudga keldi. Dunyo ikki lagerga - kapitalistik va sotsialistik lagerga bo'lindi. Sotsialistik tizim mamlakatlarida iqtisodiyot markazdan rejali-ma'muriy boshqarishga va moddiy resurslarni markazdan taqsimot usuligi
- asoslangan. Bu tizimda iqtisodiy ishlab chiqarish negizida moddiy ishlab chiqarish yotadi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarish hisobot tizimini joriy etishni taqozo etadi. Shu sababli, bu mamlakatlarda hisobot tizimini yaratishga katta e'tibor qaratildi. Bu tizimdagi hisobot tizimi “Xalq xo'jaligi balansi” (XXB) deb ataldi. Ma'lumki, har qanday hisobot tizimi mos ravishda shu tizimning tabiatidan kelib chiqqan holda qabul qilingan siyosiy iqtisod nazariyasiga asoslanadi. XXB hisobot tizimini yaratishda metodologik asos sifatida dastlab Adam Smit tomonidan yaratilgan va keyinchalik K.Marks tomonidan rivojlantirilgan g'oyalar qabul qilingan.
- Bu g'oyaga ko'ra, iqtisodiy ishlab chiqarish deganda, faqat moddiy ne'matlarni yaratish va bu moddiy ne'matlarni iste'molchiga yetkazish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar (moddiy ishlab chiqarishni davomi sifatida) sohalari tushuniladi. Ularning fikriga ko'ra, xizmatlar ko'rsatish faoliyatlari noishlab chiqarish sohalari deb qaralib, iqtisodiy faoliyat qatoriga qo'shilmaydi. Va, xizmat ko'rsatish sohalarida milliy daromad yaratilmaydi, deb qaraladi. Xizmat ko'rsatish sohalari milliy daromadni iste'molchisi sifatida qaraladi. Bu g'oyalar asosida qurilgan sotsialistik mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga ustuvor e'tibor qaratildi va xizmat ko'rsatish sohalari ikkilamchi sohalar deb qaralib, ularning kam rivojlanishiga sabab bo'ldi.
- XXB hisobot tizimi sotsialistik tizimdagi mamlakatlarning hisobot tizimi bo'lib, u shu tizimga mos siyosiy iqtisod nazariyasi asosida qurilgan. Bu tizim sotsialistik tizim tabiatidan kelib chiqqan holda, shu tizimda bo'layotgan iqtisodiy va sotsial jarayonlarni mufassal ifodalashga qaratilgan tizimdir. 1953 yilda Birlashgan millatlar tashkilotiga (BMT) XXB tizimini xalqaro standart sifatida qabul qilish taklifi kiritildi. Lekin, BMT statistika hay'ati XXBni xalqaro standart sifatida qabul qilmadi. Bu tizim 1990 yillarning yarmigacha sotsialistik lagerdagi mamlakatlarda rasmiy hisobot tizimi sifatida amaliyotda qo'llanib kelindi.
- MHT va XXB tizimlari vazifalari bir-biriga o'xshash bo'lishiga qaramay, ular turlicha siyosiy iqtisodiy nazariyaga asoslangan tuzumlar hisobot tizimi bo'lganligi uchun ularni tuzish tartibi va ko'rsatkichlarini hisoblash konsepsiyasi bir-biridan farq qiladi. Ikkala tizim o'rtasidagi asosiy farqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- MHT XXBga nisbatan o'zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. MHTda iqtisodiy jarayonlarda qatnashuvchi barcha xo'jalik birliklarining faoliyati natijalari, ular o'rtasidagi hamma iqtisodiy operatsiyalar, ularning aktivlari va passivlaridagi o'zgarishlar to'g'risidagi axborotlar ketma-ket, bir-biri bilan uzviy bog'langan schyotlarda keltiriladi.
- Iqtisodiyotda ishlab chiqarishni, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlashni, aktiv va passivlardagi o'zgarishlarni va boshqa iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi millionlab operatsiyalar mavjud. Bu operatsiyalarning schyotlar ko'rinishida ixcham va sodda holda keltirilishi iqtisodiyotda bo'layotgan jarayonlarni tez anglashga imkon yaratadi, iqtisodiy tahlilni yengillashtiradi;
- Ikkala tizimda ishlab chiqarish konsepsiyasi bir-biridan tubdan farq qiladi. MHTda har qanday tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ishlab chiqarish sifatida hisoblanadi. XXBda esa, ishlab chiqarish sifatida tovarlar ishlab chiqarish va bu tovarlarni iste'molchiga yetkazish bilan bog'liq xizmatlargina hisobga olinadi. Natijada, xizmat sohalarining ko'p qismi (aholiga transport, aloqa, meditsina, maorif, kommunal va shunga o'xshash boshqa xizmatlar, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari xizmatlari) ishlab chiqarish qatoriga kiritilmaydi. Bu esa, mamlakatda ishlab chiqarish jarayonini qanday kechayotganligini to'la ifodalamaydi;
- MHTdagi daromad konsepsiyasi, hisoblash usuli va qamrovligiga ko'ra ХХВ tizimidagidan ancha farq qiladi. Ishlab chiqarish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda XXBda xizmat sohalari daromad yaratmaydi, deb qaraladi. MHTda esa, har qanday iqtisodiy faoliyat natijasida daromad yaratiladi;
- tarmoq va sektorlar tasnifi ham ikkala tizimda turlicha. MHTda xalqaro tarmoq va sektorlar tasnifi ishlatiladi. XXBda esa unga xos bo'lgan tarmoq va sektorlar tasnifi ishlatiladi;
- jarayonlar MHTda T-ko'rinishidagi schyotlarda, XXBda esa balans jadvallari ko'rinishida ifodalanadi;
- axborotlarni yig'ish usuli XXBda yalpi kuzatish, MHTda esa tanlab kuzatish usuliga asoslangan;
- iqtisodiy tahlil usuli XXBda reja ko'rsatkichlariga solishtirish, MHTda esa o'tgan davrlarga solishtirish usuliga asoslangan;
- ayrim ko'rsatkichlar ikkala tizimda bir xil nomlansa ham, ularning mazmuni va hisoblash usullari ikkala tizimda bir-biridan tubdan farq qiladi.
- Yuqoridagi keltirilgan asosiy farqlardan tashqari, shuni aytish lozimki, ikkala tizimda qo'llaniladigan baholar tizimi, ko'rsatkichlar tizimi tarkibi va hisoblash usullari bir-biridan katta farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |