13-chizma. Daromad wzgarishining byudjet chizig`iga ta`siri.
Wz navbatida narxning wzgarishi ham byudjet chizig`idagi turli wzgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan:
1) V tovar narxining pasayishi byudjet chizig`i burchagining wzgargan holda yangi chiziq hosil bwlishiga olib keladi (M chiziq);
2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig`i burchagining wzgargan holda yangi chiziq hosil bwlishiga olib keladi (N chiziq):
3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bwlgan yangi chiziq hosil bwladi (L chiziq).
14-chizma. Narx wzgarishining byudjet chizig`iga ta`siri.
Iqtisodiyot nazariyasida iste`molchi tanlovini wrganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta`minlanadi, deb taxmin qilinadi:
mavjud va cheklangan byudjetdan twliq foydalaniladi;
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig`ida yotishi. Iste`molchi amalda barcha daromadini iste`molga sarflamay, ma`lum qismini kelgusidagi iste`molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig`idan chapda yotsa – uning twliq sarflanmaganligini, wngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
Ikkinchidan, tanlangan iste`mol tovarlari twplami eng ma`qul kwrilgan kombinatsiyada bwlishi lozim.
A
S
D
F I3
I2
I1
0 B
|
Do'stlaringiz bilan baham: |