Iste’molchi talabi va unga ta’sir etuvchi omillar iste’mol va unga ta’sir e’tuvchi omillar mundarija
Download 90.53 Kb.
|
Iste’molchi talabi va unga ta’sir etuvchi omillar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Iste’molchi talabi va unga ta’sir etuvchi omillar Alldata
Kurs ishi
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar (un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olish uchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi. Manashu kabi ko’plab masalalar iste’mochining talabi, uning daromadlari va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga undaydi. Bularning barchasi amaliyotda faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlaydi. Shu sababli ham mamlakatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev “Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo’lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo’lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo’lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o’tishimiz shart. Yagona yo’limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo’l yo’q. Biz boshlagan islohotlarimizni qatʼiy davom ettiramiz va ular albatta o’zining ijobiy natijasini beradi” deya e’tirof etganlar1. Bozor iqtisodiyotining amal qilishida nafaqat talab va taklif qonunlari, balkim iste’molchi talabi hamda unga ta’sir etuvchi omillar ham muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqish lozim. Shuningdek, talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o’rnatilishini o’rganish. Bunuda talab va taklif qonunlari, iste’molchi talabi, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni o’rganishga alohida e’tibor berish zarur. Yuqorida bildirilgan fikrlar va qarashlar ushbu kurs ishining amaliy ahamiyatini yoritib beradi. Download 90.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling