Iste’molchi talabi va unga ta’sir etuvchi omillar iste’mol va unga ta’sir e’tuvchi omillar mundarija


Download 90.53 Kb.
bet4/16
Sana06.11.2023
Hajmi90.53 Kb.
#1752280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Iste’molchi talabi va unga ta’sir etuvchi omillar-fayllar.org

2-rasm. Talab egri chizig’i6
Talab qonunining amal qilishi quyidagi sabablar orqali izohlanadi:
1) har qanday narx iste’molchi uchun to’siq vazifasini o’taydi. Iste’molchilar ma’lum bir tovarni uning narxi past bo’lsa, ko’proq sotib ola boshlaydi. Iste’molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi to’siq sifatida namoyon bo’ladi. Bu to’siq qancha yuqori bo’lsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste’molchining xarid qilish istagini so’ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi.
Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p bo’lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.
Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin.
2) almashuv samarasining amal qilishi. Ayrim holatlarda tovar narxining pasayishi natijasida iste’molchining, boshqa tovarlar xarid miqdorini qisqartirmagani holda, ushbu tovarni oldingiga nisbatan ko’proq miqdorda sotib olish imkonining ‘aydo bo’lishidir. Boshqacha aytganda, tovar narxining pasayishi iste’molchi pul daromadining xarid quvvatini oshiradi, buning natijasida u oldingiga ko’ra ko’proq tovar sotib olish imkoniga ega bo’ladi.
Almashuv samarasi – muayyan tovar narxining pasayishi bilan boshqa tovarlar narxining nisbatan qimmatlashuvi natijasida ular iste’molini arzon tovar hisobiga almashtirish imkonining ‘aydo bo’lishidir.
3) keyingi qo’shilgan miqdor nafliligining pasayib borishi qonunining amal qilishi.
Ma’lumki, tovarlar o’zida qandaydir naflikni mujassamlashtirgani uchun xarid etiladi va iste’mol qilinadi. Tovarning turli miqdorlari iste’mol qilinganda, ular keltiruvchi umumiy naflilik oshsada, keyingi qo’shilgan birlik keltiruvchi naf doimo pasayib borish tendenstiyasiga ega bo’ladi. Shunga ko’ra, tovarning navbatdagi birligini sotib olish, uning narxi pasaygan taqdirdagina nafli hisoblanadi.
Yuqoridagi tamoyillarning amal qilishi pirovardida yagona natija – talab qonunining amal qilishiga, ya’ni tovar xaridi hajmi o’zgarishini uning narxi o’zgarishiga teskari yo’nalishda borishiga sabab bo’ladi.


Download 90.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling