Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
8-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari
130. Elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari mazkur Qoidalar talablarini qondirishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. 131. Elektr tokidan jarohatlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda hamda xonalar tashqarisida I toifaga mansub bo‘lgan elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlashga elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan xodimlarga ijozat beriladi. Tarmoqqa yordamchi uskunalarni (transformatorlar, chastota o‘zgartirgichi, himoya — o‘chirish qurilmalari va shunga o‘xshashlarni) ulash va uni o‘chirish III guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi kerak. 132. Xonalar elektr tokidan jarohatlanish xavfining darajasi bo‘yicha turiga qarab, elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalarining quyidagi toifalari qo‘llanilishi lozim: I toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyada (qurilish — montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish bundan mustasno). I toifali elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlanganda, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Agar I toifali elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasi faqat bitta bo‘lib, u ajratuvchi transformatorga, avtonom dvigatel-generator qurilmasiga yoki chulg‘amlari ajratilgan chastota o‘zgartirgichga, yoki himoya o‘chirish qurilmasi orqali ulangan bo‘lsa, himoya vositalaridan foydalanilmasdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin; II va III toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyaning barcha hollarida, ammo qurilish-montaj ishlarini tayyorlash va bajarishda yuqori xavfli sharoitli xonalarda va xona tashqarisida ishlatilishi mumkin. II va III toifali mashinalarni, individual himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlatish mumkin. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda va unga tayyorgarlik ko‘rishda II toifali elektr asbob-uskunalari va elektr mashinalari bilan individual himoya vositalari yordamida ishlash shart bo‘lgan hollar bundan mustasno; III toifali — haddan tashqari noqulay ishlash sharoitlarida (idishlar ichida, apparatlar va boshqa metalldan yasalgan, operatorning chiqishi va yurishi chegaralangan sig‘imlarda), shuningdek, qurilish-montaj ishlari va ularga tayyorgarlik haddan tashqari xavfli sharoitlarda bajarilganda ishlatilishi mumkin. Bunday sharoitlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun III toifali qo‘l elektr mashinalari va asbob-uskunalaridan faqat individual himoya vositalarini qo‘llagan holda foydalanishga ruxsat etiladi. Qo‘l elektr mashinasi yoki III toifali asbob-uskuna bo‘lmagan taqdirda, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs bir dona I va II toifali mashina yoki asbob-uskunani qo‘llashga ta’minot avtonom dvigatel-generator qurilmasidan, ajratuvchi transformatordan, chulg‘amlari bo‘lingan chastota o‘zgartirgichdan bo‘lganida yoki himoya o‘chirish qurilmasi mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishi mumkin. 133. Yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda ishlanganda, kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichidan foydalanish zarur. O‘ta noqulay sharoitlarda ishlanganda, kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichlari ishlatilishi kerak. Kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan yoritkichlarning elektr manbalari sifatida pasaytiruvchi transformatorlar, mashinali o‘zgartirgichlar, generatorlar, akkumulyator batareyalari ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun avtotransformatorlardan foydalanish taqiqlanadi. 134. Qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari va elektr asbob bilan ishlashdan oldin quyidagilar bajarilishi zarur: ularning butunligini va detallarining mahkamlanganligini tekshirish; shtepsel vilkasi, kabel (shnur), uning ustki himoyalovchi qobig‘i yaroqli ekanligini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish; korpusning izolatsiya detallarini, tutqichni va cho‘tka tutqichning qopqog‘i butunligini tekshirish, himoyalovchi g‘iloflar borligini va ularning yaroqli ekanligini ko‘zdan kechirib chiqish; o‘chirgichning aniq ishlashini tekshirish; salt yurishda ishlashni tekshirib ko‘rish; I toifali mashinalarda bundan tashqari (shtepsel vilkasidagi yerga ulovchi kontakt bilan mashina korpusi orasidagi) yerga ulash zanjirining sozligini tekshirish. Nuqsoni bo‘lgan qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari, elektr asboblari va ularning yordamchi uskunalarini ishlatish uchun berish man etiladi. 135. Elektr asboblari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l yoritkichlaridan foydalanilganda, ularning kabellari yoki simlari iloji boricha osib qo‘yilishi lozim. Kabel va simlarni issiq, nam va moylangan metall yuzalarga yoki jismlarga bevosita tegib turishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Biror nosozlik aniqlanganda, qo‘l elektr mashinalari yoki qo‘l elektr yoritkichlarini ishlatishni darhol to‘xtatish kerak. 136. Qo‘l elektr mashinalari, elektr asboblari, qo‘l yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan o‘tkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni sinovdan o‘tkazish maxsus shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 137. Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek bo‘lsa yoki ishdagi tanaffuslarda, elektr asbob-uskunasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak. 138. Elektr asbob-uskunalaridan va qo‘l elektr mashinasidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: a) qo‘l elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga bo‘lsa ham, boshqa shaxslarga berib turish; b) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va o‘zboshimchalik bilan biron bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasining o‘zidagina emas, balki uning shtepsel ulagich simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish; v) qo‘l elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga tegish; g) qo‘l elektr mashinasi to‘liq to‘xtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qo‘l bilan tozalash; d) tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam havoza yoki taxta tushama barpo etilishi lozim; e) qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga o‘xshashlar ichiga ko‘chma transformatorlarni va chastota o‘zgartirgichlarni olib kirish; j) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulangan holda nazoratsiz qoldirish. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling