2. Quritish barabanlarini ishlash samaradorligini oshirish bo`yicha nazariy va amaliy shakllari


Download 344.5 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi344.5 Kb.
#1553137
  1   2   3

2. Quritish barabanlarini ishlash samaradorligini oshirish bo`yicha nazariy va amaliy shakllari.
2.1.Paxta tozalash korxonalarida paxtani quritish va tozalash holatini o`rganish.
Dissertatsiyaning 1-bobida qayd etilganidek respublika paxta tozalash korxonalarida V2СБ-10 va СБО nufuzli quritish barabanlari ishlatilmoqda.
Paxtani quritishda xorijiy quritgichlardan asosan minorali quritgichlar bo`lib, ularni respublika korxonalarida ishlatish tajribasi quritish samaradorligi past bo`lib, 1,5-2 % dan oshmasligini ko`rsatadi. Shu sababli bir qator xorijiy texnikalar va texnologiyalar bilan jixozlangan paxta tozalash korxonalarida ham mahalliy va barabanli quritkichlardan foydalanilmoqda.
Paxtani quritish barabanlari bo`ycha juda ko`p tadqiqotlar o`tkazilgan bo`lsada, unda paxta titilishini maksimal bo`lishi, baraban yuzasi va hajmidan maksimal foydalanish masalasi to`liq yechilmagan, tozalash imkoniyatlaridan foydalanish to`liq emas.
СБО quritish barabanida ifloslik shnegini tozalash va joriy tamirlash qiyinligi, tozalash seksiyasidagi turli yuza teshiklariga paxta va ifloslik bo`laklari tiqilib qolishi, tozalash uskunasini samaradorligi kam ekanligi uni tez yeyilib ketishi sababli bazi korxonalarda barabanlarning tozalash seksiyasi olib tashlangan. Mavjud СБО quritish barabanlari esa deyarli to`rli yuzalari tozalanmasdan ishlashi natijasida ularni tozalash samaradorligi past bo`lmoqda.
Biz korxonalarda paxtani quritishda ishlatiladigan barabanlarning samaradorligi ­­­­­va paxta namligini texnalogik jarayonlardagi holati o`ranildi. Taxlillar Buka, Sirdaryo Bek klasster, O`zbekiston Do`stlik paxta tozalash korxonalarida o`tkazildi. Buning uchun korxonalarda har 2 soatda paxtani dastlabki ishlashda labaratoriyalarda sinalgan paxta namligi va iflosligi bo`yicha malumotlardan foydalandik. Taxlillar natijasi 2.1.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvallarda ko`rinib turibdiki paxtani texnologik jarayonlarda namligi texnologik reglament talabi (8-9 %) dan aksariyat hollarda yuqori va shu sababli tozalash samardorligi past.
Quritish barabaniga bug`langan issiq havo temperaturasi texnologiya reglamenti talabidan past natijada barabanlarda paxtadan namlig ajralish yetarli emas. Buni sababi yoqilgqi muammosi bilan bog`liq bo`lib, gaz yoqilg`isidan foydalanganligi sababli paxta past temperaturada yaxshi qurimaydi.
Paxtani boshlang`ich iflosliklari 6,1 % dan 40,2 %gacha o`zgarib ularni bir xil texnologiya jarayonida tozalash samaradorligini yetarli darajada bo`lishini taminlash murakkab masala hisoblanadi. Natijada yuqori ifloslikka ega bo`lgan paxtani tozalab, ulardan yuqori sinf tola olish qiyin bo`ladi.
Tozalangan paxtani iflosligini taxlili ham ularni texnologik reglament talabi meyoridan yuqori ekanligini ko`rsatdi. Bunday holatda paxtadan qo`shilgan tola sinfini olish murakkab vazifaga aylanadi.
Qo`l terim paxtada qo`lda terilgan paxta iflosligi texnologiya reglament talabiga asosan javob bersada, mashinada terilgan paxtada umuman ifloslik miqdori yuqori.


Paxta tolasi korxonalarida qo`lda terilgan paxtani quritish va tozalash holati
2.1.1-jadval


T/r

Paxtani seleksiya va sanoat navi,sinfi

Terim turi

Paxta namligi

Quritish temperaturasi, oC

Paxta iflosligi

Tozalash samaradorligi

Jin Tarnovidagipaxta iflosligi meyori

Boshlang`ich

Jin tarnovida

Boshlan-g`ich

Jin tarnovida


C65-24, 1/2

q/t

12.9

8.0

134

8.9

1.3

85.4

1.5


C65-24, 1/2

q/t

8.6

7.5

120

7.7

1.2

84.5

1.5


C65-24, 1/2

q/t

8.9

7.1

180

7.0

1.2

82.9

1.5


C65-24, 1/2

q/t

15.2

8.1

170

7.6

1.2

84.2

1.5


C65-24, 1/2

q/t

14.5

9.2

175

6.1

1.2

80.3

1.5


Sulton 2/2

q/t

10.3

8.1

160

8.3

1.6

80.3

1.5


Sulton 2/2

q/t

12.5

9.4

140

7.7

1.7

77.9

1.5


Sulton 2/3

q/t

14.4

10.0

130

79.3

2.5

88.6

2.4


Sulton 2/3

q/t

9.8

8.4

104

7.1

1.1

84.5

2.4


An-bayovut 3/2

q/t

13.2

10.5

142

10.5

1.4

86.7

1.8


An-bayovut 3/2

q/t

18.8

12.9

153

28.3

4.6

83.7

1.8


Sulton 3/2

q/t

11.9

6.5

90

8.1

1.2

86.5

1.8


Sulton 3/2

q/t

13.0

10.5

130

10.6

1.8

83.0

1.8


An-bayovut 4/2

q/t

21.0

12.6

200

35.8

3.3

90.8

2.4


An-bayovut 4/2

q/t

20.0

9.3

210

33.5

4.2

87.4

3.6


Sulton 4/2

q/t

14.8

12.5

135

14.7

2.1

85.7

2.4


Sulton 4/2

q/t

17.4

14.0

122

19.7

3.5

87.0

3.6


Sulton 4/2

q/t

18.6

14.1

140

34.6

3.9

88.7

5.0


An-bayovut 5/2

q/t

21.3

9.9

200

36.0

4.3

88.1

5.0


An-bayovut 5/2

q/t

23.4

13.6

200

40.2

4.3

87.4

5.0


Paxta tozalash korxonalarida terilgan paxtani quritish va tozalash holati.
2.1.2-jadval

t/r

Paxtani seleksiya va navlari

Paxta namligi %

Quritish temperaturasi oC

Paxta iflosligi

Tozalash samaradorligi

Jin ntarnovida paxta iflosligi meyori %

sinfi

Boshlang`ich

Jin tarnovida

Boshlang`ich

Jin tarnovida

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20

Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
Sulton 2/2
-
-
-
-
-
-
-
-
-

9.5
10.6
12.1
11.4
9.5
15.7
19.3
15.6
14.6
13.4
20.8
21.4
17.6
18.5
17.1
16.8
12.5
19.1

9.0
8.7
10.8
10.1
7.9
8.5
9.8
11.5
13.5
12.6
10.7
10.8
9.8
9.1
9.6
10.3
9.6
9.8

148
127
75
95
134
200
117
100
88
100
200
200
195
181
171
205
200
200

7.8
8.7
11.6
11.5
10.0
19.7
19.4
14.8
13.8
17.5
43.0
44.7
42.3
38.5
37.5
37.6
37.4
38.7



1.7
1.6
2.2
2.4
2.3
3.9
3.6
3.0
3.2
3.4
2.7
7.2
7.87
5.58
5.24
6.99
6.58
7.55

78.2
81.6
81.0
79.1
11.0
80.2
81.4
79.9
75.4
84.6
83.2
82.4
85.4
86.8
86.4
81.4
82.4
80.5



1.5
1.5
2.4
2.4
2.4
2.4
2.4
1.5
1.5
1.5
1.5
1.5
2.4
2.4
2.4
2.4
2.4
2.4

Oddiy
Oddiy
Iflos
Iflos
Iflos
Iflos
Iflos
Oddiy
Oddiy
Oddiy
Oddiy
Oddiy
Iflos
Iflos
Iflos
Iflos
Iflos
Iflos
































Qo`lda va mashinada terilgan paxtalarni dastlabki ishlash, yani quritish va tozlassh jarayonlarini taxlili mshinada terilgan paxtani boshlang`ich namligi va iflosligi yuqori ekanligi ularda paxta tolalari namligi va ifloslikdan tozalanayotgani, natijada samaradorligi past bo`lib, paxtadagi ifloslik yuqori ekanligini ko`rish mumkin.


Tozalangan paxtadagi qoldiq ifloslik qo`l terimida 1,1 % dan 4.3% gacha, mashina terimida esa 1,6 % dan 7,87% gacha ekanini ko`rishimiz mumkin.
2.1.3-jadvalda paxta tolasining “paxta tolasi teexnik shartlar” O`zDst 604:2016davlat standartida belgilangan sinflari bo`yicha ko`rsatkichlari, 2.1.4-jadvalda esa paxtadan chiqariladigan tolaning kutilayotgan sinflari berilgan.
2.1.3-jadvalda
Paxta tolasining sifatlaribo`yicha ko`rsatkichlar

Sanoat navi

Paxta tolasining sinflari bo`yicha nuqsonlar va iflos aralashmalarning massaviy ulushi meyorlari, % da ko`pi bilan

oliy

yaxshi

o`rta

oddiy

iflos


2.0

2.5

3.0

4.0

5.5


2.5

3.5

4.5

5.5

7.0


3.0

4.0

5.5

7.5

10.0


4.5

6.0

8.5

10.5

14.0


6.5

8.5

10.5

12.5

16.0

2.1.3-jadvaldan ko`rinib turibdiki barcha paxta navlaridan oliy va yaxshi sinf tola olish imkoniyati mavjud. Buning uchun ishlab chiqarilgan tola tarkibidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar yig`indisi standardda berilgan meyorlardan kam bo`lishi kerak yani,


НT +CT ≤ЦТ
Bunda, НT-toladagi nuqsonlar, CT- iflos aralashmalar, ЦТ – nuqson va iflos aralashmalar standartda qo`yilgan me`yorlar.
Bunda CT miqdorini kamaytirish uchun tozalash samaradorligini ashirish kerak bo`ladi.
Paxtani tozalash samaradorligini aniqlashformulasini yozsak:
(2.1.1)

Bunda C1 va C2- paxtaning boshlang`ich va jinlash jarayonidagi ifloslik, %
2.1.4-jadvalda paxtani navi, iflosligiga qarab toladabi nuqson va iflosliklar miqdorivva olinadigan tola sinflari keltirilgan. Undan ko`rinib turibdiki qiyin tozalangan paxta I-II navdan va 2-sinf paxtadan faqat oddiy, 3-sinf barcha nav paxtalarda iflos sinf tola olish rejalashtirilgan yani, oliy sinf tola olish ham rejalashtirilmagan. Bu albatta to`g`ri emass barcha nav va sinf paxtalardan oliy va yaxshisinfli tola olishga harakat qilish kerak.
O`tkazilgan tajriba variantlarida esa paxta paxta tozalash korxonalarida mavjud holat bundan ham yomon ekanligini ko`rsatadi. Barcha nav va sinf paxtalardan faqat oddiy vaiflos sinfli tolalar olingan. Agar tola sinflari o`rtasidan harit narxini 1-1,5 mln. so`m ekanligini inobatga olsak bu , bu albatta katta iqtisodiy yo`qotish hisoblanadi. Bu holatni tekshirish uchun paxtani quritish va tozalash samaradorligini oshirish kerak bo`ladi.
Paxtaga tavsiya etilgan ish tartibida dastlabki ishlash berishda ishlab chiqarildigan tolaning qo`shiladigan sifati. 2.1.4-jadval

Paxta

Tola

Yaxshi tozalanadigan paxta navi

Qiyin tozalanadigan paxta navi

Sinfi

Navi

Dastlabki ifloslik

Iflos aralashmalarni vazniy ulushi, %

Navi sinfi past emas

Iflos aralashmalarni vazniy ulushi, %

Navi sinfi past emas

1

I
II
III
IV

3.0
5.0
8.0
12

2.0
2.5
4.0
6.0

I oliy
II-oliy
III-yaxshi
IV-yaxshi

2.5
3.5
5.5
8.5

I-yaxshi
II-yaxshi
III-o`rta
IV-o`rta

2

I
II
III
IV

10
10
12
16

2.5
3.5
4.0
6.0

I-yaxshi
II-yaxshi
III-yaxshi
IV-yaxshi

4.0
5.5
7.5
10.5

I-oddiy
II-oddiy
III-oddiy
IV-oddiy

3

I
II
III
IV
V

16
16
18
20
22

3.0
4.5
5.5
8.5
10.5

I-o`rta
II-o`rta
III-o`rta
IV-o`rta
V-o`rta

5.5
7.0
10.0
14.0
16.0

I-iflos
II-iflos
III-iflos
IV-iflos
V-iflos


2.2.Quritish barabanlarini ishlab chiqarish sharoitida otkazilgan sinovi. Ma’lumki paxta tozalash korxonalarida paxta tolasini chigitidan ajratish jarayonida uning ifloslik va begona ko‘shilmalarning tola sifatiga tasir kilmasligi uchun ular quritish-tozalash va tozalash bo‘limlari ichiga o‘rnatilgan tozalash uskunalarida ajratib olinadi.


Ushbu ifloslik va begona ko‘shilmalar g‘o‘za ko‘saklarining yetilish davrida barg, shoxchalar va begona qo‘shilmalar ham quriy boshlashi natijasida, mo‘rt bo‘lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga ulashib uni ifloslashtiradi. Paxtada uchraydigan aralashmalar kelib chikishi jixatidan organik va mineral aralashmalar bo‘lishi mumkin. Organik jismlarga go‘za tupining qismlari bargi, shoxchalari, chanoq pallalari, gul barglari, xosil bandlari va boshqa o`simlik qismlari kiradi. Mineral qo‘shilmalarga tosh, qum, tuproq, kesak va xakozalar kiradi. Paxtada bo‘ladigan iflos aralashmalar o‘lchami jihatidan shartli ravishda ikki guruhga b`linadi. Mayda aralashmalar guruhiga o‘lchami 10 mm dan kam bo‘lgan va yirik aralashmalar guruhiga o‘lchami 10 mm dan katta bo‘lgan qo‘shilmalar kiradi.
Iflos aralashmalar paxtaga ilashishi jihatidan passiv va aktin xillariga bo‘linadi. Passiv aralashmalar paxta tolasining sirtida bulib, yengil silkitilganda paxtadan oson ajraladi.
Paxta tarkibida mayda iflosliklarni bo‘lishi, ayniqsa, paxtani qayta ishlash texnologik jarayonini boshlanishiga o‘rnatilgan barabanli quritgichlarida, paxta bilan birgalikda xarakatlanishi, paxtada aktiv aralashmalarning ko‘payishiga, keyingi texnologik jarayonida esa paxtadan ajralishi qiyin buladigan aralashmalarni paxtadan ajratish uchun ularni avval passiv xolatga keltirish ya’ni barabanni o‘zida hosil bo‘layotgan mayda iflosliklarni o`z vaqtida ajratib olish kerakligi bo‘yicha muammolarni xal etish, ishlab chiqarilayotgan tola tarkibidagi ifloslik nuqsonlari bo‘yicha sifatini oshirilishini taminlashga olib keladi.

Download 344.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling