Istemolchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi. Istemolchi ortiqchaligi
Download 1.04 Mb.
|
Reja Iste’molchi ortiqchaligi 2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Istemolchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi. 1.Istemolchi ortiqchaligi Biz farovon iqtisodiyotni bozor jarayonida ishtirok etayotgan xaridorlar foyda-larini o`rganishni boshlaymiz. To`lov qobiliyati Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va siz uni ishlat-maysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yo`li kimoshdi savdosi o`tkazish. Bu kimoshdi savdosida to`rt nafar Elvis Presleyning muxlislari ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun to`lashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm to`rt xari-dorlarning to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narxlar ularning to`lov uchun tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini anglatadi. Har bir xaridor al-bomni o`zining to`lov uchun tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va to`-lov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx to`lash uchun o`z tayyorligiga teng bo`lsa, xaridor sotib olishga befarq bo`lishi mumkin. Agar narx uning albomga qo`ygan bahosi bilan aynan bir xil bo`lsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand bo`lishi mumkin. Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 $ . Chunki barcha to`rt xaridorlaringiz to`lashga tayyor, narx esa tez ko`tariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz ko`proq) taklif qilgan vaqtda to`xtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan ko`proq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ to`laydi va albomni oladi. Shuni takidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi. Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? Bu o`rinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ to`lashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ to`ladi. Jon 20$ iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`ldi. Iste'molchi ortiq-chaligi bu xaridorning to`lashga tayyorligidan aslida buning uchun to`lagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi. Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlaring bozor jarayonida olgan foydasiga qarab o`l-chanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida ishtiroki natijasida 20 $ foyda oldi, chun-ki u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi 80 $ to`ladi. Pol, Jorj va Ringolar iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`lishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik qilmasdan va hech narsa to`lamasdan ketishdi. Endi biroz boshqacha misolni ko`rib chiqamiz. Siz ikkita bir xil Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida to`rt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarnining ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni reja-lashtirganmiz. Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70 $ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda to`xtaydi. Jon va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj va Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoq-chi emas. Jon va Paulning har biri iste'molchi ortiqchaligiga ega bo`lishdi, uni to`lashga tayyorligi ayiruv to`langan narxiga teng. Jonning iste'molchi ortiqchaligi 30 $ bo`ladi, Paulniki esa 10 $. Jonning iste'molchi ortiqchaligi avvalgisiga nisbatan yuqoridir u o`sha albomni ola-di, lekin buning uchun kam haq to`laydi. umumiy iste'molchi ortiqchaligi 40 $. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling