Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi
Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi.
Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik tasir ko`rsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizigini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi.
Taklif egri chizigi oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiq-chaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizigidan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P1dan P2 ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ish-lab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu tur-dagi o`sishining 2 tomoni mavjud.
Birinchisi Q1da tovarlarni past narxda P1da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq haq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng.
Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan bazi yangi sotuvchi-lar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Bozorga yangi kelayot-ganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi. Tahlildan ko`rinib tur-ganidek biz istemolchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |