Iste’molchilarning bozordagi harakati


Download 4.34 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.34 Kb.
#1538797
Bog'liq
Презентация

Iste’molchilarning bozordagi harakati

Iste’molchilarning bozordagi harakati

Reja:

Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili.

Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.

Befarqlik egri chizig‘i.

  • Iste’molchining optimal tanlovi.

Iste’molchilarning hatti harakati tahlili

1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahliliIste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.

Naflik funksiyasi

Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.

Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydaliligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.

Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.

Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.

Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.

Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.


Download 4.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling