Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati Reja: Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili


Download 65.78 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi65.78 Kb.
#1014624
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati

Ideal rasional iste’molchiHomo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqo­billarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamo­yiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.

Nufuzli narx – bu sotish hajmini o’zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish firmalar monopol vaziyat hosil qiladigan narxdir. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar yuqori narxlarda sotilishi nufuzli narxdan iborat bo’ladi. Masalan, dala hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, ohirgi nusxadagi kiyimlar kiyish yangi modeldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab iste‘mol hisoblanadi. Bu tovarlar va xizmatlarni xarid qilish qurbi nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi.
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidaga jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam sur‘atda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Bugungi kunda O’zbekiston bo’g’doy, un, paxta yog’i, meva-sabzavot, quruq mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qo’llanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi.
Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimiga quyidagi narxlar kiradi:
Ulgurji narxlar
. Shartnoma narxlar
. Chakana narxlar
Chegaralangan narxlarda - davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o’zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne‘matlar bilan eng kam darajada ta‘minlab turishda foydalaniladi.


6. Demping narx. Bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi

Download 65.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling