Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati


Download 8.83 Kb.
bet1/4
Sana05.11.2023
Hajmi8.83 Kb.
#1748744
  1   2   3   4
Bog'liq
Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati-fayllar.org


Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati

Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati

Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘­lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisob­lanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xaj­mini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z ho­xish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.

Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘r­gani­ladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi me­zon­larini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byud­je­ti­ning chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chega­rali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daro­madi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.

Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asosla­nadi:

a. Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘­rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, Bb. Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitiv­ligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.


c. To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovar­lar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi

Download 8.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling