Iste`molchilarning xulq-atvor modellari
Xaridorlar ehtiyojlarining asosiy 6 kategoriyasi
Download 164.19 Kb.
|
12-Mavzu iste`molchilarning xulq-atvor modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gedonik ehtiyojlar
- Empirik ehtiyojlar
Xaridorlar ehtiyojlarining asosiy 6 kategoriyasi:
1) fiziologik, 2) ijtimoiy, 3) ramziy(simvolik) 4) gedonik 5) kognitiv 6) empirik Fiziologik – bu ovqat, qon va h.k. Ijtimoiy ehtiyojlar biror guruhga yoki ijtimoiy birlikka mansublikka ehtiyojni qondiradi. Ramziy ehtiyojlar – iste’molchi tovar yoki xizmatdan foydalanib turib o`zini ulug`lashga harakat qilishi mumkin. Bu tovar yoki xizmatdan foydalanish o`z-o`ziga baho belgisi sifatida chiqadi va muvaffaqiyat, yutuqlar, hukmronlik va shaxsiyatning boshqa tomonlarini namoyon etadi, ya’ni ichki ruhiy holatni ko`rsatib, ular simvolik ehtiyojlar va istaklarga javob berishi mumkin. Gedonik ehtiyojlar – ko`pchilik iste’mollar ta’m, muattar hid(agar gap taom haqida ketsa) yoki tuyg`ular(agar gap xizmatlar haqida bo`lsa) evaziga rohatlanishni ta’minlaydi. Kognitiv ehtiyojlar – bu bilimga, o`rganishga(kitob, jurnal, gazeta, axborot teleko`rsatuvlar,hujjatli filmlar, axborot reklama dasturlari – bularning barchasi o`qish, tadqiqot, bilimlardagi bazaviy ehtiyojlarga murojaat etishdir) bo`lgan ehtiyojdir. Empirik ehtiyojlar – bu muayyan kutilgan emotsiya, kayfiyatni paydo qiluvchi hissiyotlarni(konsertlarga tashrif buyurish, sport tadbirlariga qatnashish) qondiruvchi ehtiyojlardir. Esda tutish lozimki, iste’mol qilish bilan bog`liq bo`lgan xohlagan olib qaralgan faoliyat bir vaqtning o`zida ko`plab yoki istaklarning barcha tiplariga javob bera oladi. Masalan, kiyim-kechak predmeti issiqlik berishi uchun sotib olinishi mumkin; kiyimda mashhur modelyerning tovar belgisi bor, ya’ni obro`yini ko`rsatish yuz beradi; u qulay bo`lishi yoki barcha ustunliklarning hosilasi, kiyimni kiyib yurishda yoqimli bo`lishligi ham bo`lishi mumkin. Zamonaviy o`zbek madaniyatida muvaffaqiyatli menejment, biznesning har bir bosqichi – maxsulot, reklama, sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish va h.k. xaridor ehtiyojini qanchalik qondirilishiga bog`liq. Har qanday firmaning muvaffaqiyati xaridorni sizning tovarni sotib olishni va to`lovni amalga oshirishni xohlashi yoki xohlamasligi bilan bog`liq. Firma xaridorlar ehtiyojlarini o`z faoliyatini rejalashtirishdan oldin bilishi zarur, ya’ni o`z maxsulotingni yaratganda o`z iste’molchingni yarat marketing tamoyiliga amal qilinadi. Xaridorlar ehtiyojlari doimiy tarzda shunday kuzatilishi va tahlil etilishi lozimki, “maxsulot” va “bozorni rivojlantirish” yondashuvlarida firma o`z raqobatchilaridan o`zib ketsin. Iste`molchi uchun avvalambor nima “qadriyat” kasb etishi va ehtiyojlari qanaqaligini tushunishdan boshlash lozim. Download 164.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling