Istemolchining iqtisodiy huquq Reja: I. Kirish


Fuqarolarning mulk huquqi


Download 124.37 Kb.
bet4/5
Sana24.06.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1653786
1   2   3   4   5
Bog'liq
istemolchining iqtisodiy huquq

Fuqarolarning mulk huquqi
Mulk huquqi har kimning o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkka bo`lgan o`z xohishiga ko`ra, o`z manfaatini ko`zlab egalik qilish, foydalanishi va tasarruf etishini anglatadi.
O`zbekistonda har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli. Bankka qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, faqatgina iqtisodiy jihatdan erkin fuqarogina haqiqiy mulk egasi bo`lib, u o`z mulkidan samarali foydalanishi va shu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir etishi mumkin.
O`zbekistonda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy vazifasi davlat mulkini xususiylashtirish orqali monopoliyaga chek qo`yish va ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo etish, mulkni haqiqiy egasiga topshirish, mulkning barcha shakllarining rivojlanishiga bir xil shart-sharoit yaratib berish va rivojlantirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish, birinchi navbatda, mulk huquqini amalga oshirish mexanizmining huquqiy asoslarini yaratish, ayniqsa, uning muhim elementi bo`lgan har kimning o`z xususiy mulkiga erkin egalik qilish tamoyilini mustahkamlash edi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining "Mulkchilik to`g`risida"gi, "Tadbirkorlik to`g`risida"gi, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi, "Dehqon xo`jaliglari to`g`risida"gi qonunlar qabul qilindi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi insonning asosiy huquqlaridan biri-mulk huquqini ham mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning 36-moddasida insonning mulk huquqi mustahkamlangan bo`lib, ushbu modda "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi" (1948-yil), "Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt" (1966-yil) va xalqaro huquqning umum e`tirof etgan normalariga asoslangan.
Mulk huquqiga oid konstitutsiyaviy normalarning rivojlanishi va uning huquqiy mexanizmini yaratishga doir bir qancha qonunlar qabul qilindi. “Fermer va dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi , "Ijara to`g`risida"gi, "Valyutani tartibga solish to`g`risida"gi, "Qimmatli qog`ozlar va fond birjalari to`g`risida"gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda ixtisodiyotning nodavlat sektori tobora rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichidagi asosiy vazifa davlat mulkining xususiylashtirilishini tezlashtirish, uni xaqiqiy mulk egasiga topshirish imkoniyatini topish, mulkdan o`z xohishi va irodasiga ko`ra davlat va jamiyat manfaatlariga mos holda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishini davlat tomonidan himoya etilishini ta`minlash hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida, ayni vaqtda, mulkning xususiy va ommaviy (davlat) shakllari mavjud. O`zbekiston Respublikasida yashovchi har qanday shaxs mulkdor bo`lish huquqiga ega. YA`ni shaxsning o`z mulkiga egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi konstitutsiyaviy qoidalar bilan ta`minlanadi.
Shaxs o`zining mulkiy huquqlarini amalga oshirishda atrof-tabiiy muhitiga va kishilar sog`lig`iga zarar yetkazmasligi kerak.
Davlat mulkdorning qo`lidagi mulkni o`zgalar tomonidan chegaralanishini taqiqlaydi.
O`zbekiston Respublikasida barcha mulkdorlarning huquq va erkinliklari himoya etiladi. Mulkning barcha shakllari daxlsiz va qonun bilan himoyalanadi. O`zbekiston Respublikasida jamg`arma omonatlari barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin. O`zbekiston Respublikasida bank omonatchilari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hisoblanadi.
Bank omonatining sir tutilishi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustaxkamlanganidek, insonlarning iqtisodiy huquqlari sirasiga kiradi. Bank tomonidan omonat sirlarini saqlashga oid munosabatlar O`zbekiston Respublikasining "Bank va bank faoliyati to`g`risida"gi, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida”gi qonunlarii bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining "Bank va bank faoliyati to`g`risida"gi Qonunining 38-moddasiga binoan moliyaviy operatsiyalarning sir tutilishi, xaridorlar va korrespondetlarning hisob omonatlarining sir saqlanishi ta`minlanadi.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling