Istemolchining iqtisodiy huquq Reja: I. Kirish


Download 124.37 Kb.
bet2/5
Sana24.06.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1653786
1   2   3   4   5
Bog'liq
istemolchining iqtisodiy huquq





Mulk huquqi
Shaxsning o`ziga qarashli mol – mulkka o`z xohishi bilan va o`z manfaatlarini ko`zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tassaruf etish, shuningdek o`zining mulk huquqini, kim tomonidan bo`lmasin, har qanday buzulishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. Fuqorolik Kodeksida - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda, mulkning o`tmushda sobiq ittifoq davrida mulkchilikka bo`lgan davlat monopoliyasiga barham berildi. FKning 167-moddasiga binoan mulk shakllari xususiy mulk va ommaviy mulkka bo`linadi. Sobiq ittifoq davridagi qonunlarda fuqarolar faqat shahsiy mulklar uy ro`zg`or buyumlari, shaxsiy istimol mollari, yodamchi xo`jalik asbob-uskunalari, turar joy, mehnat jamg`armasi bo`lishi mumkin edi. Ishbilarmonlik bilan shug`ullanishga va xususiy mulk egasi bo`lishga yo`l qo`yilmas edi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqorolik Kodeksi va O`zbekiston Respublikasining <>gi Qonuni fuqarolarning xususiy mulkka ega bo`lish xuquqini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning VII bobi <> deb nomlanib, unda bozor iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi hamda mulkdor mulkiga o`z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tassaruf etadi deb belgilangan. Lekin asosiy Qonunimizga binoan, mulkdor o`z mulkidan foydalanishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`rqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 37-moddasiga binoan har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatlimehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ekanligi, dam olish huquqi (38 modda), ijtimoiy ta`minot olish (39 modda), malakali tabiiy xizmatdan foydalanish (40 modda) huuqlari belgilangan va kafolatlangan. Inson va fuqarolarning bu huquqlari o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida o`taladigan <> fanining huquq sohalarida keng va atroflicha o`rganiladi.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling