Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro‘y berdi
Download 29.57 Kb.
|
Mavzu O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantir
Mavzu: O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASH CHORA-TABIRLARI Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog‘liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag‘batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro‘y berdi. Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib – u narxlarning o‘sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda loqaydlik qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun rag‘batlarning yo‘qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig‘imining yuqoriligi, mahsulot sifatining pastligi va xarajatlarning ko‘pligi sababli sodir bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish qiyin. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi uchun yuqori darajadagi turmush tarzini ta’minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta’minlashdir. Bugungi vaziyat ushbu yuksak maqsadni amalga oshirish uchun yetarli darajadagi optimistik yechim hisoblansada, kichik biznesni qo‘llab – quvvatlash uning obyektlaridan kelib chiqqan holda o‘zining mustaqil maqsadiga ham ega bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: ( sof raqobatchilik amaliyotini har tomonlama ko‘llab-quvvatlash; (mulkdor va tadbirkorlarning keng qatlamini shakllantirish; (fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida maksimal darajada o‘z - o‘zini shakllantirishini ta’minlash; (kichik biznesni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini va subyektlarining ustuvor faoliyat turlarini rag‘batlantirish; (resurslarni to‘plash va ularni ustuvor yo‘nalishlarda qo‘llashga ko‘maklashish; (kichik biznes subyektlarini yirik milliy iqtisodiy dastur va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mahsulot yetkazib berish va davlat extiyojlari yuzasidan tadbirlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash; O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yil 1 yanvar holatiga kichik biznesning ulushi mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlar soni bilan solishtirganda – 76.5 foizni, ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy huquqiy shakllari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda xususiy korxonalar 75,8 % ni tashkil kiladi. Mamlakatda kichik biznesning doimiy ravishda tashkil etilishi, ularni 20 tadan ortiq iqtisodiy faoliyat turlari: asosan, savdo, sanoat, kurilish, transport va aloqa, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha taqsimlanishini ta’minladi. 2019 yil 1 yanvar holatiga Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 262,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,5 % ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya’ni 60,0 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,4 mingtasi (9,6 %) Toshkent, 23,3 mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi(8,6%) Andijon viloyati hissalariga to‘g‘ri keladi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining eng katta ulushi Toshkent viloyatiga(9,6%) to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 262,9 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 70,5 mingtasi (26,8 %) – savdo, 56,2 mingtasi (21,4 %) - sanoat, 29,0 mingtasi (11,0 %) - qurilish, 24,0 mingtasi (9,1 %) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,7 mingtasi (7,5 %) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,1 mingtasi (5,0 %) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6 %) - axborot va aloqa sohasi, 5,4 mingtasi (2,0 %) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 38,4 mingtasi (14,6 %) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesni rivojlantirish darajasi 1000 kishiga mo‘ljallangan kichik korxonalar soni bilan tasniflanadi. Turli mamlakatlarda kichik korxonalar rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari Mamlakatlar Kichik korxonalar soni (mingta) 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan kichik korxonalar soni Umumiy mehnat bilan bandlardagi ulushi, Masalan, Yevropada kichik korxonalarning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida savdoda-21 foiz, sanoatda-18 %, qishloq xo‘jaligida – 11 foiz, qurilishda – 13 %, transport va aloqada-14%, aholiga xizmat ko‘rsatish-12 %, korxonalar uchun xizmat ko‘rsatishda11% faoliyat yuritishsa, Osiyo davlatlarida esa sanoatda-41%, qishloq xo‘jaligiga21%, qurilishda-10%, transportda-12, savdoda-16 %ni tashkil etmoqda Иқтисодиёт тармоқлари бўйича маҳсулот (ишлар, хизматлар) ҳажмида кичикбизнес ва тадбиркорликнинг улуши (фоиз ҳисобида)
Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o‘zgarishlar sanoat sohasiga bo‘lgan talab natijasida sodir bo‘ladi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha natijasi 93,6 foizga yetadi. Savdo aylanmasining to‘liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko‘rsatkich ulushi pasayishi sodir bo‘ladi. Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o‘zgarishlar sanoat sohasiga bo‘lgan talab natijasida sodir bo‘ladi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha natijasi 93,6 foizga yetadi. Savdo aylanmasining to‘liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko‘rsatkich ulushi pasayishi sodir bo‘ladi. Hududlarning mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarida kichik biznesning o‘rni va ulushi mutlaqo yetarli darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa ijobiy natijalarga erishamiz. Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko‘ra 2015 yilga borib respublika bo‘yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YAIM hajmidagi ulushini 61,1 foizga yetkazish kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o‘sishi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan holatdagina amalga oshadi. Buning uchun hududlardagi kichik tadbirkorlik korxonalarning respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan YAIM dagi ulushi istiqbolda qo‘yidagi holatda o‘sib borishiga erishish zarur (inersion tarzda). Республика ЯИМда ҳудудлардаги кичик корхоналарнинг ялпи ҳудудий маҳсулотдаги улушининг истиқболда ўсиб бориши
Албатта бу кўрсаткич ривожланган давлатлар даражасида эмас. АҚШ да 75-82 фоизни, Японияда 81 фоизни, Италияда 74 фоизни ташкил этади. Республикамиз кичик бизнеснинг бундай кўрсаткичларга эришиши тадбиркорлик фаоллиги орқали амалга ошади.Чунки 2000-2005 йиллар оралиғида ўсиш даражаси (1,4 фоиз) кўзланган натижага (50-52 фоиз) эришишни таъминлай олмайди. Истиқболда кутиладиган натижалар асосан кичик тадбиркорликнинг фаол ривожланиши эвазига рўй беради. Бу эса улар томонидан ишлаб чиқариладиган маҳсулот миқдорининг ўсиш динамикасини таъминлайди. Истиқболда ҳудудлар бўйича кичик тадбиркорлик корхоналари томонидан маҳсулот ишлаб чиқаришнинг ўсиши. (млн.сўм.ҳисобида).
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo‘lishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo‘lishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Kam xarajat hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida va uncha katta bo‘lmagan mahalliy resurs bazalarini o‘zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko‘rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas bog‘langan. Kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijasi quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: - kichik biznesning mamlakatimiz YAIMdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga yetganligi; - ish bilan band xodimlar pul daromadlarining 70 foizi aynan kichik biznes sohasida shakllanayotganligi; - kichik biznes korxonalarining mamlakat eksportidagi ulushi 2009 yilda 14,3 foizga yetganligi va h.k. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni kreditlash hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni kreditlash hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi. Shu yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi (11.1.2-rasm). Bu 2001 yilgiga nisbatan qariyib 11 marta, 2005 yildagiga nisbatan 4 marta ko‘p. Kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning 462 mlrd. so‘mi «Mikrokreditbank» hissasiga to‘g‘ri keldi. Soha rivoji uchun shu yili Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfV), XXR Hukumati va boshqa xorijiy investorlar mablag‘lari hisobidan jami 121,8 mln. doll. yoki 2008 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortiq kredit resurslari jalb qilindi. 2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash borasida chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga tushirilgan bo‘lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes korxonalari uchun joriy etildi. Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog‘liq ravishda kichik biznes subyektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin: - - 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilingan; - 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilingan; - 2012 yilning 1 yanvarigacha go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalarning yagona soliq to‘lovi stavkasi 50 foizga kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan; - 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig‘i va mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovlari va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o‘sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YAIM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojanishdagi mavjud muammolarni yechimini topish va 2007-2015 yillarda istiqbollashtirilayotgan parametrlarni ta’minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora tadbirlarni belgilashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojanishdagi mavjud muammolarni yechimini topish va 2007-2015 yillarda istiqbollashtirilayotgan parametrlarni ta’minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora tadbirlarni belgilashni talab etadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kichik bizesda tadbirkorlik faolligini oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta’minlashi zarur: milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash negizida uni barqaror rivojlanishini ta’minlash; iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta’miinlash; kichik biznesni davlat tomonidan qullab – quvvatlash tizimini, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish; kichik biznesga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni samarali harakat qilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes faoliyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: kichik biznesni huquqiy-meyoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta’sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; davlat tomonidan kichik biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo‘llash; kichik biznesni innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; kichik biznesni innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; kichik biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlarni samaradorligi oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish; kichik biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishni moddiy ta’minotini takomillashtirish; kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish; kichik biznes saohasi uchun malakali raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash; kichik biznesda kooperatsiyani chuqurlashtirish. Kichik biznesni ushbu yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamalkatimiz sharoitlariga tatbiq etish muhimdir. Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya va Fransiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek ishlob chiqarish tuzilmasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italyan modeli»dir. Bunday sanoat okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ladi, jumladan: korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid ma’lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga keladi; milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar yetakchi mavqega ega bo‘ladi; tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida bandlik yuqori darajada bo‘ladi. Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli «konstellyatsiya» ahamiyati alohida e’tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik jarayon uchun mas’ul bo‘ladigan, ba’zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar. Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi, shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY ISHBILARMONLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA QONUN HUJJATLARINI TAHRIRLANISHI. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi. Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan. Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish; tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish. 2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya’ni unga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni ko‘zda tutuvchi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son) 4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son) 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda) 6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin: (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son) tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash; xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish. (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son) (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan) 10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin: yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy javobgarligini ikki barobarga oshirish; bojxona nazorati muddatini uch yil bilan cheklash, shuningdek, tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan bir yil keyin, bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblashni taqiqlash. 12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin. 13. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Download 29.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling