Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 163.7 Kb. Pdf ko'rish
|
uLlL3hr6x2uUAsn4xW8EKoHRjVuyTDHR2LR5aW9H
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari “BIOLOGIYA DARSLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK YO‘NALISHDAGI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH” o‘quv kursining “Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanish” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna Toshkent 5-Mavzu:Biologiya darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanish. Reja: 1. Tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot. 2. TIMSS 2019 Tabiiy fanlar. TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi hisoblanadi.Dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘rta maktab o‘quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiyfanlarni o‘qitish darajasi va sifatini, shuningdek milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash va taqqoslash imkonini beradi. Ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro Assotsiatsiya tomonidan milliy markazlar ishtirokida yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar konsortsiumda amalga oshiriladi. Xalqaro muvofiqlashtiruvchi tadqiqot markazi Boston kolleji (International Study Center, Boston College, AQSh) hisoblanadi. Tadqiqot 1995-yildan boshlab, to‘rt yillik sikllarda amalga oshiriladi va o‘rta ta’lim sohasida eng nufuzli xalqaro tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni asta-sekin o‘sib bormoqda.Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o‘quvchilar yutuqlarining turli darajalarini belgilaydigan ta’lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. 2019-yilda tadqiqotning yettinchi sikli o‘tkazildi. Avvalgi tadqiqotlar 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015-yillarda o‘tkazilgan. 2019-yil TIMSS tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi. Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha umumta’lim tayyorgarliklarini qiyosiy baholash va bu ta’lim tayyorgarlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uning natijalari har to‘rt yilda bir marta 4-sinf o‘quvchilari 8-sinf o‘quvchilariga aylanganda ta’limning matematik va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi an’analarni kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishtirokchi mamlakatlarda matematik va tabiiy fanlar ta’limi mazmunining va o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ular oilalarining xususiyatlari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Tadqiqotning metodologik asosi bir tomondan rejalashtirilgan va amalga oshiriladigan ta’lim darajasining o‘zaro bog‘liqligini,boshqa tomondan esa erishilgan ta’lim darajasini (ta’lim natijalari) tahlil qilish imkonini beruvchi o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning kontseptual modeli hisoblanadi. Ushbu model doirasida ta’lim uchta daraja vaziyatidan ko‘rib chiqiladi: * Rejalashtiriladigan daraja – ta’lim muassasasiga ijtimoiy buyurtma. Rejalashtirilgan darajada ta’limning rasmiy maqsadlari va jamiyatda to‘plangan pedagogik va uslubiy g‘oyalar to‘plami shakllantiriladi, bu o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini topadi. * Amalga oshiriladigan daraja – ta’lim muassasasining haqiqiy o‘quv jarayoni. Amalga oshirilayotgan darajada ta’lim muassasasi o‘qituvchisi real (haqiqiy)ta’lim jarayonida ta’limning rejalashtirilgan mazmunini shakllantiradi. * Erishilgan daraja – ta’lim muassasasida ta’lim natijalari. O‘quvchilarning ta’lim yutuqlari, bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlari erishilgan darajada baholanadi. Tadqiqot xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan va barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona hisoblanadigan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tadqiqotning barcha bosqichlari (tadqiqot ishtirokchilarining saralashni shakllantirish, material (topshiriq yoki tadqiqot vosita) larni tarjima qilish va moslashtirishdan, test jarayonini o‘tkazish va sinovdan oldingi hamda undan keyingi ma’lumotlarni anketalashtirishgacha) xalqaro ekspertlarning bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda milliy tadqiqot koordinatori tayinlanadi, u ishtirokchi mamlakatning ta’lim vazirligi va ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro uyushma o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida aniqlanadi. Shunday qilib, mamlakat qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli infratuzilma va resurslarning mavjudligini kafolatlaydi. Tadqiqot vositalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”ning maxsus ramka hujjati qo‘llaniladi. Bu hujjatda o‘quvchilarning tabiiy-matematik tsikldagi ta’lim yutuqlarini baholashning umumiy yondashuvlari va test topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishda namoyish etishi kerak bo‘lgan bilim faoliyati turlari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalarini tavsiflovchi asosiy omillar ro‘yxati, tahlil qilish uchun so‘rovnoma jarayonida to‘planadigan ma’lumotlar, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Turli mamlakatlar o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlarini taqqoslash uchun asos bo‘ladigan maksimal obyektiv test sinovini o‘tkazishda tadqiqotda ishtirok etayotgan mamalakatlar ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Shuning uchun ushbu hujjat ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan tuzilgan maxsus ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va shundan so‘ng tekshirilayotgan mazmunning ishtirok etuvchi mamlakatlarning o‘quv dasturlari mazmuniga muvofiqligiekspertizadan o‘tkaziladi. Bu shuni anglatadiki, xalqaro taqqoslash natijalariga tayanib, mamlakatlar o‘zlaridagi matematik va tabiiy- ilmiyta’limning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari mumkin. Tabiiyki, bolalarda atrof-olam va unda o‘zlarining o‘rni haqida qiziquvchanlik bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar ta’limi bolalarning bunday qiziquvchanligiga asoslanadi va ularni o‘zlari yashayotgan dunyoni muntazam tadqiq etish yo‘liga boshlaydi. Quyi sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar haqidagi tushunchalari shakllanib borar ekan, ularning o‘zlari va dunyolari to‘g‘risida qarorlarni ongli ravishda qabul qila olish ko‘nikmalari rivojlanib boradi, natijada, ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni to‘qib chiqarilganidan ajrata oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning ilmiy asosini tushunishda qodir fuqarolar bo‘lishadi. Iqtisodiy rivojlanish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan innovatsiyalarning rivojlanishiga turtki beradigan tabiiy fanlar, texnika va muhandislik sohalarida faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan insonlarga butun dunyoda talab ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirish uchun mazkur sohalar bo‘yicha o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash juda muhimdir. Download 163.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling