Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari


Download 253.18 Kb.
bet21/29
Sana13.11.2023
Hajmi253.18 Kb.
#1770784
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
8.-Истиклол-даври-узбек-адабиётининг (1)

Mustaqil ishlarni tashkil etish va nazorat qilish. “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari” fanidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha quyida tavsiya qilingan rejada talabalar uchun qulayliklar nazarda tutiladi. Unda fanning tegishli mavzulari misolida ishlab chiqilgan shakllarda mustaqil ishlarni tashkil etish, ularni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari hamda uslubiy ko‘rsatmalar aks ettirildi.
“Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari” fanidan o‘quv rejasiga muvofiq mustaqil ta’lim uchun 52 soat ajratilgan. O‘qituvchi tomonidan
tavsiya qilingan mavzular (mazkur fanning o‘quv dasturida berilgan ikki mavzu doirasida olindi) bo‘yicha soatlarni taqsimlagan holda talabalarga umumiy nazariy ma’lumotlar hamda maslahatlar beriladi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishning mazkur usuli orqali talabalarga mavzu hamda uni bajarish turlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu orqali esa ularning ilmiy-ijodiy qobiliyatlari va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyati vujudga keladi. Negaki, talabalar biror bir mavzuni tanlashdan oldin uni bajarish turlari hamda baholash mezonini o‘rganib chiqadilar va qo‘yilgan talablar asosida o‘ziga mos bo‘lgan bajarish turlarini tanlaydi.
Qolaversa, har bir turdagi topshiriqlarning birinchisi nazariy, ikkinchisi esa amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu esa talabalarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini yana bir bor mustahkamlash hamda nazorat qilishga zamin yaratadi. Shuningdek, mazkur vazifalarni bajarishda barcha topshiriqlar kompyuterda tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish orqali talabalarning kompyuter savodxonligining oshishi hamda tayyorlangan ma’lumotlar to‘plangach, ularning elektron versiyalarini yozib berish orqali barcha talabalarning o‘zaro amaliy tajriba almashish hamda bir- birlarining tayyorlagan ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratiladi. Qolaversa, eng yaxshi bajarilgan mustaqil ishlarni o‘qituvchi (ilmiy
rahbar) tahriri va mutaxassislar taqrizi orqali ilmiy jurnallarda nashr etishga tavsiya qilish yoki to‘plam holida nashr ettirish mumkin.



Download 253.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling