Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari


Download 253.18 Kb.
bet2/29
Sana13.11.2023
Hajmi253.18 Kb.
#1770784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
8.-Истиклол-даври-узбек-адабиётининг (1)

Taqrizchilar:


K.Quramboyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, filologiya fanlari doktori, professor.
I.Qurbonboyev – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat pedagogika universiteti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.


ISBN 978-9943-6761-6-9


© «Tafakkur avlodi» 2020

KIRISH


Istiqlol adabiyotimiz oldiga xalqimizning azaliy merosini, milliy qadriyatlarini umuminsoniy mezonlar bilan o‘rganish va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni hamda ahamiyatini ko‘rsatish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Zero, Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «...adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q».1


Istiqlol yillarida adabiyotimizning barcha tur va janrlarida kuzatilayotganidek, she’riyat va hikoyachilikda ham sifat jihatdan o‘zgarish va yangilanish jarayoni davom etmoqda. Bu narsa birinchi galda qahramonlarning ma’naviy-intellektual faoliyatida, ruhiy hayotida namoyon bo‘layotir. Ma’naviy qadriyatlarni bashariy mezonlar bilan o‘rganish va baholash, o‘zlikni anglashning o‘sishi, xalqimizning ma’naviy sarchashmalar ildizlariga qaytishi asosida mustaqillik mafkurasining poydevorini mustahkamlashga intilish ma’lum darajada hozirgi davrdagi hikoya va she’rlarda o‘z aksini topmoqda.
Demak, dunyoqarashlar o‘zgarib, ularga bo‘lgan munosabatlar ham bashariy miqyos kasb etgan holda insonparvarlik xususiyatlari bugungi shaxs faoliyatining o‘zak asosiga aylandi. Jamiyat asoslarini, buguni va kelajagini ezgulik va go‘zallik qonuniyatlari asosida yangilash, o‘zgartirish yangi shaxs ijtimoiy-ma’naviy faoliyatining bosh pafosi bo‘lib qoldi. Hozirgi o‘zbek adabiyotida badiiy ifodasini topayotgan ana shu o‘zgarishlarni nazariy va badiiy jihatdan tahlil qilish bugungi adabiyotshunosligimiz oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Ta’kidlash joizki, bugungi badiiy asarlardagi qahramon masalasi olam va odamni yangicha idrok etib, yangi dunyoni bunyod etayotgan inson konsepsiyasi demakdir. Uning ruhiy takomili esa xalq va jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq kechayotir. Ko‘rinadiki, adabiyot va san’at hamisha insonni ulug‘lab, tarannum etadi.


1 Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. –T.: O‘zbekiston, 2018. – B. 181.
Insonning jamiyat, tabiat, olam sir-sinoatlari bilan aloqalari san’atning, shu jumladan, adabiyotshunoslikning ham eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, har bir davr adabiyoti o‘z qahramonlarining falsafiy-estetik dunyosi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu ma’noda, mustaqillik davri she’riyati va hikoyachiligi qahramonlarining badiiy-estetik dunyosi, ma’naviy-axloqiy izlanishlari, intellektual darajasini, yaratilgan asarlarni o‘rganish, ilmiy-nazariy umumlashmalarga kelish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu borada o‘zbek adabiyotshunosligida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning ko‘lami, miqyosi, ilmiy-nazariy saviyasi yaxshi samaralarga erishayotganligidan dalolat beradi. Ularda hozirgi o‘zbek she’riyati va hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi, milliy qahramon muammosi, badiiy-uslubiy izlanishlar kabi masalalar mustaqillik davri misolida ilmiy tadqiq etildi.
Ko‘rinadiki, har bir tarixiy-ijtimoiy davrda dunyoqarashlar o‘zgargani singari insonga bo‘lgan qarashlar va uning talqin xususiyatlari ham yangilanadi. Insonning ijtimoiy voqelikka munosabati ham zamonlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Shu ma’noda, mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyati va hikoyachiligida shaxsning ma’naviy-intellektual dunyosini davr, jamiyat va ijtimoiy voqelik bilan vobasta o‘rganish, tahlil qilishni hayotning o‘zi taqozo etayotir. Zero, inson yangi ijtimoiy tuzumlarni vujudga keltirib, ezgulik, adolat, go‘zallik prinsiplari asosida dunyo qiyofasini o‘zgartirib boradi. Ushbu jarayonda u o‘z shaxsiyatini insonparvarlik, millatsevarlik, vatanparvarlik xususiyatlari bilan ziynatlaydi, ya’ni hamisha komillik masnadiga yetishish uchun kurashib yashaydi.

Download 253.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling