Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari
Download 253.18 Kb.
|
8.-Истиклол-даври-узбек-адабиётининг (1)
Turkon xotunYo‘q! Yolg‘on! Mening boshimni egiltirmagan 1 Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. – T.: Sharq, 2004. – B. 58. Ko‘ksimdagi o‘sha bedor g‘ururim edi!2 Lirik «men» hamda Xorazm malikasi orasida kechadigan muloqot buyuk Vatan taqdiri bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan mudhish xatoga mantiqiy urg‘u beradi. Mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash ostonasida turgan saltanat Turkon xotun xatti-harakatlari natijasi o‘laroq parokandalikka yuz tutadi. Mamlakat og‘ir kunlarni boshidan kechirib, oxir-oqibat janglardan so‘ng parchalanib ketadi. Joriy holat tub mohiyatiga kirib borishga intilgan shoira uning ildizlari hasad va riyoga tutashganligini ta’kidlaydi. «Bedor g‘urur», deya o‘zini oqlashga uringan ayol aslida urug‘-aymoqchilik hamda kibr-havo qurboni. «Ona ko‘nglida ham g‘araz bo‘lurmi? Ona hasad qilurmi o‘z nabirasiga?» nidosi tasvir kulminatsion cho‘qqisini tasniflaydi. Ikki obraz orasidagi munozara dahshatli fojia va undan achchiq saboq chiqarishga zamin hozirlaydi. Badiiy talqinda Xorazm malikasi kalondimog‘, yovuz kampir sifatida namoyon bo‘lsa-da, hayot sarhisobida nuqson va qusurlarini anglab yetadi. Biroq endi har afsus-pushaymonga hech qanday o‘rin qolmagan. Ketma-ket boy berilayotgan qal’alarning ayanchli qiyofasi uni larzaga soladi. Yondirilayotgan shaharlar, halok bo‘layotgan aholining oh-nolasi toshni ham eritishga qodir. Har bir muloqot jarayoni she’r mohiyatini mantiqan yakunlaydi. Zero, monologik ong uch adabiy tur o‘lchamida bir-biridan keskin farq qiladi. Lirikada talqin o‘z-o‘zini ifodalashga xizmat qiladi. Badiiy adabiyot insonning qalb kechinmalari, orzu-istaklarini o‘zida aks ettiruvchi o‘ziga xos san’at ekan, shu bois ham unda ijodkor estetik ideali, o‘ziga xos hayot tarzi ifodalanadi. Bu borada, ayniqsa, she’riyat alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, so‘nggi yillar o‘zbek lirikasida rang-barang she’riy shakllar orqali hayotni, inson umri va uning qismatini ifodalovchi, qadr-qimmatini ulug‘lovchi bir qancha badiiy kashfiyot darajasidagi asarlar yaratildi. Ularda shoirlar har xil mavzu va ohanglarda ijodiy o‘ziga xosligini namoyish etib, yangi estetik tamoyillarni vujudga keltirdilar. Men moviy deb yozdim samoni, Ta’rifladim tongni, saboni. 2 Samandarova S. Sizga aytolmagan so‘zlarim. – T.: Adabiyot va san’at, 1996. – B. 51. Hayotdan uzilgan, – dedilar. Sevgi ko‘rki – hijron-u visol, Deb yaratdim ming lahza, misol. Sof tuyg‘u buzilgan, – dedilar. (Antologiya, 102-bet.) She’riyatda dialoglar qo‘llash orqali davr va qahramon xarakterini yaratishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ahamiyat berish yaratilgan she’rlar badiiyatining yuksalishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Zero, ma’naviy-axloqiy nuqtayi nazar azal-azaldan san’at va adabiyotning badiiyligini ta’minlovchi omil bo‘lib kelgan. Chunki ayni shu omil har qanday voqea-hodisani falsafiy kenglikda talqin qilishga yo‘l ochadi, asarning muayyan davrga xos muammolarini aks ettirishga imkon beradi. She’rlardagi dialoglar mohiyatiga ahamiyat bersak, ularda shoirlar odamlarning fe’li va faoliyatidagi fazilat-u nuqsonlarni shunchaki qayd etish bilan cheklanayotgani yo‘q. Ular inson shaxsiyatida komillik xususiyatlarining asosini belgilovchi ezgulik, e’tiqod, adolat tuyg‘ularini tarbiyalash, shakllantirish va takomillashtirish borasida har tomonlama barkamol inson bo‘lib kamol topishi uchun ular oldiga muayyan talablar ham qo‘yiladi. Eshitilar yurak urishim, Demak, hali aylanmoqda qon. Do‘stlar, mening tirik turishim – Qancha gulga keltirar ziyon. O, bu ne hol? Bu qanday jazo? Nega gullar ko‘tarmas suron? Mening jonsiz vujudim, hatto – Ko‘p gullarga keltirar qiron. (Antologiya, 472-bet.) Psixologik tasvirining namoyon bo‘lishi she’riyatda ancha murakkab kechadi. Negaki, asosan oniy kechinma asosiga quriladigan lirik ifodada tahlil va talqin o‘zaro uyg‘unlashadi. Shu bilan birga yana bir muhim ta’kidlanadigan jihati shundaki, insonlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, fikr va ko‘ngil hurriyati barcha zamonlarda ham barcha xalqlar uchun birdek aziz. U insoniyat tarixida benazir bashariy qadriyat bo‘lib kelgan. Negaki, adolat, ezgulik, ma’naviy go‘zallik va intellektual boylik hech qachon, hech bir zamonda irq va millat tanlamaydi. Negaki, jamiyat hayotidagi ma’naviy-axloqiy noqisliklar, illatlar har qanday rivojlanishning yo‘liga g‘ov bo‘ladi. Zero, xoh ijtimoiy-iqtisodiy, xoh ma’naviy-madaniy taraqqiyotning asosini insonning ruhiy komillik xususiyatlari belgilab beradi. Qachonki inson ma’nan va axloqan, intellektual jihatdan komillik xislat-fazilatlari bilan ziynatlanmas ekan, unda milliy qadriyatlarga, ajdodlar xotirasi va merosiga nisbatan hurmat va ularni qadrlash hissi shakllanmaydi. Birodar! Qo‘lda jom, ko‘zda yosh nadir? Savdolar ichinda yolg‘iz bosh nadir? Nasihat nadir? Bahs-talosh nadir? Fano darvozasi abad yopilmaydi. Dunyo topiladi, Odam topilmaydi. (Antologiya, 353- bet.) Umuman, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ham adabiyot jamiyat hayotida ma’naviy iqlim yaratadi. Bu borada ko‘ngil, ma’rifat, tafakkur va tuyg‘ular erkinligi, ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi ulkan ahamiyatga ega. Bu narsa badiiy tafakkurning kelgusi taraqqiyot tamoyillarini, realistik tasvir madaniyati imkoniyatlarini, janrlar va ijodiy uslublar rang-barangligini asoslaydi. Bugungi kunda ma’naviy-axloqiy masalalar badiiy asarlarning o‘zak mag‘zini belgilab berayotir. Shunga ko‘ra ulardagi konflikt ko‘rinishlari ham insonning o‘z-o‘zini yengib o‘tishi, fe’l-atvoridagi mavjud illatlarini anglab yetishi va ular bilan kurashishi singari ko‘rinishlarda ifoda qilingan. Bu narsa shoirlarimizning butkul diqqat-e’tibori, badiiy nigohi inson qalbiga ko‘chganligidan dalolat beradi. Shu ma’noda, insonning o‘z ko‘nglida kechayotgan hissiyotlari tahlili orqali jamiyat tartiblari hamda voqelik jarayoniga munosabat bildirish, ularni badiiy-estetik baholash hozirgi badiiy adabiyotning yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Download 253.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling