Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari
Download 253.18 Kb.
|
8.-Истиклол-даври-узбек-адабиётининг (1)
Muloqot shakllarida ritorik munosabat hosil qilish. Poetik tilda uslubiy o‘ziga xoslik shartli mohiyatga yo‘naltiriladi. Unda ijodkor ichki kechinmasi va muayyan davr nutq intizomi
ziddiyatli munosabatga kirishadi. Nisbatan yuksak va quyi uslub tamoyillarining birikuvi notiqlik ko‘rsatmasini hosil qiladi. Til aloqadorligi bilan bog‘liq umumiy xossalardan o‘sib chiqadigan nutqiy malaka tadriji ichki (obrazlar tizimi) va tashqi (badiiy mazmun) shakllar uyg‘unligini vujudga keltiradi. Professor H.Umurov ta’kidlaganidek, «Badiiy dialog holatni, o‘y-xayolni talqin qilmog‘i – uning ochiq mazmunidan yashirin mohiyati sari borishga kitobxonni «majbur» qilishi – bosh talab»1 ekan, unda qahramon xarakteri, ruhiyati hamda manfaat-ehtiyojlarini ixcham tarzda ifodalash imkoniyati ortadi. Nutq shakli tasvir va tahlil hamda talqin madaniyatini birlashtiradi. Dialog va monolog ifoda aniqligini yetakchi usul darajasiga ko‘taradi. Semantik-sintaktik munosabatlar tizimi nutqiy ta’sirning ijtimoiy amaliyotini ancha teranlashtiradi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur holatda ijodkor individual uslubi orqali namoyon bo‘lgan ritorik shakl badiiy idrokning kengayishiga zamin hozirlaydi. Darhaqiqat, she’r monologik talqin hosilasi sanaladi. Unda o‘z- o‘ziga nisbatan taftish, tavsif, tahlil va muhokama in’ikos topadi. Ong va sezim munosabatini shakllantiradigan lirik ibtidoda hissiy kechinma yetakchi omilga aylanadi. Shu ma’noda, nutqiy muloqot shakllari badiiy maqsad va talab o‘ziga xosligi namoyishida muayyan vazifaviy ahamiyat kasb etadi. Harakatdagi birinchi shaxs nutqida aslida hayotiy-estetik mohiyat psixologiyasi qarama-qarshi tomonlarga ajraladi. Rivoya texnikasi tezkorligi va o‘zgaruvchanligi bayon izchilligini belgilaydi. Har bir muloqot shaklida semantik-sintaktik aloqa tizimining turli manzaralari qorishib ketadi. Nutq shakllari jamlanmasi bevosita va bilvosita noadabiy omillar bog‘lamiga daxldor mohiyatga erishadi. Ifodada ritorik munosabatlar rang-barangligi ma’no- mohiyatning aniqligini ta’minlaydi. Bu holat bayonning talqin bilan erkin ijodiy birlashuviga sharoit yaratadi. Zotan, rivoya subyekti intizomiy o‘zgaruvchanligi tezkor ziddiyat hamda hissiy uyg‘unlik mutanosibligiga zamin hozirlaydi. Ta’kidlash kerakki, badiiy to‘qima voqelikning yaxlit ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishi bir tekis kechmaydi. So‘z strukturasining 1 Umurov H. Badiiy asar nazariyasi. – Samarqand: SamDU nashri, 2002. – B. 66. lug‘aviy hamda uslubiy ittifoqi badiiy mantiq maydoni tabiatiga mansub bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, subyektlashgan nutqda monolog va dialog tig‘izlashuvi jarayoni kuzatiladi. Lirik asarda muloqot shakli badiiy ifodaning o‘ziga xos umumlashmasini vujudga keltirishga imkon yaratadi. Unda so‘zning qo‘llanilishi hayotiy va badiiy mantiq hamda mezon darajasida konkretlashadi. Darhaqiqat, insonni ma’naviy barkamol, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning roli beqiyosdir. Zero, ma’naviyat va ma’rifat, insonparvarlik, istiqlol va erkinlik hamda iqtisod tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, butun bashariyatga xos qadriyatlarni ulug‘lagan, inson taqdiri va uning orzu-istaklarini tarannum etib kelayotgan badiiy adabiyot faqat ma’naviyat uchungina emas, balki hayotning barcha jabhalari uchun ham xizmat qiladi. Chunki har bir asarda ifodalangan maqsad va g‘oya, albatta, o‘quvchiga muayyan bir ma’noda o‘z ta’sirini o‘tkazadi, asar mazmunidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarishga chorlaydi. Lirikada ijodkor ichki olamining namoyon bo‘lishini uning ifoda uslubidagi o‘ziga xoslik vujudga keltiradi. Shu ma’noda, ijodkorning ichki hissiyot boshqaruvi va tashqi muhit bilan o‘zaro muloqoti badiiy idrok imkoniyatlarini shakllantiradi. Mazkur jarayon voqelikka nisbatan munosabatli nutq sifatida (men, sen, o‘zga) aks etadi. To‘g‘rirog‘i, aniqlik va mavhumlikaro mutanosiblashgan tasvir hamda tasavvur uyg‘unligini hosil qiladi. Badiiy idrok etish jarayoni esa bilvosita ritorik shakl va vositalarning o‘zaro aloqasiga tayanadi. Mavjud poetik o‘lcham badiiy talqin davomida tipologiya va mantiq ichki uyg‘unligini yuzaga keltirishini inobatga olsak, nazmda ifoda yo‘sini imkoniyati cheklanganligi ayonlashadi. Vaholanki, she’riyat hamisha inson ruhiyatini tahlil etishga xizmat qiladi. O‘z navbatida, ma’lum bir tushuncha muayyan ma’no ifodalashida muallif hayotiy konsepsiyasini dialog tarzida namoyon etadi. Ya’ni, ijodkor ongida shakllanadigan monologlashgan ifoda dialog hamda jonli so‘zlashuv uslubiga mansub savol-javoblarni vujudga keltiradi. Mazkur muhokama jarayonida tavsifiy bayon ustuvorlashadi, shuningdek, she’r tili va ijodkor ruhiyati hamda matn umumiy mohiyati orasida aloqa vazifasini bajaradigan shoir subyektida o‘zga bir mohiyat (shaxsiy kechinma va umumiy kayfiyat, lirik ifoda va ritorik munosabat) raqobati kuzatiladi. Unda muallifning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahorati, adabiy pozitsiyasi, ifodalamoqchi bo‘lgan fikrning mazmun-mohiyatini aks ettirishda tahliliy imkoniyatlarning kengayishi aniq seziladi. Ta’kidlash kerakki, matn shakllanishi fikr mantiqiy taraqqiyotining muayyan bosqichidir. Nutqning tuzilishi o‘z-o‘zicha mustaqil ifodani hosil qilmaydi, balki u faqat uslubiy vazifadoshlikda adabiy mohiyat kasb etadi. Zero, ushbu holatda idrok taomillari bilan baholash mezonlari uyg‘unlashadi. Muloqotning kechishida hayrat, zavq, taajjub, istak, murojaat va ularni anglash mohiyatan o‘zaro tutashadi. To‘g‘rirog‘i, monologlashgan dialog aloqalari tizimida tasavvur ziddiyatining (mohiyatni tasdiqlash yoki inkor etish) davomiyligi yetakchi tamoyil darajasiga ko‘tariladi. Ma’lumki, badiiy nutq muntazam yangilanib turadi. U an’anaviy janr tizimiga yangilik kiritish va lirik ifodani o‘zgacha muhokama etishga zamin yaratadi. Zero, she’riy qahramon «men»i borliqning umumlashgan ko‘rinishidir. Shu ma’noda, tushuncha ma’no tabiatini ijtimoiy mohiyatga qadar yuksaltirgan holda psixologik jihatdan kuzatish va qiymatni bir-biriga tutashtiradi. Muayyan makon va zamonda gavdalanadigan tasvir miqyosi umumbashariylik kasb etadi. Bu o‘rinda hayotiy-maishiy asosdan badiiy talqinga o‘tish tarzi tuyg‘ular nazoratini o‘rnatishga imkon tug‘diradi, ong boshqaruvi esa asosiy maqsadni ro‘yobga chiqaradi. Shu nuqtayi nazardan, dialog va monolog ifodani mantiqan kuchaytirish barobarida bir xil yo‘sindagi stereotiplarga barham berishga intiladi. Ta’kidlash kerakki, nutqiy malaka ritorik munosabatni oydinlashtirish bilan cheklanmaydi, balki tasavvur mohiyatini tiniqlashtiradi. Adabiy tilning umumiy mezonlariga nisbatan qarama-qarshi munosabat hosil qiladigan badiiy muloqot tizimida so‘z g‘oyaviy mohiyat kasb etadi. Vaholanki, mavhum tushunchadan aniq obraz yaratish jarayoni ichki va tashqi uyg‘unlikni vujudga keltirishga yo‘l ochadi. Boshqacha aytganda, tasvirning mazmundorlikka yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi ziddiyat badiiy nutq maydoni murakkabligini amaliy jihatdan tasdiqlaydi. Negaki, muallif va qahramon ovozi she’riy muhokamada inkor-tasdiq ziddiyatini sodir etadi. E’tirof etish lozimki, badiiy ong ijtimoiy yo‘naltirilganlik va estetik idrok nisbatidan oziqlanadi. Unda ijodiy jarayon hamda ijodkor ruhiyati bir-birini to‘ldiruvchi mazmun-mohiyat kasb etadi. Aynan adabiy tafakkurning ong qatlamlaridan hissiy idrokka o‘tishi nutqiy birliklar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga zamin hozirlaydi. Download 253.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling