Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari


Mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 253.18 Kb.
bet7/29
Sana13.11.2023
Hajmi253.18 Kb.
#1770784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
8.-Истиклол-даври-узбек-адабиётининг (1)

Mustahkamlash uchun nazorat savollari:


  1. Istiqlol davri o‘zbek she’riyati mohiyatini belgilovchi yetakchi mavzularni qanday izohlaysiz?

  2. Qaysi shoirlar ijodida vatanparvarlik mavzusi yetakchilik qildi?

  3. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida an’naviylik va novatorlik masalasi haqida qanday fikrdasiz?

  4. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida shakl va mazmun jihatdan qanday yangilanishlar vujudga keldi?

  5. Istiqlol davri yoshlar she’riyati xususida mulohazalaringiz qanday?

  6. Istiqlol davri o‘zbek she’riyati xususida qanday monografik tadqiqotlarni bilasiz?

ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK HIKOYALARIDAGI ADABIY- NAZARIY O‘ZGARISHLAR, O‘ZBEK MODERN HIKOYALARI


Mustaqillik tufayli ijod imkoniyatlarining kengayganligi. O‘zbek hikoyalarida yangicha sujet yechimlari, davr va qahramon masalasi. Hikoyalarda o‘tmish va bugungi kun voqeligining boshqacha nigoh bilan ta’sirchan ifodalanganligi. Zamondoshlarning turlicha obrazlari yaratilganligi. O‘zbek moderncha hikoyalar. Hikoyalarda ramziy-majoziy talqin. Qahramon xarakterini yaratishning yetakchi tamoyillari. Ijodiy individuallik.




Tayanch tushunchalar: Shakliy uslubiy yangilanish. Ijodiy niyat va badiiy g‘oya munosabatlari. Badiiy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lishi. G‘oyaning obrazli tasviri. Ijodiy induviduallik. Xarakter yaratish mahorati. Hayotiy va badiiy haqiqa tuyg‘unligi.

XX asr oxiri XXI asr boshi xalqimiz hayoti yangilanishlar, o‘zgarishlar jarayoni ichra kechmoqda. Bu jarayonda voqealar nihoyatda shiddat bilan o‘zgarib, qadriyatlar yangilanmoqda. Ana shu jarayonda hikoyachiligimizga qanday qahramonlar kirib keldi? Ularning xarakter xususiyatlarini gavdalantirishda, badiiy idrok va tasvir prinsiplarida qanday badiiy talqinlar kechmoqda? Uning beshigini qaysi iste’dodlar tebratayapti? Ushbu savollar bugun adabiyotshunosligimizdan aniq, ilmiy jihatdan asosli javoblar kutmoqda.


Gegel haqli ravishda ta’kidlaganidek, «...hayotni badiiy idrok etishda voqelikning mag‘zi nasriy asarlar asosini tashkil etadi. Bunda odamlar ruhiyati bilan jamiyat psixologiyasini vobasta anglash, ko‘rsatish va ifodalash adib badiiyatini belgilab beradi».1 Qolaversa, «Voqelikni realistik ifoda va idrok etishda san’atkorning estetik ideali, ijodiy nuqtayi nazari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Voqelik xossalarini ikir-chikirlari, mayda tafsilotlari bilan detallashtirib tasvirlash orqali hayotning real manzarasi yaratiladi.


1 Гегель. Сочинения. – М.: Худож. лит., 1958. Тom. XIV. – С. 153.
Bu hayotni epik miqyoslarda ko‘rish va ko‘rsatish tamoyillaridandir. Bu – badiiy tasvir mazmundorligining realistik ifoda shakllaridan biri»1 ekan, bu ma’noda mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligida adiblarimiz bir qancha yangi tamoyillarni yuzaga keltirayotir.


    1. Download 253.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling