Iston Respublikasi


Download 313.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi313.23 Kb.
#1014047
Bog'liq
Qoraqalpag`iston Respublikasi



31.05.2022 - yil №13/1761
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vaziriga
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining talabalari “Tibbiyot va
farmasevtika oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyot o’tkazish tartibi toʻgʻrisida”gi
nizomga asosan malakaviy amaliyotni oʻtish uchun Siz rahbarlik qilayotgan Sogʻliqni
saqlash tizimiga yuborilmoqda.
TTA Urganch filiali ma’muriyati va professor oʻqituvchilari talabalarni bilimli,
har tomonlama barkamol, kelgusida mamlakatimizning chinakam fidoiy fuqarolari,
qolaversa, oʻz kasbining mohir ustalari–yaxshi shifokor boʻlib yetishishlari uchun mehnat
qilib kelishmoqda.
Talabaning amaliyot oʻtash davri yil davomida oʻqigan nazariy bilimlarini
amaliyotga qanday tadbiq qilishini kuzatib borish Sizga va sizning qoʻl ostingizda
ishlayotgan shifokorlarga bogʻliq. Shuning uchun uning amaliyot oʻtish davrida nazariy
bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishi ba kundalikni har kungi oʻrgangan bilimlari bilan
toʻldirib borishini nazorat qilishni va tasdiqlashni biz Sizga ishonib topshiryapmiz.
Bu talaba ertangi kunda Sizning shahringizga, tumaningizga yaxshi bilimli
shifokor boʻlib qaytishini Siz ham juda istaysiz, albatta.
Amaliyot oxirida Siz, oʻrinbosarlaringiz, boʻlim mudiri va ordinatorlar ishtirokida
talabaning amaliyotni qanday oʻzlashtirganligini imtixon qilib, (85-100 ball a’lo, 70-84 ball
– yaxshi va 56-69 bal - qoniqarli) baholab, kundalik daftariga qoʻyib berishingizni
soʻraymiz.
Talaba malakaviy amaliyot yakunida amaliyotda oʻrgangan bilimlarini va
amaliyot boʻyicha hisobotini Filial tomonidan tayinlangan hay’at oldida himoya qiladi.
Talabaning Siz baholagan bilimi bilan hay’at a’zolari tomonidan baholagan bilimi
bir-biriga mos kelsa, aynan maqsadga muvofiq boʻlardi.
Malakaviy amaliyot oʻtmagan talabalar “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish,
talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi
nizomga asosan talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
Talabalarga amaliyoti davomida koʻrsatadigan e’tiboringiz uchun TTA Urganch
filiali ma’muriyati Sizga oldindan minnatdorchilik bildiradi.
Amaliyot grafigi va talabalar ro`yxati ilova qilinadi.
Direktor
R.Y.Ruzibayev
Ijrochi:H.S.Xudoybergenov
Mob: +998975110742
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
URGANCH FILIALI
220100. Xorazm viloyati Urganch sh.
Al -Xorazmiy koʻchasi, 28
Tel: 0(362) 224-84-84 Faks: 224-84-84
E-mail: ttaurgfil@umail.uz
THE MINISTRY OF PUBLIC HEALTH OF
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
TASHKENT MEDICAL ACADEMY
URGENCH BRANCH
220100. Khorezm region, Urgench
Al -Khorazmiy street, 28
Phone: 0(362) 224-84-84 Fax: 224-84-84
E-mail: ttaurgfil@umail.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: RQ87057353

Download 313.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling